G'azna
6.63K subscribers
147 photos
30 videos
164 links
Data-jurnalist Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali.

Davlat pullari nimaga ishlatilayotgani, qanday qiziqarli holatlar bo'layotganini kuzataman va bo'lishaman.

Murojaat: @gaznabot

Loyihaga yordam: 8600030492643808
Download Telegram
1,4 milliardlik haykal, tenderdagi qonun buzilishi va Antikorrupsiya agentligining roli

5-may kuni O'zbekiston badiiy akademiyasi Qozog'ostonning Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini o'rnatish bo'yicha tender natijalarini e'lon qildi. Haykal umumiy hisobda 1,4 milliard so'mga tayyorlanib, o'rnatilishi kerak bo'lgan.

Tenderda qatnashgan uch ishtirokchidan, faqat bittasi shu ish bilan shug'ullanadi, bu ham bo'lsa "TIART", qolgani restoran faoliyati va uy qurilishi bilan shug'ullanadi.

Tushunishimcha adiblar hiyobonidagi ba'zi haykallar aynan shu "TIART"ga tegishli.

Bu yerda katta ehtimol bilan raqobat bo'lmagani va g'olib oldindan aniq bo'lgani haqida yozmoqchi edim, lekin yozishim oldi bu narsa ehtimol emas, balki faktligini ko'rib qoldim.

Antikorrupsiya agentligi hayriyatki bu jarayonni 3 kun ichida nazoratiga olib, tenderni bekor qilgan. Agentlikning taqdimnomasida man va siz hayolimizga keltira olmaydigan sxema aytib o'tilgan.

Taqdimnomaga ko'ra, tender komissiyasining 5 nafar a'zosi, shu jumladan raisi bir xil IP manzilidan, deylik kompyuterdan ovoz bergan. Xuddi shu IP manzilidan, ya'ni kompyuterdan uchchala ishtirokchining hujjatlari ham yuklangan.

Har bir ishtirokchi o'z ma'lumotlarini o'zi yuklab, o'zi ishtirok etishi kerak.

Tepadagi rasmda Agentlikning taqdimnomasidan parcha ko'rsatilgan.

Xullas, Antikorrupsiya agentligiga rahmat, lekin agentlik shunchaki tenderni bekor qila oladi. Manimcha qonunchilikda tender jarayonlarida ataylab qilingan o'yinlar uchun javobgarlik kiritilishi kerak.

@gazna1
Kanalda nimadir e'lon qilaman, qaysidir kanal yo oxirida kanalimga link qoldiradi yoki umuman postni shunchaki chopib, o'zi yozgandek chiqaradi (repost haqida gapirmayapman, repost qilayotganlar hurmatda doim)

Davlat tashkilotlari uni postiga link berib izoh beradi, man u izohni bir oy o'tganidan keyin ko'raman.

Ajoyib media olamimiz bor👍

@gazna1
Uzbekistan Airways o'zining 38 ta samolyotini sug'urtalash bo'yicha deyarli 200 milliard so'mlik tender o'tkazdi

Tenderni Apex Insurance aksiadorlik jamiyati yutib oldi.

Katta summa, lekin bunday olib qarasa samolyot o'zi arzon narsamas.

Masalan, 2018-yilning avgustida Samarqand aeroportida kompaniya samolyotining dvigateli qush bilan to'qnashib ketganakan, dvigatelni remonti kompaniyaga 665 ming dollarga tushgan, shundan 564 mingini sug'urta qoplab bergan.

Buni ustiga, tushunishimcha, bu yerda yo'lovchilar ham sug'urta qilinyapdi.

Xullas shunaqa gaplar

@gazna1
Daydi mail pochta haqida

Bir tenderni o'rganish davomida buxoroyagonadarcha@umail.uz degan mail pochtaga to'g'ri keldim. Qanday qilib xususiy biznesni pochtasi qilib Davlat xizmatlari markazi mail pochtasi ko'rsatilishi mumkin deb o'yladim.

Tekshirib ko'rib, xuddi shu pochtani aloqa vositasi sifatida ko'rsatgan bir biriga aloqasi bo'lishi ehtimoli juda kam bo'lgan kamida 12 ta korxona topdim (9 tasi tepadagi rasmda), bundan tashqari yana ikkita davlat tashkilotiyam bor, bittasi maktab.

