G'azna
6.64K subscribers
147 photos
30 videos
164 links
Data-jurnalist Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali.

Davlat pullari nimaga ishlatilayotgani, qanday qiziqarli holatlar bo'layotganini kuzataman va bo'lishaman.

Murojaat: @gaznabot

Loyihaga yordam: 8600030492643808
Download Telegram
Ички ишлар вазирлиги 943 миллион сўмга 3 та BYD CHAZOR сотиб олди

6 апрел куни Ички ишлар вазирлиги моддий-техник ва молиявий таъминот бош бошқармаси навбатдаги тендер натижаларини эълон қилди. Унга кўра вазирлик ҳар бири 314,3 миллион сўм бўлган 3 та Гибрид (ҳам бензин ҳам токда юрадиган) электромобил сотиб олди


Батафсил➡️: http://uzdiplomat.uz/uz/news/334

Каналга уланиш✏️: @uzdiplomat
G'azna
AQSh Rossiya uranini taqiqladi, endi Sankt-Peterburgdan AQSHga "Navoiyuran" maxsuloti yetkazilmoqda 2023-yil 11-dekabr kuni AQSHda Rossiyadan uran sotib olmaslik bo'yicha qonun qabul qilingan edi. Qonun 90 kundan keyin ishlashni boshlashi aytilgan (tahminan…
AQSh va Kanada uranni bizdan sotib olishni davom etmoqda. Rossiya uranini taqiqlanishi bizning uranimizga talabni oshirib yubordi.

Navoiyuran maxsulotni transportirovkasi bilan bog'liq 9 million dollarlik tender o'tkazmoqda

@gazna1
Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish boshqarmasi 12 mingta daraxt ko'chatini sotib oldi. Ko'chatlar Yasen, Safora va Qayrag'och daraxtlariniki.

Umid qilamanki bu daraxtlar shunchaki ekib qo'yilmasdan davomiy parvarishlanadi. Yillar o'tib bu 12 ming daraxt beradigan soya Surxondaryo sharoyitida juda muhim.

Ko'chatlar sotib olish uchun boshqarma 150 million so'm harajat qilgan, bu milliardlarni manzarali gullarga sarflashdan yaxshiroq manimcha.

@gazna1
Forwarded from Markaz
O‘zbekiston aholisi qariyb 37 mln kishiga yetdi

Mamlakat aholisi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan. 2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.

@markaz_uzbekistan
Elektroenergiyaga tabaqalashtirilgan tarif oldinroq kiritilishi kerak edi

1-maydan elektroyenergiyani tabaqalashtirilgan tariflari kiritilayotgan haqida o‘qigan bo‘lsangiz kerak.

Ya’ni o‘zgarishlarga ko‘ra endi elektr plitalardan foydalanadigan ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda yashovchilar:

- ijtimoiy me’yor doirasida, ya’ni oyiga 200 kWh’gacha elektr energiyasi 225 so‘mdan yetkazib beriladi.

- Me’yordan oshganda 201 kWh’dan 1000 kWh’gacha 450 so‘m,

- 1001 kWh’dan 5000 kWh’gacha 675 so‘m,

- 5001 kWh’dan 10 000 kWh’gacha 787,5 so‘m,

- 10 001 kWh’dan keyin 900 so‘m.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun ijtimoiy me’yor doirasidagi (oyiga 200 kWh’gacha) tarif 450 so‘m bo‘ladi. Me’yordan oshsa, qancha oshganiga qarab elektr plitasini ishlatadigan ko‘p qavatli uyda yashovchilardagi tarifdan ikki baravar ko‘proq bo‘ladi.

Bu nega kiritilayotganiga e’tibor bering, ayni paytda elektr energiyasining tannarxi deyarli 1000 so‘mni, tabiiy gaz tannarxi esa 2000 so‘m ekan.

Bu sohalar hozirda zararga ishlayapdi, energetika sohamiz subsidiyaga o‘tirib qolgan. Davlat budjetidan subsidiya uchun juda katta pul ajratiladi, bu holatni davomiyligi yaxshilikka olib kelmaydi.

O‘zi aslida energiya o‘z narxida sotilishi kerak. Ammo agar energiya o‘z narxida sotilganida narxlar deyarli 5 baravarga oshib ketardi. Shu uchun tariflar kiritishganga o‘xshaydi. O‘zbekiston aholisini katta qismi 200-250 kilovatdan ko‘p ishlatmaydi.

Katta miqtorda ishlatadiganlar esa qimmatroq to‘laydi. Nega subsidialangan arzon narxni hammaga bir xil bo‘lishi - bu yomonligi haqida alohida post yozaman.

@gazna1
G'azna
Elektroenergiyaga tabaqalashtirilgan tarif oldinroq kiritilishi kerak edi 1-maydan elektroyenergiyani tabaqalashtirilgan tariflari kiritilayotgan haqida o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Ya’ni o‘zgarishlarga ko‘ra endi elektr plitalardan foydalanadigan ko‘p qavatli…
"Biz 2022-yil may oyida O‘zbekistonda 7,3 million abonent elektr energiyasi iste’mol qilishi, ularning 80 foizi oyiga o‘rtacha 200 kVt/soatgacha elektr energiyasini sarflashi haqida yozgandik. Vaholanki, bu uy xo‘jaliklari aholi tomonidan iste’mol qilinadigan umumiy elektr energiyasining atigi 31 foizini (5,7 milliard kVt/soat) tashkil etadi.

4 million gaz abonentining 85 foizi oyiga o‘rtacha 500 kub metrgacha gaz iste’mol qiladi. Shu bilan birga, ular aholi umumiy iste’molining atigi 35 foizini (4,5 milliard kub metr) tashkil qiladi"

Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2023/05/13/energy-companies/
Forwarded from Xuddi Shunday
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega svet narxi oshdi?

Elektroenergiyani narxini oshirish kerakligi haqida biz 2 yil avval video qilgan edik

Doimiy subsidiya berish davlat uchun juda zararli!

Nega "svet"ni narxini oshirish kerakligi haqida videoda batafsil tushuntirganmiz.

Video chiqqan vaqtda elektroenergiyani tannarxi 800 so'm, aholiga sotiladigan narx esa 295 so'm edi.

To'liq video: https://youtu.be/4xXAvwtq0IE?si=Pa7WFlFXY_BmiVK7

Kanalga qo'shiling 👉 Xuddi shunday ☑️
⚡️O‘zbekiston elektroenergiya bo‘yicha 230 ta davlat ichida arzon tarifli 15 ta davlatdan biri hisoblanib kelgan. 295 so‘mlik tarif boshqa rivojlanayotgan davlatlar bilan solishtirish darajasida ham emas.

O‘zbekistondagi tariflardan pastroq tariflar Butan, Iroq, Suriya, Sudan, Liviya, Efiopiya kabi davlatlarda bor xolos.

Mutaxassislarning fikricha, arzon elektr energiyasi aynan kambag‘al mamlakatlarda uchraydi.

Bunday davlatlar o‘z aholisini energiya bilan butunlay qamrab olmaydi va bu vaziyat subsidiyalarga qaramay emas, balki aynan subsidiyalar sabab vujudga keladi. Hukumat energiya narxini qancha pastroq ushlashga harakat qilsa, elektr energiyasi bilan doimiy ravishda ta’minlay olishi mumkin bo‘lgan xonadonlar soni shuncha oz bo‘ladi. Subsidiyalar infratuzilmadagi bo‘shliqlarni yaxshilashga emas, balki ularning kelib chiqishining asosiy sababi hisoblanadi

Solishtirish uchun, Qozog‘istonda oyiga o‘rtacha 300 kVt.soat elektr energiyasini ishlatuvchi xonadon har bir kVt.soat uchun o‘rtacha 790 so‘m to‘laydi

Rivojlangan davlatlarda, misol uchun Yaponiyada, bu ko‘rsatkich 2 791 so‘mga teng. Yevropa davlatlarini gapirmasa ham bo‘ladi, Ispaniyada 4695 so‘m! Ularda oyligam balandda deyishga shoshilmang, ularda narx tannarxga qarab belgilanadi.

Aytilishicha, O‘zbekistonda "svet"ni tannarxi aslida 1000 so‘mga teng.

@gazna1
Ko'pchilik agar 300 kVt "svet" ishlatsam hammasini 900 so'm tarifi bilan to'lashim kerak bo'ladi deb o'ylashni boshladi.

Unday emas.

Deylik siz oyiga 250 kVt tok istemol qildingiz, siz har bir kVt uchun 900 so'm, ya'ni 225 ming so'm to'lamaysiz.

Bu vaziyatda 200 kVt 450 so'mdan, qolgan 50 kVt 900 so'mdan hisoblanadi, ya'ni 135 ming so'm bo'ladi.

@gazna1
Forwarded from Zafarbek Solijonov
Давлат энергия бўйича тарифларни оширгач, ўз ўрнида харажатлариниям қисқартириши керак. Бюджет дефицити ҳақида кўпроқ ўйлаши лозим. "Субсидия тизимига барҳам бераман" деб бошқа томондан кераксиз ва зарур бўлмаган давлат харажатларини кўпайтирса, тарифларни оширганидан маъно қолмайди.

Бу йил парламент кейинги йил бюджети муҳокамасигаям кўпроқ вақт ажратиши керак. Уни кенг муҳокама қилсин. Ҳар бандига соатлар ажратсин камида. Ҳукуматдан шуни вақтида талаб қилиши зарур. Бир-икки бўлганидек, юзаки муҳокамадан қочиши керак. Аслида ўша пуллар парламент вакиллариниям пули, тушунишса.

👉 @Zafarbek_Solijonov
Yaqindagina xususiylashtirish bo’yicha qabul qilingan qonunga asosan endilikda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni osonroq kechadi, unda elektron savdodan foydalanish ruhsat berilgan. Ammo xususiylashtirishni osonlashuvi havotirli deganlar bo’ldi.

Bunga sabab, xususiylashtirish jarayonida turli maxinatsiyalar orqali mulkni o’zlashtirmoqchi bo’lganlarni ishi osonlashtirildi degan qarash.

2020-yilda davlat mulkini xususiylashtirilishi bilan bog’liq shubxali bir holatni kuzatgandim, bu jarayonlarga o’zi umuman bizning odamlar qandaydir shubha bilan qaraydi. Balki bunga 90-yillargi Postsovet davlatlarida kechgan xususiylashtirish jarayonlari sababdir.

Hop, deylik xususiylashtirish jarayoni ma’lum maxinatsiyalar bilan o’tdi, O’zbekiston sharoitida bu shunchaki unutilib ketiladimi? 2024-yil 16-mayda kuchga kirgan yangi qonunga ko’ra - yo’q. Agar keyinchalik xususiylashtirish jarayonida maxinatsiya qilingani aniqlansa va tasdiqlansa, davlat bu mulkni o’ziga qaytarib olishi mumkinligi huquqi belgilab qo’yildi.

Oldingi qonunda bu yo’qmidi? 1991-yilgi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish” to’g’risidagi qonunda qisqa qilib aytganda “Agar biror muammo bo’lsa, sud hal qiladi” deb qo’yilgan, hech qanday konkretikasiz. Yangi qonunda esa ko’p masalalarga aniqlik kiritilib ketildi. Aynan maxinatsiyalar bo’yicha, agar ular aniqlansa va tasdiqlansa mulk qaytarib olinishi qat’iy belgilandi.

Xususiylashtirish jarayonlarini ham aktiv kuzatib borish kerak.

@gazna1
G'azna
Yaqindagina xususiylashtirish bo’yicha qabul qilingan qonunga asosan endilikda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni osonroq kechadi, unda elektron savdodan foydalanish ruhsat berilgan. Ammo xususiylashtirishni osonlashuvi havotirli deganlar bo’ldi. …
Man yozgan 2020-yilda xususiylashtirish bilan bog'liq shubxali holat aslida qanday holatligi va nima haqida gap ketayotganini batafsil yoritsammikan?🤔

Hech qayerga chiqarmagan edim ma'lumotni o'shanda. Chet el investorlari deb bilingan bu kompaniya hali ham aksioner ekanda😁

@gazna1
YUNISEFning ma'lumotiga ko'ra, O'zbekistonda bolalarning 11%i to'yib ovqatlanmaydi. Bu tahminan 800-900 mingta bola degani, bundan ko'proq bo'lishi ham mumkin.

Jahon Bankining ma'lumotlariga ko'ra esa, 2021-yilda O'zbekiston umumiy aholisining 3%i to'yib ovqatlanmagan, ya'ni 1 million aholi. Agar bu ikki ko'rsatkichni taqqoslasak, bizda asosiy och aholi bu bolakaylar degan xulosa kelib chiqadi.

