Odatda botimga aniq bir hujjatga asoslanmagan murojaat yuborishsa shunchaki ignor qilaman, chunki faqat tasdiqlangan ma'lumot bilan ishlash tarafdoriman.
Lekin mana bu murojaat e'tiborimni tortdi va mutasaddi organlar o'rganishiga arziydi deb o'ylayman.
Deyarli to'liq holatda yozib o'taman:
"Assalom alaykum. Parrandachilik yo'nalishida faoiliyat yuritaman. Prezidentning 03.03.2021 dagi PQ-5017 sonli hamda Vazilar Mahkamasining 12.07.2021 dagi 434-sonli Qarori bilan 2022-yil aprel oyidan beri sotilgan parranda go'shti uchun subsidiya olishga ariza berib kelamiz.
2022-yil 2 chorak bo'yicha berilgan arizamizga asosan G'aznadan pul 2022-yil sentabr oyida to'lab berildi. Ammo qarorda arizaga asosan pul har keyingi oyning 25 sanasigacha to'lab berilishi ko'rsatilgan bo'lishiga qaramay, 2022-yil 3 va 4-chorakda sotilgan go'shtlar uchun subsidiya puli haligacha bizga to'lab berilmadi.
Ammo bazi bir abjir tadbirkorlar Toshkentdagi tanishlari yordamida umumiy summaning 5% dan 10% miqdorigacha "otkat" berib 2022-yil uchun to'liq pullarni hisobiga tushirib olishayotgan ekan.
Moliya Vazirligiga murojaat qilsak pul Chorvanaslga ajratilgan, Chorvanaslga murojaat qilsak, Moliya pul ajratishini kutyapmiz, ozgina sabr qilinglar demoqda"
Mashnaqa gaplarmish
@gazna1

G'azna
Asakabank quyosh panellarini sotib olish bo'yicha o'tkazgan 6 milliard so'mlik tenderni "Raspechatka", Kserokopiya bilan shug'ullanadigan firma yutib olganga o'xshaydi Tenderni yakuniy summasi 5,8 milliard so'm, bu pulga g'olib tashkilot bankning 23 ta filialiga…
Asaka bank yuqoridagi postga raddiya beribdi. Raddiyani parchasi va o'z izohim bilan bo'lishaman:
"G'azna telegram sahifasida e'lon qilingan ma'lumot haqiqatga mos kelmaydi, chunki:
1) "ELEVE FAST SERVICE" MChJ panel o'rnatishi mumkin bo'lgan talablarga javob bergan hamda O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan 062344-sonli litsenziya asosida O‘zbekistondagi energetika ob’ektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha shug'ullanadigan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
2) "G'azna" telegram sahifasida "ELEVE FAST SERVICE" MChJ manzili noto'g'ri ko'rsatilgan bo'lib, aslida, "ELEVE FAST SERVICE" MChJ manzili Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Yangiyo'l MFY, 31-mavzesi, 52-uy, 110-xonadonda joylashgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Asakabank" AJ chop etilgan ma'lumot obyektiv holatlari chuqur tahlil qilinmasdan, noprofessional yondashuv asosida tayyorlangan jurnalistik material sifatida bank imidjini obro‘sizlantirishga qaratilgan xatti-harakat deb baholaydi"
Man bu murojaatda bir narsani tushunmadim, rasmda xuddi shu manzil ko'rsatilganku, qayerida xato ketganini tushunmayapman.
Uni litsenziyasini tekshirish imkoniyatim yo'q, xullas bank hammasi joyida deyapdi, faqat bu postni nimasi ularni obrusizlantirishi tushunarsiz.
Man aniqlagan ma'lumotlarimdan kelib chiqib yozdim, ularni aybdorga chiqarib, tuhmat qilganimda ham mayli edi. Agressivroq javob berishibdi, mayli.

