GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.07K subscribers
35.2K photos
2.82K videos
435 files
6.36K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
2026-yil 21-aprel kuni Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. Kuziyev hamda fakultet tyutorlari ishtirokida, “Qalqon” jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda talabalar turar joyi hududida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida rejali o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, kechki vaqtda profilaktik tadbir tashkil etildi.
2026-yil 21-aprel kuni Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakultetida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim tadbir tashkil etildi. Fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. Kuziyev hamda tyutorlar tashabbusi bilan talabalar turar joyida “Kitobxonlik kechasi” o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida talabalar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari haqida fikr almashdilar, badiiy adabiyotning inson kamolotidagi o‘rni muhokama qilindi. Shuningdek, turli viktorinalar va savol-javoblar orqali ishtirokchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Eng faol talabalar rag‘batlantirildi.
“Kitobxonlik kechasi” yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Forwarded from Edu.uz
#sport #10ming_qadam

Termizda rektorlar marafoni: salomatlik sari o‘n ming qadam


Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligi doirasida bugun, 23-aprel kuni erta tongdan “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu marafonda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.

Tashabbusning asosiy maqsadi — rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Sport haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram