G'azna
6.64K subscribers
147 photos
30 videos
164 links
Data-jurnalist Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali.

Davlat pullari nimaga ishlatilayotgani, qanday qiziqarli holatlar bo'layotganini kuzataman va bo'lishaman.

Murojaat: @gaznabot

Loyihaga yordam: 8600030492643808
Download Telegram
Elektron hukumat

Texnologiya va elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha biror tender ko'rib qolsam doim xursand bo'laman.

Masalan, Elektron hukumat loyixalarini boshqarish markazi yaqinda 1,7 milliard so'mlik tender o'tkazgan. Davlat to'lovlarini onlayn qilamizku, shu sistemani oyma oy texnik qo'llab quvvatlovchi kompaniyani tanlashgan.

Tenderda ikki korxona qatnashgan va biri bir so'm ham tushirmagan. Yana bir ikki holatlar bor, lekin o'yin bo'lgan deyishga asosim yo'q bari bir. Gap bunda emas, gap bu xaridni man shaxsan hayotimda ko'rayotganimda.

Kecha Toshkentda yangi ID pasport oldim, Qarshilik bo'lganim uchun Qarshiga borishim kerak, mahalladan spravka va boshqa narsalar deb o'ylagandim. Lekin unaqa bo'lmadi, navbatda turganimni inobatga olmasa, yarim soat ariza topshirishga ketti va pastortim 2 soatda chiqdi.

Elektron hukumatni rivojlantirish va unga mablag' ayamaslik kerak deb o'ylayman (albatta nazorat qilgan holda).

Pasport stollarda sharoit ko'ngildagidek emas, manimcha bu yaxshigina muammo. O'sha o'sha janjallar haligacha davom etyapdi😁😁

2018-yilda kechiktirib pasport olganimda qanchadan qancha hujjat yig'ib yurgandim, hammamizni boshimizdan o'tgan manimcha.

Xullas, elektron hukumat bo'yicha xaridlarni oshirish kerak va man bu barcha tashkilotlarga kirib borishi tarafdoriman. Sababi samarasini o'z misolimda ko'ryapman, ortiqcha tashvish rostan kamaygan.

Oqlayman va duo qilaman.

@gazna1
Fevral oyida oltin zaxiralarimiz 500 mln dollarga ko'payibdi

Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonni umuman xalqaro zaxira aktivlari 174,4 mln dollarga ko'payib, 35,7 milliard dollarga yetgan.

Bu o'sishda oltinni qimmatlashuvi asosiy rol o'ynagan. Fevral oyida oltinimiz 23,5 mlrd dollarga yetgan, bu uning qiymati 491 mln dollarga ko'paydi degani.

Oltin narxi yil boshida 1812 dollar edi, endi 1905 dollargacha koʻtarilgan, shu sababdan xalqaro zaxiralar 1,15 milliard dollarga ortgan.

Kambag'almiz deysizlar, mana, shuncha pulimiz borakanu😁

@gazna1
O'yinchoq tenderlar va buni "sezmayotgan" idoralar

Oxirgi 8 soat ichida "Suv ta'minoti" Unitar korxonasi tomonidan umumiy summasi deyarli 120 million so'm bo'lgan 85 ta tender bo'yicha natijalar e'lon qilindi.

85 ta tender? Umumiy 120 million so'm? Shunda har biri 1,2 - 1,5 milliondanmi? Jinnimisan Nodir, arzimas pullaru deysiz. O'ziz shunaqa deyman man😒

😁Mayli, jiddiylashadigan bo'lsam. Bu yerda ketkazilayotgan mablag'dan tashqari boshqa jihat bor.

🫠Tenderlarda faqat ikkita korxona qatnashyapdi, hammasida bir hil ishtirokchilar va ikkovi ham Qurilish vazirligiga tegishli.

Ajoyib raqobat-a? Vazirlikning bir korxonasi boshqasiga raqobatdosh, tender o'tkazayotgan boshqa davlat tashkiloti esa xuddi buni bilmagandek tasdiqlab yuboryapdi🫡

Tender konsalting xizmati uchun o'tkazilyapdi. Xo'sh, ulardan boshqa konsalting kompaniya topilmadimi? Yoki bu ishtirokchilar yagona yetkazib beruvchi reestirida bormi? Nega unda to'g'ridan to'g'ri xarid o'tkazilmayapdi?