Qarshi davlat universiteti videokonferensiya texnikalarini qurilish mahsulotlari va xoztovarlarni sotish bilan shug'ullanadigan firmadan sotib olyapdi
Tender protokoli kecha, 1-iyun kuni tuzilgan. Unga ko'ra Qarshi davlat universiteti vieokonferensiyani o'tkazish uchun texnika va uskunalar sotib olmoqchi, tanlovning umumiy narxi deyarli 2 milliard so'm.
Tenderda 2 ta firma qatnashdi:
Qurilish mahsulotlari va xoztovarlar savdosi bilan shug'ullanadigan "Marble Expert" va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish bilan shug'ullanuvchi "Amir Assembless Group". Tenderda "Marble Expert" g'alaba qozondi.
Bu yerda ikkita holat bor:
1. "Marble Expert" qanday qilib yutdi? Uning raqibini xuddi shu soha bo'yicha litsenziyasi bor, "Marble Expert"niki esa yo'q. Bu firma qurilish mahsulotlarini sotish bilan shug'ullanadi, tajriba degan punkdan qanday qilib maksimal ball oldi?
2. "Marble Expert"ni agar videokonferensiya bilan hech qanday aloqasi yo'q bo'ladigan bo'lsa, demak, bu yerda raqobat bo'lmagan va tender "Amir Assembless Group" uchun o'tkazilgan.
O'rganishlar davomida "Marble Expert" g'oliblikdan voz kechib, ishlarni "Amir Assembless Group" qilishni boshlasa hayron qolmayman.
Bizdagi davlat xaridlarida tez tez uchrab turadigan usul: nomiga tenderda qatnashib berishning hidi kelyapdi. Yana kim bilsin.

1 tiyin kamroq taklif qilib yutib ketish sirlari
2-iyun kuni "UMS"* deyarli 7,5 milliard so'mlik tender natijasini e'lon qildi.
Tender shartlariga ko'ra g'olib korxona Namangan shahri uchun “UMS” MChJning MRTT obyektlarida namuaviy loyihalar bo‘yicha metall konstruktorlar tayyorlashi, qurilish-montaj ishlari va nofaol infratuzilma obyektlarini demontaj qilish ishlarini bajarishi kerak.
Tenderda 3 ta korxona qatnashdi va "Energycon" MChJ 7,5 milliardlik tenderda raqiblaridan 1 tiyin kamroq taklif qilib yutib ketdi. Uni 2 raqobatchilari 1 tiyinam arzonroqqa qilmaymiz deyishgan bo'lishsa kerak.
7,5 milliard so'm va bir tiyin. Ajoyib.
*UMS'ning 100 foiz ustav fondi Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli.