2002-yilda umuman 19% aholimiz to'yib ovqatlanmagan ekan - bu 4 million 860 ming odam degani. Shunaqa gaplar.

@gazna1
Davlat xaridlarida maxinatsiya qiluvchilar turli ayyor yo'llarga o'tishgan. Bu ayyor yo'llarni odatda aniqlash qiyin emas. Muammo shundaki, ular haqida gapirguncha endi biroz mayda detallarga e'tibor qaratish kerak bo'ladi. Ism familiya va manzilni o'zgartirib soqqa qiluvchilar o'z ishini davom ettirib yotibdi, afsuski.

Xo'sh, bugun ta'lim sohasiga e'tibor qaratamiz va manzilimiz Surxondaryo viloyatining Denov tumani.

Denov tuman xalq ta'limi bo'limi (INNsi bo'yicha shunaqa, hozirgi nomi Martabgacha va maktab bo'limi) 22, 24-may va 7-iyun kunlari qiziqarli tender jarayonlarini o'tkazdi va hammasi 76-maktab bilan bog'liq.

22-may kuni o'tkazilgan tenderda qurilish materiallari sotib olindi, unda "SIFAT-KAFOLAT-INVEST" xususiy korxonasi va "NURAFSHON BINOKOR TERMIZ" MChJ qatnashdi. 990 million so'mlik tenderda 946 million so'm taklif bilan "SIFAT-KAFOLAT-INVEST" g'alaba qozonadi. Hozircha hammasi joyida.

Lekin 24-may kuni boshqarma yana xuddi shu maktab uchun xuddi shu xarid yakunini e'lon qildi. Unda ham "SIFAT-KAFOLAT-INVEST" g'alaba qozondi. Farq shundaki, bu safar uning yagona raqibi boshqa - "BARAKOT MEGA BIZNESS". Bundan tashqari boshlang'ich narx endi 990 million emas, balki 969 million, Sifat-Kafolat-Invest 967 million taklif bilan yutdi.

Qizig'i, 22-maydagi tender bekor qilinmagan. Aksincha, 24-maydagisi bekor qilingan, uni ham G'aznadagi bratlar bekor qilishgan. Sababini yozishmabdi. Nimaga ekan-a? Balki bir xil tender o'ynalgani uchundir?)

Denov tumani XTB chekinishni istamay 31-may kuni yana tender boshlaydi va 7-iyun kuni natijalarini e'lon qildi. Xuddi shu tender, xuddi shu ishtirokchilar, xuddi shu boshlang'ich narx, avvalgi g'olib "SIFAT-KAFOLAT-INVEST" avval bergan narx taklifini bir so'mga ham o'zgartirmagan. Mag'lub "BARAKOT MEGA BIZNESS" esa xuddi yutishni istamayotgandek aksincha taklif qilgan summasini ko'proq qilib ko'rsatgan.

Xooooo'sh, do'stlar... Bu yerda yoki Denov tumani XTB mutaxassislari bilan G'aznadagi mutaxassislar bir birini tushunmayapdi, yoki Denov XTB tenderni "SIFAT-KAFOLAT-INVEST" yutishini juda xohlayapdi. Buni chuqurroq tekshirishga vakolatim yo'q, vakolatli organlardan tekshirishni iltimos qilaman.

@gazna1
Yaqinda bo'lgan bir vaziyat esimga tushib ketdi.

Manga Surxondaryoda ishlaydigan bir o'qituvchi yozgan edi, unga berilishi kerak bo'lgan to'lov bilan 9 oydan beri muammo bo'layotgan ekan. U ishlaydigan tumanda kimdir "sizga berishga byudjetda pul yo'q" degan emish.

Kanalga chiqarmasdan Moliya vazirligi matbuot xizmati bilan bog'landim. Mutaxassislarni jalb qilib, tez o'rganib chiqishdi va masalani ijobiy hal qilishdi.

Moliya vazirligi matbtuot xizmatini faoliyatimni boshlagan vaqtimdan buyon kommunikatsiyaga ochiq va ishchan deb bilaman.

Juda hurmat qilaman ularni, bor bo'lishsin.

@gazna1
Nega faqat pora oluvchilar jazolanadi? Pora bergani uchun qamaldi degan xabarni hech o'qimadim.