Kulgili holat, Buxoroda korxonani ro'yxatdan o'tkazishda Yagona darcha xodimlari pochda degan joyiga davlat tashkilotiga tegishli pochtani bosvorishyapdimi, yoki bu rostan qanaqadir "o'ylab chiqilgan reja"mi?

Juda g'alati holat.

U ham mayli, bu tashkilotlarga har xil odamlar har xil maqsadlarda yozsa, davlat tashkiloti sifatida rasmiy xatlar yuborilsa - turli mavzu va so'rovlarni o'qib chiqadigan odamga rahmim kelyapdi. Yoki bu pochta nomiga ochilgan o'lik pochtami? Agar shunday bo'lsa savollar yanada ko'payadi

@gazna1
Forwarded from Texnoplov | Техноплов (Сади Абдуллаев)
O’zbek tilida telegram kanallar ham ancha ko’payib qoldi. Shaxsan o’zim doim o’qib turadigan kanallarmning ro’yxati sizga qiziq bo’lsa, ular quyidagi:

⚡️🪖 Texnoplov - texnologiyalar dunyosida ro’y berayotgan hodisalarga, ana shu texnologiyalar haqida tinmay kontent yaratadigan Saadulla Abdullaev tarafidan beriladigan shaxsiy fikrlar va yangiliklar.

🤘🫡Alimoff – taniqli bloger Nurbek Alimov kanali. Yozgan har bir postida intellekti sezilib turadi. Yumorlarini tushunish uchun gohida ko’p kitob o’qigan yoki kino ko’rgan bo’lish kerak.
Anjancha sheva unsuri bo’yoqdorlikni kuchaytiradi.
Istasa o’tkir kritika, istasa qiziqarli tarix, istasa olma po’chog’i haqida yozadi. Nima yozishini bilbo’medi. Zerikmaysiz!

👑🐱 Susambil - fentezi dunyosining muhlisligini matn ko’rinishida ham isbotlab turadigan Nodir aka. Smartfon ekranida ekskalibur qilichi bilan yozadilar

🤓🇬🇧 Teacher Azam - ingliz tilini jamiyatdagi adolatsizlik va korrupsiya holatlari orqali o’rgatadigan va sochi kimyo moddalaridan iborat bo’lgan Azam Qahramoniyning kanali.

🇺🇿💁‍♀️ Nanouzbek - Texnoplovdan bo’linib, texnologiyalar haqida mustaqil ravishda, mustaqil fikr yuritadigan va issiq issiq yangi chiqqan devayslarga obzor chiqaradigan Fariz Abduraimovning kanali

📈 G’azna - statistika va turli qog’ozlarni o’rganib, soqqa kimga, qayerga va nimaga ketayotgan ekanligini berkitmay aytib tashlaydigan data-jurnalist

👓🧂 Plossla - jamiyatdagi va siyosatdagi voqealarga mem prizmasi orqali qaraydigan plosslar

🍓😎 Kunduziy - youtubeda juda aqlli va jamiyatga ta’sir qiladigan videolar olib, telegramda o’z chiroyini maqtab, sevgi haqida fikrlaydigan Xafiz Kunduziyevich


🎭✍️ Habikatura - O’zbekistondagi sanoqli karikaturachilardan biri. Voqealar va trendlarga reaksiyasi hayratnalarli. Chizganlarini tomosha qilib, “Yomon qilibdiyu”, devormasangiz, hisob emas. Faqat u uchun siz ham trendda bo’lishingiz kerak!


📔📜 Asanov formati - o’zbek tilidagi ilmiy-ommabop kanal. Kanal muallifi - filologiya bo’yicha falsafa doktori Eldar Asanov til, antropologiya, tarix, shuningdek, bugungi ijtimoiy va siyosiy hayot haqida tesha tegmagan gaplarni yozib boradi. Shuningdek, yaxshi kitoblardan, kinolardan tavsiya qilib boradi.


📢🤵 Fayzbog’- bloger Temur Malikning kanali. Kanalda O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayoti keng yoritib boriladi, kun tartibidagi yangiliklar keltiriladi, ular o’tkir tanqid, tahlil va qiziqarli memlar bilan boyitiladi


🔥👉 Зафарбек Солижонов - Korrupsioner Hokim-u vazirlar kushandasi, kanalida eng so’nggi insayd xabar va bepul yuridik maslahatlar berib boradigan huquqshunos blogi. «Do’stlari» Zafarello deb ham chaqirishadi

🤑😎Allaev Uz – Bloger va tadbirkor, Asaxiy kompaniyasi asoschisi Firuz Allaevning telegram kanali. Muallif unda biznes bo’yicha maslahatlar, shuningdek dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzularda fikrlar, tahlillar berib boradi.