1 tiyin kamroq taklif qilib yutib ketish sirlari 2-iyun kuni "UMS"* deyarli 7,5 milliard so'mlik tender natijasini e'lon qildi. Tender shartlariga ko'ra g'olib korxona Namangan shahri uchun “UMS” MChJning MRTT obyektlarida namuaviy loyihalar bo‘yicha metall…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xaridlaridan oziroq chalg'ib statistikaga bir qarasak
O'zbekistonda rasmiy ro'yxatdan o'tgan ishsizlar soni oxirgi 10 yilda ancha o'zgarib borgan ekan.
Koronavirus o'z tasirini o'tkazmay qolmagan, 2021-yilda ishsizlar soni rekord darajasiga chiqqan: 98,7 ming kishi. Bu yerda albatta umuman ishsizlar haqida gapirilmayapdi, ularni soni aslida milliondan oshiq bo'lsa kerak.
Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, 2022-yilda 70 ming rasmiy ro'yxatdan o'tgan fuqarolarni ish bilan ta'minlashibdi. Aynan qanday ish bilan? Bu haqida ma'lumot yo'q.
@gazna1
O'zbekistonda rasmiy ro'yxatdan o'tgan ishsizlar soni oxirgi 10 yilda ancha o'zgarib borgan ekan.
Koronavirus o'z tasirini o'tkazmay qolmagan, 2021-yilda ishsizlar soni rekord darajasiga chiqqan: 98,7 ming kishi. Bu yerda albatta umuman ishsizlar haqida gapirilmayapdi, ularni soni aslida milliondan oshiq bo'lsa kerak.
Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, 2022-yilda 70 ming rasmiy ro'yxatdan o'tgan fuqarolarni ish bilan ta'minlashibdi. Aynan qanday ish bilan? Bu haqida ma'lumot yo'q.
@gazna1
G'azna
1 tiyin kamroq taklif qilib yutib ketish sirlari 2-iyun kuni "UMS"* deyarli 7,5 milliard so'mlik tender natijasini e'lon qildi. Tender shartlariga ko'ra g'olib korxona Namangan shahri uchun “UMS” MChJning MRTT obyektlarida namuaviy loyihalar bo‘yicha metall…
"UMS" MChJ holat bo'yicha izoh berdi. Pastda izohni to'liq ko'rinishda keltiraman:
"Mobiuz («UMS» MChJ) xaridi haqida ma'lumot
2023-yil 5-iyun kuni «G‘azna» Telegram-kanalida kompaniyaning 23120012253916-sonli tanlov natijalari to‘g‘risida post e’lon qilindi. Kanalning iddao qilishicha, 7,470 milliard so‘mlik lotni boshqa ishtirokchilarga qaraganda atigi 1 tiyin kam taklif qilgan kompaniya yutgan.
Ushbu postga javoban kompaniya quyidagilarni ma’lum qiladi. Mobiuz (“UMS” MChJ) davlat xaridlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-sonli qaroriga muvofiq o‘tkazib boradi. Ushbu qarorda belgilanishicha, Buyurtmachi baholash ahamiyatiga qarab tanlash taklifining texnik va narx qismlari bo‘yicha nisbiy qiymatini belgilashi mumkin.
23120012253916-sonli lotda “Namangan shahri uchun “UMS” MChJning MRTT obyektlarida namuaviy loyihalar bo‘yicha metall konstruktorlar tayyorlash, qurilish-montaj ishlari va nofaol infratuzilma obyektlarini demontaj qilish ishlarini bajarish”ga 7,470 mlrd so‘mlik xadli kelishuv (ramochniy dogovor) tuzish nazarda tutilgandi. Shu munosabat bilan baholashning balli uslubi qo‘llanilgan: texnik qismning vazn koeffitsienti 100 ball, narx koeffitsienti esa 0 ball etib belgilangan.
Bu shuni anglatadiki, ishtirokchilar tomonidan kelib tushgan takliflarni baholashda faqat texnik qismi hisobga olingan. Ushbu xaridda eng past narx tanlash usuli qo‘llanilmagan, shuning uchun tiyinlardagi farq bu xaridda hech qanday rol o'ynamaydi.
Shu munosabat bilan biz blogerlardan ochiq manbalarda joylashtirilgan ma’lumotlarni avval yaxshilab o‘rganib va tekshirib olishlarini va savollar yuzaga kelsa, kompaniya bilan bog‘lanib, tushunmovchilikni bartaraf etishni so‘rab qolamiz.
Mobiuz yuqori axloqiy me’yorlar asosida ish olib bormoqda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida faoliyat yuritmoqda. Korxona 100 foiz davlatga qarashli bo‘lsa-da, ko‘rsatilayotgan xizmatlar orqali mustaqil tarzda daromad oladi va byudjet mablag‘larini sarflamaydi. Mobiuz O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri hisoblanadi"

Telegram
G'azna
1 tiyin kamroq taklif qilib yutib ketish sirlari
2-iyun kuni "UMS"* deyarli 7,5 milliard so'mlik tender natijasini e'lon qildi.
Tender shartlariga ko'ra g'olib korxona Namangan shahri uchun “UMS” MChJning MRTT obyektlarida namuaviy loyihalar bo‘yicha metall…

