GulDU.uz | Rasmiy kanal
5.34K subscribers
17.5K photos
1.51K videos
371 files
4.22K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
Natija

Guliston davlat universitetida o‘tkazilgan umumta’lim maktablarnjng bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida Kimyo, Biologiya va Fizika fanlaridan fan olimpiadasi natijasi.

@gulduuz
Biruvchilar bandligini ta'minlash bo‘yicha hamkorlik: Sardoba tumani hokimligi vakillari bilan uchrashuv

2025-yil 25-aprel kuni Guliston davlat universitetining Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti faollar zalida Sardoba tumani hokimligi vakillari bilan
uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv 2024–2025 o‘quv yili bitiruvchilarining kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha bandligini ta'minlash maqsadida universitetning Registrator ofisi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Tadbirda Sardoba tumani hokimining o‘rinbosari B.Jumaboyev, tuman
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari G.Usmonova hamda Sirdaryo viloyati Yoshlar ittifoqi kengashi raisi A.Rahmonov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar bitiruvchilarga tuman hududida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan ish sharoitlari va imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etdilar.

Uchrashuv davomida mas’ullar mehnat faoliyatini tuman hududidagi ta’lim muassasalari va tashkilotlarida davom ettirish istagini bildirgan bitiruvchilar bilan alohida suhbatlashib ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berish va har tomonlama ko‘mak berishlarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur tashabbus universitet bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli faoliyat boshlashlariga ko‘maklashishga qaratilgan.

@gulduuz
Guliston davlat universitetida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 25-aprel kuni Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda Sirdaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekani Shaxobiddin Turdimetov hamda Savdo-sanoat palatasi vakili Shohruh Abdalimov olib bordilar. Uchrashuv davomida fakultet olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari va ularning ishlab chiqarishga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Avvalgi uchrashuvlardan farqli o‘laroq, bu safar tadbirkorlar tomonidan ko‘plab taklif va mulohazalar bildirildi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ilmiy izlanishlar uchun sharoit yaratishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi. Shuningdek, samarali loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasi ham muhokama qilindi.

Tadbir yakunida kelgusida o‘tkaziladigan bunday uchrashuvlarda taqdim etilayotgan mahsulotlarning ko‘rgazmalarini tashkil etish borasida kelishuvga erishildi.

@gulduuz