Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan
410 subscribers
1K photos
32 videos
355 files
196 links
İlmdan o'zga najot yoʻq va bo'lmagay!
Download Telegram
#Eslatma*

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
#eslatma
#grammatika

Ko'makchilar yetakchi so'zga bog'lanib, unga turli qo'shimcha ma'nolar yuklaydi. Quyida bilan buni ko'makchisi misolida ko'rib o'tamiz.
bilan ko'makchisi:
🖇 vosita ma'nosi: bunday holatda, asosan, narsa bildiruvchi otlar bilan birga keladi va nima bilan? so'rog'iga javob bo'ladi:
Nargiza Toshkentga taksi bilan keldi.

🖇birgalik ma'nosi: bunday holatda, asosan, shaxs bildiruvchi otlar bilan birga keladi va kim bilan? so'rog'iga javob bo'ladi:
Marjona opasi bilan sirlashadi.

🖇payt ma'nosi: bunday holatda, asosan, harakat nomi bilan birga keladi va qachon so'rog'iga javob bo'ladi:
Nafisa uyga kirishi bilan yig'lab yubordi.

🖇holat ma'nosi: bunday holatda, asosan, mahvum otlar bilan birga keladi va qay holatda? so'rog'iga javob bo'ladi:
Karim she'rni hayajon bilan o'qidi.