G'azna
6.57K subscribers
172 photos
36 videos
191 links
Data-jurnalist Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali.

Davlat pullari nimaga ishlatilayotgani, qanday qiziqarli holatlar bo'layotganini kuzataman va bo'lishaman.

Murojaat: @gaznabot

Loyihaga yordam: 8600030492643808
Download Telegram
O'yinchoq tender: Farg'ona shahrini yangi yilda bezash qancha turadi?

Kecha, 14 fevral kuni Farg'ona shahar obodonlashtirish bo'limi o'yinchoq, zar va "dojdiklar"ni umumiy hisobda 542 million so'mga sotib oldi.

👩‍❤️‍💋‍👨Sevishganlar kuniga bezashmagandir shaharni deb o'yladim avval, shoir va shoh Bobur uchun o'yinchoqlar olishmasa kerak?

❄️Yo'q, qarasam - yangi yil uchun ekan. Muddati 30 kun.

Obodonlashtirish bo'limi yangi yil bayramini shu darajada yaxshi ko'rgani uchun halittan 2024-yilga tayyorgarlik ko'ryapdimi, yoki o'tkan yil sotib olingan narsalar uchun tender endi o'tkazildimi?

Birinchi variant aslida birdan chiqib ketadi, 2023-yangi yil uchun deb yozilgan hujjatda. Xo'sh, demak ishlar qilinib bo'linganidan keyin pul to'landimi shunda? Tenderda kim g'olib bo'lishi oldindan aniqmidi? Balki shu sababdan tender g'olibi bir so'mam narx tushurmay yutib ketgandir?😏

Buni ustiga hujjatda 21-dekabr kuni tender komissiyasiga "ALTIUS STROY" MChJ tenderda korrupsiya, tanish bilishchilik aralashmasligi kerakligini bilaman degan ma'noda xat yo'llagan. Qizig'i bunday korxona tenderda ishtirok etmagan😁

🧐Nega unda hujjatga bu korxonani xati biriktirildi? Ishlarni kim qildi o'zi va nega o'yinchoqlar endi, bayramdan 1,5 oy o'tganidan keyin sotib olinyapdi?

Mas'ul tashkilotlar bu bo'yicha shug'ullanadi degan umiddaman.

Aytgancha, shartnomani tugash muddati 2023-yilning oxiri. Agar man adashayotgan bo'lsam va hammasi joyida bo'lsa, farg'onaliklar endi yil davomida yangi yil o'yinchoqlarini shaharda mazza qilib tomosha qilishadi.

Yoz chillasida donasi 220 ming so'mlik qor parchasi ja yoqsa kerak.

@gazna1
Nega universitetlarning audit hisobotlati e'lon qilinmayapdi?

Jurnalistika universiteti xaridlariga qiziqib ko'rdim.

Qiziqarli holatlar ko'p, lekin yaxshilab tahlil qilish uchun ham ko'p vaqt kerak, hozircha eng qizig'i haqida.

Jurnalistika universiteti 2019-2021 yillarda 3 ta bankda umumiy hisobda 5,5 milliard so'm depozit qo'ygan.

1. 3 milliard so'm
2. Bankning 2 ta filliali - 1,5 milliard so'm
3. 1 milliard so'm

To'g'risi bunaqa holatni birinchi marta ko'rishim. Aslida qo'shimcha daromat sifatida qaralsa bu, bizda sevib ishlatiladigan gap, ya'ni innovatsion usul.

Lekin, bu mablag'ardan kelib tushadigan foizlar qanday ishlatilyapdi? 2021-yilda Jurnalistika universitetida 7 millard so'm ortiqcha mablag'lar qolgan. O'tkan yili harajatlar daromaddan 3 milliardga ko'p bo'lgan. Moliyaviy hisobot barcha universitet bo'yicha va u yerda uchta punkt bor:

Byudjet mablag'lari, To'lov shartnoma va Rivojlantirish mablag'lari.

Tepadagi 5,5 millard so'm va uning foizlari qaysi biriga kiradi va Jurnalistika universiteti uni qaysi xarajatlari uchun ishlatdi, uning auditi qayerda?

Aslida universitetlarning daromadlari va xarajatlari o'ylaganimdan ancha qiziq ekan, mavzuni chuqurroq o'rganib, unga qaytaman.

Hozircha asosiy savol shu, byudjetdan pul oladigan universitetlarning har birining audit hisobotlari nega saytida alohida e'lon qilinmayapdi?