👔🫵 Баходир Ахмедов – o’zining amaliyotidagi tajribalardan kelib chiqib maslahatlar beruvchi advokat. Bundan tashqari, kanalda ayni vaqtda yurtdagi sud - huquq sohasidagi «Yonib» turgan masalalardan xabardor bo’lib borishingiz, murojaat yo’llashingiz ham mumkin. Advokat, oma ijtimoiy - siyosiy masalalarni o’tkir hazil ostiga olib qolishiyam mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G'azna
1,4 milliardlik haykal, tenderdagi qonun buzilishi va Antikorrupsiya agentligining roli 5-may kuni O'zbekiston badiiy akademiyasi Qozog'ostonning Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini o'rnatish bo'yicha tender natijalarini e'lon qildi. Haykal umumiy hisobda…
O'zbekiston badiiy akademiyasi chekinishni istamayapdi, Ostonada Alisher Navoiy haykalini o'rnatish uchun yana tender o'tkazdi

Antikorrupsiya agentligi noqonuniy o'tkazilgan degan avvalgi tenderdagi g'olib yana g'olib bo'ldi.

Uning yagona raqibi bu safar Badiiy akademiya qoshidagi Badiiy ijodkorlar uyushmasi xodimi, haykaltarosh Ollobergan Allaberganov. Nimagadir manda Badiiy akademiya shu 1,4 milliardlik tenderni aynan "TIART" MChJ yutishini xohlayotgandek ta'surot uyg'onyapdi.

Antikorrupsiya agentligi yana tekshirishi kerak chog'i. Korrupsiyaga qarshi kurashish bekor qiladi, akademiya sal o'zgartirish kiritib yana o'z ishini qilaveradi. Prokuratura aralashib, o'rganib chiqsa yaxshi bo'lardi vaziyatni.

@gazna1
Sabzavotlar orasidagi quyosh panellari

Xorazm viloyati Bog'ot tuman tibbiyot birlashmasi 18 may kuni 1,2 milliard so'mlik tender natijalarini e'lon qildi. Unga ko'ra g'olib kompaniya birlashma binosining tomida quyosh panellarini o'rnatishi kerak.

Tenderda 10 ta tashkilot ishtirok etgan. Ekologik energiya, 10 nafar raqobatchi, hammasi ideal. Hm, yo'q. Bu yerda ba'zi bir g'alati holatlar bor.

Birinchidan, oxirida 10 nafar raqobatchining faqatgina 2 tasi baholangan, qolgan 8 tasi chetlatilgan. Tender komissiyasi protokolda birorta ishtrokchini chetlatilish sababini kiritib o'tmagan, shunchaki cheklatgani haqida ma'lumot bor.

Ikkinchidan, tenderda oziq ovqat saqlash va yetkazish bilan shug'ullanadigan "Yangiariq Zahira" MChJ yutgan. Firmaning nomida shunaqa yozilgan: "YANGIARIQ ZAXIRA" ma'suliyati cheklangan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonasi, nimagadir protokolda uning to'liq nomi keltirilmagan. Agar bu ham sizni ishontirolmasa, Rossiya bojxonachilari tomonidan tuzilgan deklaratsiya va bu firma chegaradan nimalar olib o'tganiga qarang.

Uchinchidan, texnik shartlarda yetkazib beruvchining omborida maxsulot mavjud bo'lishi kerak degan. Qayerdadir quyosh panellari piyozlar bilan mazza qilib yotganiga ishongim kelmayapdi.

Xullas, mani tahminimcha "Yangiariq Zahira" bu yerda aslida ishni bajaruvchi emas, maxsulotni finalgacha yetib kelgan zahiradagi SUNRISE INFO TECHNOLOGIES MCHJ yetkazib bersa kerak, chunki u quyosh panellari bilan shug'ullanadi.

Tushuntiraman.

