Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan
434 subscribers
734 photos
19 videos
298 files
157 links
İlmdan o'zga najot yoʻq va bo'lmagay!
Download Telegram
#Ona_tili #Grammatika #BMBA

🌠 ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI

⚡️ a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday
yoziladi: sayla — saylov, qayna — qaynoq, sayra — sayroqi.
Shuningdek, o‘qi — o‘quvchi, sovi — sovuq, to‘qi — to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin.

⚡️ K k harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi
qo‘shilsa, ular g va g‘ ga aylanadi: yurak — yuragi, bilak —
bilagim, tilak — tilagim; buloq — bulog‘im, quloq —
qulog‘ing, qishloq — qishlog‘i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi,
ravnaqi singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi.

⚡️ Singil, o‘rin, ko‘ngil, og‘il, shahar kabi sozlarga egalik qo‘shimchasi, qayir, ayir so‘zlariga nisbat
yasovchi qo‘shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, asosda
tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi.

⚡️ U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n
orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi:
bunda, shundan, o‘shancha, meni, sening kabi.

⚡️ Parvo, obro‘, mavqe so‘zlariga egalik qo‘shimchalari (I va II shaxsda) qo‘shilsa, bitta y tovushi orttiriladi
va shunday yoziladi: parvoyi, obro‘yim, mavqeyim kabi.

⚡️ -boz, -bon qo‘shimchalari -vos, -von kabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo‘yicha yoziladi: dorvoz, bog‘bon
kabi.

⚡️ -dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir,
bordir, quvdir kabi (kel so‘zi bundan mustasno), qolgan o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi:
ektir, quyultir, kestir kabi.
#milliysertifikat
#grammatika

Berilgan parchadagi yasama sifat narsaning qanday belgisini ifodalab kelgan?

Qoramtir libos tantanalar, marosimlar uchun mos, salobatli va juda ulug‘vor libos hisoblanadi. Qora libos hamisha sariq, yam-yashil, oqish liboslar bilan uyg‘unlashadi. Yoshlar bu kabi liboslarni qizil bilan kiyishni ayniqsa yoqtirishadi.

Javoblarni komentga yozing
#eslatma
#grammatika

Ko'makchilar yetakchi so'zga bog'lanib, unga turli qo'shimcha ma'nolar yuklaydi. Quyida bilan buni ko'makchisi misolida ko'rib o'tamiz.
bilan ko'makchisi:
🖇 vosita ma'nosi: bunday holatda, asosan, narsa bildiruvchi otlar bilan birga keladi va nima bilan? so'rog'iga javob bo'ladi:
Nargiza Toshkentga taksi bilan keldi.

🖇birgalik ma'nosi: bunday holatda, asosan, shaxs bildiruvchi otlar bilan birga keladi va kim bilan? so'rog'iga javob bo'ladi:
Marjona opasi bilan sirlashadi.

🖇payt ma'nosi: bunday holatda, asosan, harakat nomi bilan birga keladi va qachon so'rog'iga javob bo'ladi:
Nafisa uyga kirishi bilan yig'lab yubordi.

🖇holat ma'nosi: bunday holatda, asosan, mahvum otlar bilan birga keladi va qay holatda? so'rog'iga javob bo'ladi:
Karim she'rni hayajon bilan o'qidi.
#Grammatika
Hukmdor notinch qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e’zozlar, doim holidan xabar olardi.

@h7milliysertifikat

Ushbu gapda sodda yasama so‘zlar soni nechta?

A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
#Grammatika
Qaysi javobda holning ikki ma’no turi ishtirok etgan?

A) Har qanday tuhmat, albatta, qachondir fosh bo‘ladi. ammo u fosh bo‘lgunicha bir nechta insonning yostig‘ini quritishi mumkin.

B) Qishloqda azonlab ko‘ehaga chiqsang, dala tomon shoshayotgan yoki allaqachon ishini boshlab yuborgan odamlarni ko'rasan.

@h7milliysertifikat

C) Bola bekorchiligi tufayli bemaza ishlarga o‘rganib qolishi mumkin, farzandingizning tarbiyasiga e ’tiborli bo‘ling, uning bo‘sh vaqtini nazorat qiling.

D) Ba’zan odamlarning nojo‘ya qilmishi uchun xafa bo‘lasiz, ammo sizdan ham xuddi shunday xafa bo‘lib yashayotganlar borligini unutmang
#Grammatika
“Siz ham chanqadingiz, shekilli-a, otaxon? — dedi-da, keyin menga o‘girilib, — Bitta choy damlab kelmaysanmi-a?! Axir, chanqab o‘ldi-ku odam”, — deya ko‘zini qisib qo‘ydi.

Ushbu parcha haqidagi to'g'ri hukmlarni aniqlang.