Chunki qonun bo'yicha mumkinmas deysizmi? Barakalla. Qonun bo'yicha tenderni tanish bilish va o'yin qilib o'tkazish ham mumkin emas.

Xo'sh, tender ishtirokchilari:

1. Qurilishda tanlov savdolari va narxlarini shakllantirish Toshkent viloyati konsalting markazi DUK
2. Xuddi shu markazni Sirdaryo filiali.

Toshkent viloyati bo'yicha hozircha Yangiyo'l, Bekobod, Oxangaron va boshqa ba'zi tuman va shaharlar bo'yicha o'tkazilgan 85 ta tenderda faqatgina mana shu ikki korxona raqobatchi bo'lib kelmoqda va birinchisi g'alaba qozonib kelyapdi.

😏Endi Sirdaryo viloyatidagi ushbu markazning qatnashgan tenderlarga qaraymiz. Xm, topingchi unga yagona raqobatchi bo'lib kim qatnashib keladi? Toshkent Viloyati konsalting markazi. Kelishib olishganmikin? Tender o'tkazayotgan davlat tashkilotlari ular haqidagi ma'lumotni tekshirayotganda ikkalasi ham Qurilish vazirligiga tegishliligini rostan payqamay qolishdimikin?🤔

Ko'ramiz keyingi tumanlar va viloyatlar qanaqa bo'lishini. Tahminimcha har bir viloyatning o'z monopolist "markazi" bor.

Man xususiy sektor rivoji tarafdoriman, shu sababdan ham qancha summada bo'masin, har qanday tender toza raqobat bilan o'tishi kerak deb hisoblayman.

@gazna1
Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish loyihasi muhokama qilinyapdi.

Bu muhim jarayonni imkon qadar kuzatishni maslahat beraman.

Hozircha o'ylayotgan narsam: manga savol berish uchun so'z olsang, maqsadga o't birdan deb o'rgatishgan. Bu noto'g'ri ekanligini tushundim.

Deputatlarimiz qilinayotgan ishlarni qayd etib, kimdirlarga rahmat aytib, islohotlarni eslab, oxiri 2-3 minutlardan keyin savol berishyapdi.

Balki man ham davlat tashkilotlariga so'rovlarimni shunday qilsam javob tezroq kelar. Savol berish qoidasini tushunmasman.

Savol berishni manga noto'g'ri o'rgatishibdi😢

@gazna1
O'zbekiston banklari xodimlarining ish kiyimi qanchaga tushadi?

Buni Mikrokreditbank misolida ko'rish mumkin. Bugun e'lon qilingan tender natijalariga ko'ra, har bir komplekt kiyim 1,1 million so'mga tushadi.

Mikrokreditbank ushbu narxda 2500 ta komplekt kiyim sotib olyapdi, umumiy summa 2,7 milliard so'm.

Tenderda kiyim savosi bilan shug'ullanuvchi firma bilan, lak-bo'yoq sotadigan firma raqobatlashgan. Teng raqobat bo'lganiga shubham bor.

Kiyim to'plami ayollar uchun:

Kastyum, pidjak, yubka, bluzka va galstuk

Erkaklar uchun:

Kostyum shim, ko'ylak va galstuk

Mikrokreditbankning deyarli 98% davlatga tegishli.

@gazna1
Hujjatlarni o'zbek tilida ham qilish kerak

Davlat xaridlari portalidagi hujjatlarning ko'pi rus tilida bo'ladi. Bu yaxshi emas.

Hozir til masalasida provokatsion narsa yozmoqchimasman. Rus tilini juda yaxshi bilaman va bu man uchun muammo emas.

Muammo shundaki, davlat xaridlarini o'rganuvchi jurnalist kadrlar yetishib chiqishi qiyin bo'ladi.

Manga ba'zi ba'zida yozishadi qanday o'rgansa bo'ladi, tushunmayapmanku deb. Ularning orasida rus tilini bilmaydiganlar ham bor. Buni ustiga rus tilini bilmaydigan aholi vakillari qancha.