Bizda ba'zi tender jarayonlarida o'ziga hos holatlar uchraydi. Deylik tender e'lon qilinadi, unda bu ish bilan shug'ullanmaydigan firma g'olib bo'ladi va vaqt o'tib g'oliblikdan voz kechadi, zahiradagi g'olib esa ishni o'ziga oladi, aslida ishlarni u qilishi avvaldan aniq bo'lgan bo'ladi. Bu o'ziga hos aldamchi harakatlar.

Tepadagi vaziyatda ham shuni hidi kelyapdi, bilmadim, mutasaddi organlar o'rganib chiqishiga arziydigan holat manimcha.

@gazna1
Bu qish ham avvalgisidek "svet"siz o'tadimi?

Ushbu savolga aniq bir javob berish qiyin, lekin energetikadagi muammolarni yechish uchun ancha harajat va harakat qilinayotgani rost.

Misol uchun 2021-yil sentyabrida Qoraqalpog'istonda yangi shamol elektrostansiyasini qurish bo'yicha tenderni yutib olgan ACWA Power Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankidan 19,3 mln dollar kredit olibdi. Bu loyihani tugatishga bir qadam. Loyiha, reja bo'yicha, 2023-yilda tugatilishi kerak.

O'shanda tenderda naqt 70 ta firma qatnashgan, lekin finalgacha 3 tasi yetib kelgan, tenderni umumiy qiymati 100 mln dollardan oshiqroq edi. ACWA Power 1 kvt.s energiya uchun 2,5 sent taklif qilib, tenderni yutgan.

Bu shamol elektrostansiyasi 360 mln kVt energiya chiqarib, 110 mingta uyni "svet" bilan ta'minlay olishi aytilgan. Bu kompaniya Qoraqolpog'istonda yana 1,5 GVt li ShESni quryapdi, Buxoroda esa 2 ta 500 MVt ShESni qurilishida qatnashyapdi.

Bunaqa loyihalarning yaxshi tomoni shundaki, yangi generatorlar har yili qayta tiklanadigan manbalardan katta miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu atmosferaga yiliga yuz minglab tonnadan ortiq zararli moddalarni chiqarib, havoni zaharlashni oldi olinadi.

Umid qilamanki bu kabi loyihalar ko'payadi va O'zbekistonda toza energetikaga o'tish tezlashadi.

@gazna1
Ba'zida o'ylanib qolaman: biz aslida liberal davlatmizmi yoki sotsial? Uni buni bilmadimu biz yangimiz, bu aniq.

@gazna1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Antikorrupsiya agentligi: Qanday qilib 500 millionlik narsaga 2 milliard so'm ishlatvordinglar?

Tender komissiyasi a'zosi:

@gazna1
780 million dollar va 15 ta samolyot

O’zbekistonga 2023-yilning yanvar-aprel oylarida umumiy narxi deyarli 780 million dollarlik 15 ta samolyot olib kelinibdi.

Bitta samolyotning o’rtacha narxi 50-60 million dollarga to’g’ri kelyapdi. Ularni orasida 18,8 million dollarlik biznes-jet va Shveysariyadan keltirilgan 86,5 million dollarlik samolyotlar ham bor.

Shunday qilib, yil boshidan buyon O’zbekistonga deyarli har oyda yangi samolyot olib kelinyapdi ekan. Ularning 13 tasi yanvar oyida olib kelingan bo’lsa, qolganlari fevral va aprel oylarida keltirilgan. Import qilingan samolyotlarning asosiy qismini Airbus, bir nechta Boeing va Dassault Falcon biznes-jeti (18,8 mln dollarlik) tashkil qiladi.

2022-yilga nisbatan O'zbekiston bu yili ko'proq samolyot sotib olishni boshladi. Aksariyat hollarda samolyotlarning ko’payishi narxlarning tushishiga olib keladi.

Kutib qolamiz.

@gazna1
Forwarded from Nano Uzbek (Fariz Abduraimov)
Xullas avtomobilga qiziqishim borligini bilasiz. Tracker haqidagi postdan keyin Saadulla (@texnoplov) ham yozgan edi «Fariz moshina olmoqchimi deyman» deb. Gapni qisqasi Tracker atrofidagi vahimali gap so’zlardan keyin uni bir ikkita o’zini sinfidagi avtomobillar bilan solishtirdim. Hamma ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan. Bunday olib qaralsa o’zi yomon taklif emas, menimcha. Hamma ko’rsatkichlar va narxlari tepadagi rasmda.