Benzin narxi tushadimi?
Har yili qish yaqinlashishi bilan sho’pir akalar benzin narxi qimmatligidan yo bo’lmasa yetishmayotganligidan shikoyat qilishni boshlashadi. Bunga sabab bizdagi ko’plab mashinalarga metan yoki propan gazi o’rnatilgani.
Qishda gazga talab ko’pligi va gazning xonadonlarga berilishi zapravkalardagi gaz yetishmovchiligiga olib keladi. Shu payt moshina benzinda ham yurishi odamlarni esiga tushib qolsa kerak yoki shunchaki majburlikdan benzin izlashga tushishadi.
Benzinga bo’lgan talabning keskin oshishi sabab unda ham, tabiiyki, yetishmovchilik yuzaga kelishni boshlaydi.
Ochiq statistikadan benzin bo’yicha ma’lumotlarini qidirib ko’rdim. Hullas, 2022-yilning yanvar oyida 97,8 ming tonna, fevralda 98,2 ming tonna, martda 92,6 ming tonna, aprelda esa 93,7 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan ekan. Bu ko’rsatkich 2021-yilning shu davri bilan solishtirganda 3,7 foizga oshgan.
Endi 2023-yilgi ma’lumotlarga qaraymiz. Bu yilning 4 oyida jami 504,6 ming tonna benzin ishlab chiqarilibdi. Bu degani ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilni shu vaqti bilan solishtirganda 32 foizga oshibdi.
Ishlab chiqarish hajmini bu ko'rinishda o'sishi albatta taklifni oshiradi va benzin narxini arzonlashishi ehtimoli bor (agar eksportga chiqarvormasak)

1 so'mlik tender
2022-yil qishning boshlari. Toshkent viloyati Oxangaron tuman Obodonlashtirish boshqarmasi Oxangaron tumani Openbudjet doirasida Telov mahallasidagi 2 km ichki xo‘jalik yo‘llarini asfaltlashtirish uchun loyiha-smeta ekspertiza qilish bo'yicha tender o'tkazdi.
Tender yirik emas, boshlang'ich narxi 30 million. 5 ta raqobatchi, turli narxlar, lekin bitta firma ishlarni 30 million so'mga emas, 1 so'mga qilaman deb tenderni yutib ketdi.
Kulgili.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan ushbu xaridini tekshirib, bu 1 so'mlik loyiha qanday loyiha ekanligini aniqlashtirishlarini iltimos qilub qolaman.
Yana bir masala, Moliya vazirligi firmaga rostan 1 so'm ajratib berganmikan?
Qoile
UPD: Xabar berishlaricha, ishlarni bir so'mga bajaraman degan firma tenderni yutib, shartnoma tuzishdan bosh tortgan.
Keyin Oxongaron obodonlashtirish boshqarmasi 2023-yil fevralda qayta tender o'tkazgan.
Antikorrupsiya agentligiga tezkorlik uchun rahmat

Namanganga 1,5 milliard so'mlik mavsumiy gullarni veterinariya bilan shug'ullanadigan firma yetkazib beradi
Kecha, 7-iyun kuni e'lon qilingan protokolga ko'ra, Namangan shahar obodonlashtirish boshqarmasi 793 million so'mga 21 turdagi 100 minglab gullarni sotib olyapdi.
Qizig'i tenderda asosiy faoliyati vetenariya xizmati bo'lgan firma g'alaba qozongan. Aynan gullar bilan shug'ullanuvchi "Namangan gullari savdo servis" esa zaxiradagi g'olibga aylangan.
Tenderda o'zi ikkita korxona qatnashgan va vetenariya bilan shug'ullanuvchi firma tender hujjatlari qabuli tugashiga 50 daqiqa qolganida ariza topshirgan.
Undan tashqari parallel yana 2 ta tender o'tkazilayotgan bo'lgan - ularning umumiy narxi 700 million so'm. U ikkalasida ham shu firmalar qatashgan, ikkalasida ham veterinariya bilan shug'ullanadigan korxona yutgan va ikkalasida ham oxirgi daqiqalarda hujjat topshirgan.
Manimcha, tenderda ishtirokchilar soni 1 ta bo'lib qolgan va shoshilinchda veterinariya bilan shug'ullanadigan firmani topib, qo'shvorishgan. Agar rostan ham shunday bo'lgan bo'lsa - bu kelishilgan tender va tahminimcha ishlarni realda aynan "Namangan gullari savdo servis" bajargan.