Tender hujjatlarini o'zbek tilida qilinishi va rus tiliga tarjimasi yuklanishi tarafdoriman. Aks holda bu ma'lumotlar faqat rus tilini biluvchilar uchun bo'lib qolyapdi.

Yaqinda Moliya vazirligiga davlat xaridlari bo'yicha takliflar ro'yxatimni yuboraman. Aslida bir oy avval yuborishimni kelishgandik, bu yo'nalishda yozmay qo'yganimga yarim yil bo'lgani uchun, ishlab yana qanday muammolar borligini tushunay deb indamay turgandim.

Vazirlik odatda asosli takliflarni inobatga oladi, o'zim misolimda aytishim mumkin. Avval man va boshqalar bergan ba'zi takliflar mevasini hozirgi ba'zi qulayliklar ko'rinishida yeyapmiz.

@gazna1
Aytgancha (bilaman bugun ko'p yozvordim, kechiringlar😁), kanalni videoformati ustida ish boshladim.

Hozir ssenariy yozyapman. Anchadan beri ikki mavzuni kanalga chiqarmay olib qo'yganman. 1-2-sonlarda batafsil aytib bermoqchiman.

Youtubeda ozg'ingina yigitni aqllili qilayotganini ko'rasizlar degan umiddaman😁😁😁

@gazna1
Litseyda o'qish davomida tushlikka 2 ta perashki bilan 1 ta pivo berishsa, yo'q degan bo'larmidiz?

Bu post o'quvchilarga ovqat yetkazish uchun quruvchi va pivo sotuvchi do'kon bilan raqobatlashgan firma haqida.

Namangan davlat muxandislik va NamDU litseylariga kim ovqat yetkazib bergani yaxshiroq deb o'ylaysiz?

1. Ovqat yetkazish bilan shug'ullanuvchi firma
2. Yo'l qurilishi bilan shug'ullanuvchi firma
3. Bino qurilishi bilan shug'ullanuvchi firma
4. Alkogolsiz ichimliklar va pivo sotuvchi do'kon

Xm, manimcha birinchisida yutish imkoni ko'proq va bu yerda sog'lom raqobat yo'q.

Xullas, ovqat yetkazish bilan shug'ullanuvchi "Muzaffar food" MChJ 1 yildan buyon yuqoridagi 2 litseyga ovqat tashish bilan bog'liq tenderlarni yutib kelgan.

Umumiy hisobda 4,2 milliard so'mlik 9 ta tenderni yutgan, 2-3 tasini shartnomasi bekor qilingan.

Tenderda asosan qurilish tashkilotlari, ba'zida esa pivo savdosi bilan shug'ullanuvchi firma bilan ham raqobatlashgan.

Tasavvur qiling bu yerda sog'lom raqobat bo'lgan bo'sayu, pivo sotuvchi do'kon yutib ketsa?

Xullas, deyarli barcha tenderlarda bittagina raqobatchisi bo'lgan, faqatgina 2 tenderda 3 ta raqobatchi.

Asosiy raqobatchisi Toshkentda joylashgan "Status Trans Preject" qurilish firmasi. Balki firma ovqat ham tashir deysizmi? Manimcha unday emas. Firma yutgan tenderlarga e'tibor berilsa, u faqat yo'l qurilishi bilan bog'liq tenderlarda g'alaba qozongan.

Bu yerda ham savol bor, u "Qamchiqyo'l" unitar korxonasining tenderlarida yutadi.

Bu firmaning doimiy yagona raqobatchisi u bilan deyarli bir manzilda joylashgan "Asian Road Servis"dir.

Tenderlarda yoki Asian Road yoki u bilan bog'liq qanaqadir firmalar unga raqobatchi bo'ladi, deyarli hamma tenderda. Faqat shular, boshqalar yo'q.

Xo'sh, manga bular qatnashayotgan tenderlarda sog'lom raqobat yo'q va o'yinlar bor bo'lib tuyulyapdi. Sizgachi?

Bu savollar tender komissiyasida ham bo'lganmikin?