P.s. Solishtirish holis bo’lishi uchun full emas, o’ziga mos bo’lgan komplektatsiyalar bilan solishtirdim

Siz qanday fikrdasiz?

@nanouzbek - Texnologiyalar, IT, devayslar va avtomobillar haqidagi kanal!
Mayni boshida "Hokimning yashirin qarori va bir biriga begona bo'lmagan pudratchilar" haqida yozgandim

U yerda 17 mlrd so'mlik tenderlar o'zaro tanishlarga berib yuborilganligi ehtimoli haqida yozgandim.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi shu postimga ko'rsatgan holatni o'rganib, 10 mlrd so'mlik 2 ta tenderda aslida qarindoshlar raqobatlashganini aniqlashibdi. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan, hujjatlar tasdiqlansa, aybdorlar o'z jazosini oladi.

3-mayda chiqqan postim: https://t.me/gazna1/96

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xulosasi: https://anticorruption.uz/uz/item/2023/05/27/101-mlrd-somlik-2-ta-tanlovda-yaqin-qarindoshlar-ozaro-raqobatlashganligi-aniqlandi

Antikorrupsiya agentligiga oxirgi paytlar qoil qolyapman, juda aktiv ishlashyapdi va tenderdagi qonunbuzarliklarni qattiq nazorat qilishyapdi. Kanalimda chiqayotgan holatlarga ham bee'tibor bo'lmayotganlari uchun rahmat

@gazna1
Aytgancha, @plossla bilan podkastimizni keyingi sonini ham chiqardik. U yerda san'at, madaniyat va tarix haqida gaplashganmiz. Bu sohada ma'lum darajadagi ekspertni taklif qilganmiz.

Chap burchakda o'tirib olib yegan yemagan gaplarni gapirganman. Qiziq bo'lsa ko'rarsizlar😁

https://youtu.be/OpZ9LS06sp8
O’zbekiston Zarafshon daryosining Tojikiston qismida quriladigan Yavon GESini loyihalashtirish uchun 15 milliard so'm sarflaydi

Davlat
buyurtmachisi bo'lgan "O'zbekgidroenergo" AJ ishni 23 may kuni "Gidroproyekt" AJga topshirdi.

2022-yilgi aksiyadorlarning yig'ilishidagi hujjatga ko'ra, "Gidroproyekt" AJning kuzatuv kengashiga saylangan 5 kishining hammasi "O'zbekgidroenergo"da turli lavozimda ishlaydi.

Bu loyihani o'ziga qancha pul sarflanganini bilolmadim, nima bo'lgan taqdirda ham, ushbu loyiha energetik holatimizga ijobiy ta'sir qiladi deb umid qilaman. Balki undan olingan energiyani Tojikistonning o'ziga sotarmiz. Biror xabar chiqishini kutaman.

@gazna1
Toshkent davlat pedagogika universiteti 500 million so'mlik tenderni tugatilgan korxonaga berib yubordi

Tender protokoli bugun, 30 may kuni tuzilgan. Unga ko'ra g'olib kompaniya universitetga 600kVTlik isitish qozonini yetkazib berishi kerak.

Tanlovda 2 ta firma qatnashgan, qizig'i tenderni yutgan firma allaqachon tugatilgan, buni ustiga avval u qurilish bilan shug'ullangan. Lekin uning raqibi "Chirchik electro system" MChJ hozirda mavjud va aynan isitish qozonlarini tayyorlash bilan shug'ullanadi.

Balki ishlarni aslida u qilgandir, va bu oldindan ma'lum bo'lib bo'gandir?

@gazna1
Asakabank quyosh panellarini sotib olish bo'yicha o'tkazgan 6 milliard so'mlik tenderni "Raspechatka", Kserokopiya bilan shug'ullanadigan firma yutib olganga o'xshaydi

Tenderni yakuniy summasi 5,8 milliard so'm, bu pulga g'olib tashkilot bankning 23 ta filialiga quyosh panellari yetkazib berishi kerak.

Asakabank xarid bankning o'z hisobidan bo'lganini yozgan, lekin bu bankning 98 foiz ulushi davlatga tegishli tashkilotlarniki. Xususiy bank bilan nima ishing bor demasliklaring uchun aytyapman.

Ne nolurasla? Ana raspechatka qib yurgan do'konlarimizam quyosh panellari ishlab chiqaryapdi, qoil.

@gazna1