1. Ritorik so'roq gap ishtirok etgan.
2. Uyushiq bo'laklar ishtirok etgan.
3. Undalma ishtirok etgan.
4. Kirish so‘z ishtirok etgan.
5. Shaxsi ma’lum gap ishtirok etgan.

A) 1, 3, 4, 5. B) 2, 3, 5
C) faqat 3 va 4. D) 2, 4, 5

@h7milliysertifikat
#Grammatika
Quyidagi sodda gap mazmuniga mos ravishda grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirilgan bog`lovchisiz qo'shma gapni aniqlang.

Odamda tasavvur qobiliyati borligi sababli xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira oladi.

A) Tasavvur odamning xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira olish qobiliyatidir.

B) Odamda tasavvur qobiliyati — xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira olish qobiliyati bor
C) Shunday odamlar borki, ularda tasavvur — xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira olish qobiliyati bor.

D) Odamda tasavvur qobiliyati bor: u xayoliga kimningdir yoki nimaningdir suratini keltira oladi.
#Grammatika
Qaysi gapda vergul tushirib qoldirilsa, gap mazmunida o'zgarish kuzatiladi, ammo ishoraviy xatolik yuzaga kelmaydi?

A) Atrofda hech kina yo‘q ekan, hovli ham har kungidan osuda edi.

B) Kitob juda qiziq ekan, rasmlar bilan bezatilgani uchun bolajonlarga ham yoqdi.

C) Qasr ancha baland, devorlar ortidan ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.

D) Osmon ko‘m-ko‘k, go‘yoki dengiz kabi kishi qalbini hayajonga to‘ldirib yuboradi.
#Grammatika
Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinayi hayoti til va adabiyotdir, milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo ‘qotmakdir.

Ushbu gapdagi teng va tobe bog'lanishlar haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.

A) Ham tobe qismi, ham hokim qismi olmosh bilan ifodalangan so‘z birikmasi mavjud.

B) So‘zlarning o ‘zaro teng bog‘lanishi (so‘z qo‘shilmasi) mavjud.

C) Ham tobe qismi, ham hokim qismi fe’l bilan ifodalangan so‘z birikmasi mavjud.

D) Qismlari ko‘makchi yordamida bog‘langan so‘z birikmasi mavjud.
#Grammatika
To‘g‘riso‘zlik, xushxulqlik, mehnatsevarlik kabi xislatlar ulug‘ insoniy fazilatlardir. Maqtanchoqlik, yolg‘onchilik, hasadgo‘ylik insonni obro ‘sizlantiradi.

Ushbu parchadagi yasama so‘zlar haqida berilgan X ATO hukmni aniqlang.

A) Barcha yasama so‘zlar ot va sifat turkumiga mansub.
B) Barcha qo‘shma so‘zlar tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud.
C) Barcha sifat yasovchi qo‘shimchalar tub so‘zlarga qo‘shilgan.
D) Barcha yasama otlar yasama sifatlardan yasalgan.
#Grammatika
Har uchala parchada ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang.
I. Muxbirlar xabar berishyapti: yurtdoshlarimiz saylovda faol bo’lishmoqda.
II. Tadbir har oyning juma kunida o‘tkazilishiga ma’muriyat kafolat beradi.
III. U kitobni o‘qishga berilib ketganidan qorong‘i tushganiga ham e’tibor bermasdi.
1) qo‘shma fe’l; 2) aniq nisbatdagi fe’l; 3) harakat nomi; 4) o‘timli fe’l;
5) sof fe’l; 6) xabar maylidagi fe’l.

A) 1, 2, 6 B) 2, 3, 5
C) 1, 5, 6 D) 3, 4, 6
#Grammatika
Gapdagi qo‘shimchalar haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang.

Qoruncha xazinang bo‘lsa ham agar,
Farzandingga o‘rgat, albatta, hunar.
Boylik, davlatingga suyanma zinhor,
Boylik bebaqodir, davlat beqaror

A) Ikki xil nisbat qo‘shimchasi ishtirok etgan.

B) O‘zaro shakldoshlik hosil qilgan munosabat shakllari ishtirok etgan.

C) Fe’lga xos ikki xil lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan.

D) So‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida ikki xil turkumga mansub
#grammatika

Qaysi gapda barcha zamon shakllari o‘z ma’nosida
ishlatilgan?



A) – Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? – dedi Habibulla.
B) Men ertaga ketyapman, Farhod.
C) Shunda sizni azob emas, rohat kutadi.
D) Shu, Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj ekan,
nima dedingiz, Bo‘ri polvon?
#Grammatika

Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas,
anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman .
Berilgan she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri mulohazani
aniqlang.



A) Tuzilishiga ko‘ra sodda gap hisoblanadi.
B) Ushbu she’riy parchada ikkita olmosh ishtirok
etgan.
C) Sifatdosh, ravishdosh va sof fe’l ishtirok etgan.
D) Ravish turkumiga mansub bitta so‘z qatnashgan