@gazna1
Agar bu rost bo'lsa, xalqni asabiga o'ynayapsan deb kanalimni yopib qo'yishmasmikan?🫠

@gazna1
8 soat ichida "Suv ta'minoti" Unitar korxonasi tomonidan umumiy summasi deyarli 120 million so'm bo'lgan 85 ta tender natijalari haqida yozgandim.

Unda Qurilish vazirligiga qarovchi ikki tashkilot raqobatlashgandi.

Daryo.uz da ertasi kuni bu haqida maqola chiqibdi, biroz o'tgach Qurilish vazirligi izoh beribdi. "Tanqid yaxshi, lekin u o'rinli bo'lsa" ekan.

Qurilish vazirligi daryo.uz ni o'qiydi, afsuski mani kuzatishmaydi, kuzatishganda bu yerdagi kulgili vaziyatni tushunishar edi.

O'zlarini izohlarida tenderda minimum 2 ta ishtirokchi qatnashishi mumkinligi va boshqa holatlarni aytib qonundan misollar keltirishibdi. Nu davlat tashkiloti, yaxshi.

2 ta qatnashishi mumkinligini hamma biladi, lekin gap undamas. Bu mavzuni birinchi bo'lib yoritgan odam sifatida ularning izohini o'zimga nisbatan javob deb ham qabul qilaman ( Daryo uz mandan olgan demoqchimasman, bu ochiq ma'lumot, har kim ko'roladi, mandan ogandayam yoritgani uchun rahmat derdim).

Shu sabab, Qurilish vazirligiga ikkita savolim bor, yetib bormasa ham ulargacha.

1. Toshkent viloyatida faqat Toshkent viloyati boshqarmasi, Sirdaryoda faqat Sirdaryoniki yutayotgani, lekin ikkala viloyatda o'tgan tenderlardayam faqat ikkovi ishtirok etgani va Toshkent viloyatidagi tenderda Toshkent viloyati boshqarmasi kamroq pul, Sirdaryonikida Sirdaryo viloyati boshqarmasi kamroq pul taklif etishi tasodifmi?

Agar shunday bo'sa, mayli, man hamma ishimni yig'ishtirib, Qurilish vazirligiga tegishli bu tashkilotning barcha boshqarmalari qatnashgan tenderni tekshirib, tasodiflar ko'pligi darajasini o'rganaman va Manopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasiga yuboraman, mutahassislar o'rgansin.

2. Qurilish vazirligi 1 kunni ichida barcha ma'lumotni o'rganib, bu yerda hammasi joyida degan gapni o'zining rasmiy telegram kanalida yozdi. Shunday ekan, agar Manopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi bu tenderda sog'lom raqobat bo'lmagan va o'yin bo'lgan degan tahminni tasdiqlasa, Qurilish vazirligi bu jarayonni teppasida turgan va barchasidan xabardor bo'lgan deyish mumkinmi?

@gazna1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Deyarli 14 milliard so'mlik film

Shu yilni 9-may kuni deyarli 14 milliard so'm sarflangan "O'zbek qizi" filmining premyerasi bo'larkan. Bu filmni olishga motivatsiya 2019-yilning oktyabrida paydo bo'lgan. O'shanda prezidentni Ikkinchi jahon urishi g'alabasini 75 yilligini (2020-yil) nishonlash bo'yicha farmoni imzolangan.

Shu farmon asosida "O'zbek qizi"ni suratga olish boshlanib ketgan. Xullas bu film 2022-yilda eng ko'p harajat qilingan (11,3 mlrd so'm) filmlardan biri, umimiy hisobda 13,8 milliard so'm sarflangan.

Filmni Cinema of Central Asia suratga olgan, rejisyor Akbar Bekturdiyev, studiya rahbari, tushunishimcha uning rafiqasi, Feruza Bekturdiyeva.

Feruza Bekturdiyeva bilan aloqaga chiqib, filmni tizeri bilan bo'lishishni iltimos qildim, lekin haligacha olomadim, mayli backstageni ko'ringlar.

Avval xususiy studiyaga bizni hisob bilan yirik byudjetli filmni berganlariga xursand bo'lgandim, lekin studiya 2019-yilning martida tuzilgani va "O'zbek qizi" dan tashqari boshqa filmlarini topolmaganim uchun, bu filmni suratga olinishi va uni aynan Cinema olishi avvaldan aniq bo'lgandek tuyulyapdi.