Hey, koronavirus eslaringizdami? Oxirgi paytlar u bilan bog'liq umuman qandaydir xabar eshitmayapmiz
Hayriyat.
Lekin bir ikki yil oldingi voqealarni eslasak
O'zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning kunlik statistikasini yig'dim - bu biz uchun og'ir kunlar aynan qaysi oylarda bo'lganini yaqqol ko'rsatadi.
2021-yilning 5 avgust kuni bir kunda 974 ta odam koronavirusga chalingan - bu rekord bo'lib qoldi.
Koronavirus yuqtirib rasmiy ro'yxatga tushganlar soni 2022-yilning 15 dekabridan boshlab stabil 0 bo'lib kelmoqda.
Hammasi tugagan ekan, tepadagi rasm orqali pandemiyadagi to'lqinlar va ularning qaysi payti rivojlanganini ko'rishingiz mumkin.
Koronavirus endi kirib keganda yoz kelsa qaytadi deyishgandi, rasmga bir qarang yozda nimalar bo'lganini ko'rasiz

O'tkan yilda 18 va undan kichik yoshda ona bo'lgan qizlar soni deyarli 10 mingtaga yetdi
Davlat xaridlaridan biroz chalg'ib, statistikaga e'tibor beramiz.
Statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilda 10 mingga yaqin o'zbekistonlik qizlar 18 va undan kichik yoshda farzandli bo'lgan, 17 yoshda turmushga chiqqanlar soni 74 nafar qizni tashkil qilgan. Manimcha bu holat chuqur o'rganilishi kerak.
Birinchidan, qonun bo'yicha turmush yoshi ayolu erkakka bir xil - 18 yosh. Ikkinchidan, 18 ga to'lib to'lmay ona bo'lish bolaning sog'lig'i, tarbiyasi va kelajagiga ta'sir qilishi mumkin va buni tasdiqlovchi ko'plab tadqiqotlar bor.
Bu qizlar turmushga chiqib bolalik bo'lganmi yoki undan oldin bu boshqa masala. Zino yoki shunga o'xshash mavzuda gapirish niyyatim yo'q va to'g'risi bu mavzu qiziq ham emas. Mani bu yosh onalarning taqdiri va bolalar qanday sharoitda katta bo'lishi ko'proq o'ylantiryapdi.
Bizga jamyatimizning tub tubigacha kirib borib, uni o'rganadigan sotsiologlar va ularning ochiqlashtirilgan o'rganishlari kerak manimcha.
Tepada 18 va undan kichik yoshda ona bo'lganlar soni viloyatlar kesimida ko'rsatilgan. Man buni normal holat deb hisoblamayman, shu sabab yashil va unga yaqin rangga bo'yalgan viloyatlarda holat nisbatan yaxshiroq, qizildagilarida ko'proqligini tushunib olish mumkin.
Toshkent shahrida 593 ta holat, Farg'ona viloyatida 1216 ta
P.S. Post aslida ertalab chiqarilib, rasmdagi muammo sabab o'chirilgan edi. Endi qayta yuklayapman.

Uni buni qo'yib jona jon Yoshlar agentligiga qaytsak Man yoki bu agentlik faoliyatiga tushunmayman, yoki rostan ichi qora jirkanch odamman yaxshi qilinayotgan ishlarni ko'rolmaydigan. Ibrat farzandlari bilan bog'liq xarid va voqealar juda g'alati ko'rinyapdi…
Kun.uz mana bu holatni boshqa tomonlama chuqurroq o'rganib, surishtiruv o'tkazishibdi.
Hurmatdasizlar🫡
https://kun.uz/news/2023/06/20/yoshlar-agentligi-oz-homiyligidagi-loyiha-ijrochilarini-tender-golibi-deb-topdi

