GulDU.uz | Rasmiy kanal
5.33K subscribers
17.4K photos
1.5K videos
371 files
4.21K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
Tadbirkorlik va raqamli iqtisodiyot: Guliston davlat universitetida mutaxassislar bilan uchrashuv

📅 25-aprel kuni Guliston davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakultetida Sirdaryo viloyati Soliq bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassislari hamda hududimizning ilg‘or va muvaffaqiyatli tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹 Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi o‘rni, soliq tizimidagi zamonaviy yondashuvlar hamda tadbirkorlik faoliyatida innovatsiyalarning ahamiyati keng muhokama qilindi.

🗣 Talabalarimiz faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi. Qizg‘in bahs-munozaralar, hayotiy misollar va amaliy maslahatlar uchrashuvga alohida fayz bag‘ishladi.

👏 Tadbir yakunida mehmonlarga universitet nomidan minnatdorchilik bildirildi va kelgusida hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

@gulduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HAFTANING JUMA KUNI UNIVERSITETIMIZDA MILLIY LIBOSLAR KUNI!

Guliston davlat universiteti Ishlab chiqarish texnologiyalari  fakulteti professor oʻqituvchilari va talabalari haftaning juma kunlarida universitetga milliy liboslarda keladilar.

Milliy liboslarimiz o‘zida xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlarini mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida shu kabi loyihalar asosida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.
#GulDU
#Psixologiya_va_ijtimoiy_fanlar_fakulteti
#Zakovatda_milliy_qadriyatlar

🔺Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida “Milliy qadriyatlar kuni” munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi.

🎚️ Intellektual o’yinda talaba-yoshlar o’zlarining bilimlarini, intellektual salohiyatlarini sinovdan o’tkazishdi.

https://t.me/gulduuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️2025-yil 25-aprel kuni Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabalari uchun sportning mini futbol turi boʻyicha “Dekan kubogi” musobaqasi qizgʻin davom etmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy qadriyatimiz - bebaho boyligimiz!

2025-yil 25-aprel kuni Filologiya fakultetida “Milliy qadriyatimiz - bebaho boyligimiz!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi – milliy qadriyatlarimizni bebaho boyligimiz sifatida targ‘ib qilish, ularga hurmatni oshirishga qaratildi.

Unda milliy qadriyatlarimiz, ularning tarixiy ildizlari va bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z bordi.

Shuningdek, talaba-yoshlar milliy urf-odatlarimizdan yor-yor marosimi, kelin salom, bolani beshikka belash kabi an'analarimizni sahna ko'rinishlari orqali namoyish qilishdi.

Talabalar tomonidan kuylangan folklor, milliy marosim qo‘shiqlari tadbirga ko‘tarinki shukuh bag‘ishladi.