Lekin tan olish kerak Akbar Bekturdiyev yaxshigina tajribaga ega rejisyor ekan.

Demak kutamiz, 9-may, deyarli 14 milliardlik film, pullar bekorga sarflanmadi degan umiddaman.

@gazna1
O‘zbekistonda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun 182 milliard 386 million so‘m ajratish rejalashtirildi

Taqqoslash uchun, 2019-yilda parlament va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlarda davlat byudjetidan 230 milliard 500 million so'm ajratilgan.

To'g'risini aytsam 2019-yilgidan kam bo'lmaydi harajat deb o'ylagandim, reklama va boshqa narsalar uchun narxlar hozir qimmatlashgan. Kamchiqimroq qilishayotgani yoqyapdi.

Lekin rostan kamchiqimmi yo'qmi bilish uchun smetani ko'rish kerak, yaqin orada ko'ramiz degan umiddaman.

@gazna1
1,3 milliard so'mlik "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik"

Mart oyining o'rtalarida Davlat bojxona qo'mitasi o'zining esdalik kitob-albomini chop etish bo'yicha tender o'tkazdi.

Kitobning nomi: "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik". U Davlat bojxona xizmati organlarining 30 yilligiga bag'ishlanadi.

Tenderda tanlovlarda aktiv qatnashib keladigan "Kolorpak" yutgan. Bu tashkilot "Zo'r TV" va uning egalariga tegishli. Buni shunchaki ma'lumot uchun aytdim.

Protokolda punktlar bo'yicha ballar g'alati taqsimlangan. Juda ko'p nashriyotlardan faqatgina ikkitasi qatnashganiyam g'alati. Uni ustiga qatnashgan ko'plab tenderlarida g'alaba qozonadigan "Kolorpak" yana g'alaba qozongan)))

Mayli, konsperologiya qivordim.

Asosiy mavzuga qaytsak. 1,3 milliardlik kitob, betlar soni 300 atrofida, 2 tomda. Bojxona qo'mitasi bunaqa xajmdagi kitobda qanday ma'lumotlarni joylagani qiziq.

Juda bir muhimligi bo'lganki 2 ta kitobga shuncha sarflashga qaror qilishgan. Biz ham ko'rsak yaxshi bo'lardi tayyor bo'lganida, pdf ni tashlab bersangiz ham xursand bo'lardik😁

@gazna1
G'azna
1,3 milliard so'mlik "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik" Mart oyining o'rtalarida Davlat bojxona qo'mitasi o'zining esdalik kitob-albomini chop etish bo'yicha tender o'tkazdi. Kitobning nomi: "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik". U Davlat bojxona…
Aniqlik kiritilishicha, bu yerda ikkita dona kitob haqida emas, 2000 ta kitob narxi keltirilgan.

O'zim ham hayron qoldim har bitta tom 650 million so'mdan tushibdimi deb.

Xullas, hozir har bir kitob (2 tom) 650 ming atrofiga to'g'ri kelyapdi.

@gazna1
G'azna
1,3 milliard so'mlik "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik" Mart oyining o'rtalarida Davlat bojxona qo'mitasi o'zining esdalik kitob-albomini chop etish bo'yicha tender o'tkazdi. Kitobning nomi: "Shaffoflik zaminida iqtisodiy xavfsizlik". U Davlat bojxona…
Ushbu masala bo'yicha Davlat bojxona qo'mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning izohi:

"Mazkur kitob ustida alohida ishchi guruh faoliyat yuritdi. Juda katta ma’lumotlar bazasi kiritildi va bojxonaning barcha qirrasi ochib berildi-ki, oddiy kitobxon uchun ham qiziqarli bo‘ladi degan umiddaman.

Tender jarayonlari barchasi shaffof va onlayn. Shu sababli, shubha va gumonlar ortiqcha.

Kitob chop etilgach, keng jamoatchilik, jurnalistlar va blogerlarni ham taklif qilib, taqdimotini o‘tkazamiz. Ishonamizki, kitobni sahifalab ko‘rgach, fikringiz o‘zgaradi.