Kun.uz
Ёшлар агентлиги ўз ҳомийлигидаги лойиҳа ижрочиларини тендер ғолиби деб топди
Ёшлар ишлари агентлиги ўзи ҳомийлик қилиб келган “Ибрат фарзандлари” лойиҳаси учун тендер ўтказди ва лойиҳанинг амалдаги ижрочисини ғолиб деб топиб, у билан 1,5 млрд сўмлик шартнома тузди. Давлат ташкилоти хорижий тилларни ўргатувчи қисқа ва содда монтаж…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mediasavodxonlik va har bir ma'lumotni faktcheking qilish juda muhim deb hisoblayman. Shu sababdan bloger va jurnalist akalarim boshlagan yangi challange ga qo'shildim😁
#bemediasmart
#ishon_ma
#ergash_ma
#tarqat_ma
Огоҳ бўл, медиа!
Are you mediasmart?
@mediasaboq
#bemediasmart
#ishon_ma
#ergash_ma
#tarqat_ma
Огоҳ бўл, медиа!
Are you mediasmart?
@mediasaboq
Maktablarga kompyuterlar olib berish uchun o'tkazilgan deyarli 50 milliardlik tenderlar tanish bilishlarga berib yuborilganga o'xshaydi
Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining Ta'minot va logistika xizmati bugun 5 ta juda g'alati protokollarni e'lon qildi - ularning umumiy summasi 94 milliard so'm.
Bu tenderlarning 2 tasi juda shubxali.
Xullas, markaz 2023-2024 o'quv yillari uchun 557 ta maktabga kompyuter va boshqa uskunalarni sotib olyapdi. Lekin protokollarni bir qarab chiqsangiz tenderlarni o'yin qilib o'tkazib, tanish bilishlarga berib yuborganga o'xshaydi.
Misol uchun, markaziy hududdagi (adashmasam Samarqand, Navoy va Buxoro kiradi bu hududga) maktablarga kompyuter va boshqa texnikalarni yetkazish uchun 18,7 milliard so'mlik tender o'tkazilgan. Unda "BUILD PROJECT SPECIAL", "STAND KOMPUTERS" MCHJ va "O`ZBEKO`QUVAVTOMATIKA" MChJ qatnashdi.
"O`ZBEKO`QUVAVTOMATIKA"ga e'tibor bermaselayam bo'ladi, u deyarli hammasida qatnashib, hammasida diskvalifikatsiya bo'lgan. Nomiga qatnashib bergan degan gumon bor manda.
Qolgan ikki MChJning telefon raqami, pochtasi va manzili ham bir xil.
Ikkinchi o'ta shubxali tender Farg'ona vodiysidagi maktablarga yetkaziladigan texnikalar bilan bog'liq. Tenderning umumiy qiymati 22,1 milliard so'm. Bunda "STAND TRADE" va yana o'sha "BUILD PROJECT SPECIAL" MChJ qatnashdi. Nomer, pochta va manzil bir xil.
Katta ehtimol bilan bu ikki lotdagi firmalar o'zaro tanish.
Qolgan uch tender protokollariga ham savollar ko'p, ballar nimaga asoslangan holda bunday tarzda qo'yib chiqilgani tushunarsiz.
Tender byudjet hisobiga o'tkazilgan.
Vazirlikning bu markazi shoshib o'tkazdimi tenderni, nimalar bo'lyapdi? Kompyuter sotib olishda qanday qilib kompyuter sotadigan va qurilish kompaniyasining ballari deyarli bir xil bo'lishi mumkin?
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan ushbu holatni o'rganib chiqishlarini iltimos qilaman.
Tender protokollari: 1-lot Orolbo'yi, 2-lot Farg'ona vodiysi, 3-lot Iqtisodiy hudud, 4-lot Janubiy hudud, 5-lot Markaziy hudud.

Sabzavotlar orasidagi quyosh panellari Xorazm viloyati Bog'ot tuman tibbiyot birlashmasi 18 may kuni 1,2 milliard so'mlik tender natijalarini e'lon qildi. Unga ko'ra g'olib kompaniya birlashma binosining tomida quyosh panellarini o'rnatishi kerak. Tenderda…
Sabzavotlar orasidagi quyosh panellari esingizdami?
Xorazmlik oziq-ovqat skladi egasi bo'lgan akalarimiz Toshkentni Chilonzor tumanidagi quyosh panellari sotadigan bir firma bilan shartnoma tuzib, panellarni ulardan sotib olgani haqida xabar keldi manga. Aytishlaricha shartnoma tuzilgan, lekin panellarni haligacha olib ketishmagan.
Bu hujjat bilan tasdiqlanmagan ma'lumot, manga xabar berishdi. Agar rost bo'lsa - kulgili, juda kulgili va achinarli.