@gazna1
G'azna
Nega faqat pora oluvchilar jazolanadi? Pora bergani uchun qamaldi degan xabarni hech o'qimadim. @gazna1
Keyingi safar postni o'chirishim uchun pul taklif qilishsa prosta yo'q demasdan ustidan yozvoraman. Okala, ogohlantiromman😁

@gazna1
Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi birinchi sinflar uchun o'quv qurollarini baland narxlarda olayotganga o'xshaydi

Yildan yilga birinchi sinf o'quvchilari uchun qancha ajratilayotgani haqida bir tahliliy post qilmoqchiydim, lekin mavzu boshqa tomonga burilib ketdi.

2023-yilgi birinchi sinflar uchun olingan "prezident sovg'asi" nomi bilan tanish sumka va boshqa o'quv qurollarining narxlariga va umuman tender jarayoniga savollarim bor.

Tenderda umumiy 12 ta lot o'ynalgan - umumiy boshlang'ich narx 138,5 milliard so'm. Shulardan 4 tasini Gos Les MChJ qo'lga kiritgan. Qizig'i, har bir tenderda u bitta raqib bilan qolib ketgan, qolganlar diskvalifikatsiya qilingan. Raqibiga nisbatan 1-1,5 milliard so'm ko'proq taklif qilganiga qaramay bir necha ballar sabab tenderlarni qo'lga kiritadi.

Ularni bir ko'rib chiqsak.

Davlat idorasi maxsulotni optomdan ola olishini so'roq ostiga qo'yib, ma'lum firma o'rtakashlik qilgan deb olaylik (optomchilar perechisleniya bilan ishlamasa kerak). Shu bilan birga vazirlik ko'chadagi do'kondan ham bu maxsulotlarni ola olmaydi - juda katta miqdor.

Xo'sh, vazirlik 8 talik Plastilinni 1 donasi uchun boshlang'ich narxni 15 ming qilib belgilagan, "Gos Les" 14 655 so'm taklif bilan tenderni qo'lga kiritadi - 11 milliard so'mga 740 250 ta plastilin. Optomda bunday plastelinni 6-7 minga olsa bo'lar ekan.

Vazirlikning ta'minot markazi 748 776 ta Akvarel bo'yog'ining boshlang'ich narxini 9 ming so'm qilib belgilagan - 6,8 milliard so'm. "Gos Les" 8964 so'm taklif bilan tenderni qo'lga kiritadi. Optomda narx 6-7 ming so'm.

Sumkalar bo'yicha vazirlik boshlang'ich narxni 101 500 qilib qo'ygan, Gos Les 99 500 ming taklif bilan yutgan. Bu yerda gap deyarli 300 000 ta sumka va 30 milliard so'm haqida ketyapdi (Sumkalar 2 ta lotda o'ynalgan). Sotib olingan sumka optom narxda 70 ming ham turishi amri mahol, rasmini tepada ko'rishingiz mumkin.

Bu yerda savol Vazirlikning ta'minot markaziga, nega boshlang'ich narx bunday baland qo'yilgan. Boshqa firma yutgan 12 varoqli daftar bo'yicha tenderni olaylik. Boshlang'ich narx 1150 so'm qilib belgilangan, optomda narx 450 so'm. Gap 9,2 million ta daftar va 10,6 millard so'm haqida ketmoqda.

Agar adashayotgan bo'lsam keling shu mahsulot savdosi bilan shug'ullanayotganlarni bir chaqirib suhbatlashaylik. Gap katta pul haqida ketmoqda. Man 2024-yil va boshqa yillardagi bu bo'yicha xaridlarni ham o'rganib chiqaman.

Mas'ul organlardan holatni vakolat doiralarida o'rganib chiqishni iltimos qilaman.

@gazna1
G'azna
Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi birinchi sinflar uchun o'quv qurollarini baland narxlarda olayotganga o'xshaydi Yildan yilga birinchi sinf o'quvchilari uchun qancha ajratilayotgani haqida bir tahliliy post qilmoqchiydim, lekin mavzu boshqa tomonga…
O'rtakashlik qilgan firma ustiga birga bir narx qo'yishiga Ta'minot markazi qanday yo'l qo'yishi mumkin? Naxotki bozorni o'rganishmasa, yoki boshqa qandaydir maxinatsiyalar bormi?

Kanstovar va sumkalar sohasiga yaqin odamlar bo'lsa kanalda, fikringizni izohda yozinglarchi

@gazna1