Kitob-albom. 2 ta tom. har bir tom 325 ming so‘mga aylanyapti. Katta hajmdagi kitob-albomlarning bozorda va savdo rastalaridagi narxlari bilan taqqoslab ko‘rishingiz mumkin.  Narx masalasida sun’iy oshirib ko‘rsatish, qandaydir korrupsion sxemalar haqida shubha-gumonlarga hojat yo‘q deb o‘ylayman. Barchasi shaffof o‘tdi"

Izoh aslida post chiqqanidan 10 daqiqa o'tib berilgandi, ba'zi ishlar bilan bo'lib yaxshi e'tibor qaratolmadim. Tezkor izoh uchun rahmat.

@gazna1
Budjetga tushadigan daromadlar orasida eksport-import katta rol o'ynaydi. Shu sababdan ora orada bu ko'rsatkichlarni ko'rib boraman.

Hozir bir narsani payqadim. 2018-yilgacha jismoniy shaxs, ya'ni MChJ yoki shunga o'xshash yuridik shaxsga ega bo'lmagan oddiy fuqaro chet elga hech nima eksport qilmagan ekan. Chunki qilolmagan.

Qonunan imkoni bo'lgan, lekin juda kam hajmda va faqat so'mda. Ha, sizdan narsa sotib oladigan odam sizga so'm to'lashi kerak bo'lgan. G'alati qoida.

Bojxona qo'mitasiga telefon qilib shu masalani so'radim. Aytishlaricha rostan ham 2018-yilgacha oddiy fuqaro nimanidir chiqib sotaman desa yaxshigina qiyinchiliklar bo'lgan ekan.

Endi qarang, 2017-yilgi valyutani erkin ayirboshlash, keyinchalik esa erkin savdoga qo'yilgan qadamni deb necha pullik tovar eksport qilganmiz.

Avvaliga 60 million dollargacha yetgan, keyinchalik katta ehtimol bilan koranavirus ta'siri, kamayib ketgan.

Xullas, qo'shni G'ishmat aka o'zini piyozini sotish uchun qanaqadir tashkilotlar bilan kelishishi kerak bo'gan oldin, hozir bemalol o'zi chiqib sotvoruradi.

Yozda qishloqdan tarvuzlani olib sotib kesammikan manam😁

@gazna1
Moliya vazirligi 2023-yilda aholiga SMS-xabarnomalar yuborish uchun 1 milliard 670 million so'm sarflayapdi

Tender vazirlik qoshidagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan kecha o'tkazildi. Bu pullarni sarflab, aholiga qanday muhim ma'lumot yetkazishmoqchiligini bilolmadim. Markaz bilan bog'lanishni iloji bo'lmadi.

Hozircha "Open budjet" bilan bog'liq xabarnomalar yuborilishidan boshqa tahminim yo'q.

Yana bir jihat. Tender o'tkazilishida ishtirokchi kamida 5 yillik tajribaga ega bo'lishi kerakligi talabi qo'yilgan. 2 ta firma qatnashgan bo'lsa, biri 2013-yilda, ikkinchisi 2021-yilda ochilgan.

Odatda ikkinchisi tender talablariga javob bermaganligi uchun diskvalifikatsiya qilinib, ishtirokchi bitta o'zi qolgani uchun, boshqatdan o'tkazilardi. Balki Markaz shoshgandir, kim bilsin.

Bog'lanib aniqlik kiritish imkoni bo'ladi degan umiddaman. Hozircha g'olibi avvaldan ma'lum bo'lgan tender hidi kelyapdi))

@gazna1
Bu post davlat xaridi bilan bog'liq emas, ta'lim bilan bog'liq

Xushnudbekning kanalida Magistratura va doktoranturaga talab etiladigan til seritifikatlari ro'yxati yangilangani haqidagi xabarni o'qib qolgandim.

Keyin ancha vaqt davomida o'rganib bordim. Bu yerda ba'zi qiziq jihatlar bor. Ya'ni uchta til bo'yicha ba'zi sertifikatlar endi o'tmasligi aytilgan, bu o'zgarish Oliy ta'lim vaziri buyrug'iga asosan qilingan.

Endi sal oldinroqqa qaytsak, 2021-yilda imtixonlarda qabul qilinadigan sertifikatlar ro'yxatini e'lon qilgandi. Uni Vazirlar mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi bilan Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tuzib chiqqan.

Vazirlik shu ro'yxatda bo'lgan 3 ta sertifikatni olib tashlab, o'zi bitta qo'shdi.

Olib tashlangan sertifikatlar orasida Cambridge Assessment English Linguaskill ham bor.

2019-yilgi Vazirlar mahkamasining qarorida Linguaskill qabul qilinadi deyilgan, bu hozirgacha amal qiladigan qaror, uni Bosh vazir imzolagan. Ta'lim vaziri esa o'zini bir buyrug'i bilan uni olib tashladi.

Bu sertifikat bo'yicha 6 mingdan oshiq odam imtixon topshirib, uni qo'lga kiritgan degan ma'lumot berilgandi, endi ularning taqdiri nima bo'ladi?

O'zi umuman, qanday qilib vazirlik, Vazirlar mahkamasi qarori asosida kiritilgan ro'yxatga o'zgartirish kiritib yubordi? Yoki man nimanidir o'tkazib yubordimmi?

Qiziq

@gazna1
G'azna
Moliya vazirligi 2023-yilda aholiga SMS-xabarnomalar yuborish uchun 1 milliard 670 million so'm sarflayapdi Tender vazirlik qoshidagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan kecha o'tkazildi. Bu pullarni sarflab, aholiga qanday muhim ma'lumot yetkazishmoqchiligini…
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu postga izoh berdi

To'liq izohni (ortiqcha deb hisoblagan ba'zi joylarimnigina olib tashladim) pastda qoldiraman.

Umumiylashtirib aytadigan bo'lsam, vazirlik 3 ta qonuniy hujjatga asoslanib, 3 xil SMS jo'natmalarni amalga oshiradi, bu xarid shular doirasida bo'lib o'tgan.

"I. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlarida “SMS” - xabarlar xizmatini talab etadigan quyidagi axborot tizimlar mavjud:

1. “
openbudget.uz” - elektron portal xizmati hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida fuqarolarning ovoz berishini ta’minlash maqsadida foydalaniladi.

2. “UzASBO” - axborot tizimi orqali byudjet tashkilotlarida mehnat qiluvchi xodimlarning oylik ish haqi ma’lumotlari bilan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishini ta’minlash maqsadida foydalaniladi.

3. “
invoice.uzasbo.uz” axborot tizimi orqali byudjet tashkilotlarida elektron hisobvaraq-fakturalar ustida amaliyotlar bajarish uchun “SMS” - xabarlar xizmatini yetkazish uchun foydalaniladi.

II. 2023 yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari bo‘yicha jami 34,1 mln. dona SMS ishlatildi.

Shundan, 30 mln. dona atrofida SMS “
openbudget.uz” elektron portal xizmatiga hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga, 4 mln. dona atrofida “SMS” byudjet tashkilotlarida mehnat qiluvchi xodimlarning oylik ish haqi ma’lumotlariga, 1.5 ming dona atrofida SMS elektron hisobvaraq-fakturalar ustida amaliyotlar bajarish uchun sarflandi.

III. “SMS” - xabarlar xizmatini birinchi qismini ta’minlash uchun “Axborot texnologiyalari markazi” DUK tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida umumiy hisobda jami 44 mln. dona SMS xizmatlarini xarid qilishga tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda ikkita ishtirokchi “Orzu Mobile” MCHJ va “Play Mobile” MCHJ tashkilotlari qatnashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Play Mobile” MCHJ 1 dona SMS xizmatiga 38 so‘mdan taklif berib (“Orzu Mobile” MCHJ 1 dona SMS xizmatiga 39 so‘mdan taklif bergan), tanlov g‘olibi bo‘ldi".


Afsuski, nimaga talabga javob bermagan ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinib, tender qayta o'tkazilmadi degan savolga javob ololmadim. Nima bo'lgan taqdirdayam, vazirlikka e'tibor va izoh uchun rahmat.

@gazna1