@gazna1
G'azna
O'yinchoq tender: Farg'ona shahrini yangi yilda bezash qancha turadi? Kecha, 14 fevral kuni Farg'ona shahar obodonlashtirish bo'limi o'yinchoq, zar va "dojdiklar"ni umumiy hisobda 542 million so'mga sotib oldi. 👩‍❤️‍💋‍👨Sevishganlar kuniga bezashmagandir…
Avvaldan kelishilgan tenderlarning nimasi yomon?

1. Korrupsiya ehtimoli
2.Tanish bilishchilik ehtimoli
3. Boshqa tadbirkorlarning yo'li cheklanishi va biznesning rivojiga to'siq
4. Ataylab oshirilgan narxlar ehtimoli.

Nega ehtimol degan so'zni yozyapman?

Aslida bizda juda ko'p tenderlar avvaldan kelishiladi va bu doim ham korrupsiya alomati emas. Ba'zida boshqa korxona topisholmaganidan tanishla o'rtasida o'tkazvorishadi. Aniqlanib qosa, "Nima qilay, hech kim topshirmadi, ishni esa qilish kerak" deydi.

Ularni tushunsa bo'ladi derdim 1-2 yil oldin. Lekin, hozir fikrim qat'iy, ijrochigacha tenderni yetkaza olmagani tashkilotning aybi, bu tanish bilishchilikni aralashtirishga asos bo'la olmaydi. Shunchaki qaysidir saytda e'lon qilib, indamay o'tirmasdan, kerak bo'lsa reklama qilish kerak.

Hullas shu gap. Kanalda hali bunday holatlar haqida yozaman, yozishim sababini tushunishlaring uchun batafsil qayd etib ketyapman.

@gazna1
G'azna
Aytgancha, universitet foizlar uchun boshqa alohida hisob raqami ko'rsatgan. Umid qilamanki bu hisob raqami universitetga tegishli)) @gazna1
Aniqlanishicha, ikkala hisob raqami ham universitetning o'ziga tegishli. Hisob raqamining ikkitaligi universitet manzilining o'zgarishi bilan bog'liq ekan.

Tarqalamiz.

@gazna1
G'azna
O'yinchoq tender: Farg'ona shahrini yangi yilda bezash qancha turadi? Kecha, 14 fevral kuni Farg'ona shahar obodonlashtirish bo'limi o'yinchoq, zar va "dojdiklar"ni umumiy hisobda 542 million so'mga sotib oldi. 👩‍❤️‍💋‍👨Sevishganlar kuniga bezashmagandir…
Komediya davom etadi

Bu masala bo'yicha obodonlashtirish boshqarmasi ma'sul xodimi bilan gaplashdim. Uni aytishicha, 2022-yilda ishlarni qildirishgan, hujjatni endi to'g'irlashyapdi ekan.

Do'stlar, buni avvaldan kelishilgan tender deydi. Nima ahvol bu? Akani aytishicha hozir hujjatda xatolik bo'lsa bekor qilisharkan tenderni.

Iye, xizmatni qilgan tadbirkor puliga kuyib qoladimi endi?

Taklifim: boshqarmada ichki tekshiruv o'tkazib, tadbirkorga pulini rostan qaytarmaslik kerak va bu holatni ovoza qilish kerak. Toki boshqa tadbirkorlar ham shartnoma tuzmay, tanish bilish qilib ishlarni olishmasin.

Lekin shunchaki biroz alam qiladi. Shunchalik osonmi o'yin qilish davlat xaridlari jarayonini?

@gazna1
AGMK futbol klubi va g'alati tender

To'g'risi, bu post shunchaki stadionni nech pulga rekonstruksiya qilinayotgani haqida edi, lekin rakurs sal o'zgardi😕

Tushuntiraman.

💵Kecha Olmaliq Kon-metallurgiya kombinati AGMK FKning stadionini rekonstruksiyasi uchun o'tgan tender natijalarini e'lon qildi. Uni Qarshida joylashgan "Kamronbek mega stroy" MChJ yutib oldi. Loyiha summasi 6 milliard 404 million so'm.

Ishtirokchilar soni 4 ta, shulardan 2 tasi diskvalifikatsiya qilingan, mayli, gap bundamas. Qiziq tomoni 2022-yilda tuzilgan texnik vazifada. Ya'ni, unga ko'ra ishlar 2023-yilning 15-mayigacha tugatilishi kerak, pastroqda ish rejimi 365 kun deb berilgan🙃

Tak, tender o'tkazilishi 22-fevral kuni tugadi, 15-maygacha 2,5 oy bor, 365 kun emas)))

Xo'sh, AGMK ishlarni biror firmaga topshirvorib, tenderni endi o'tkazyapdimi? Agar shunday bo'lsa - bu kelishilgan tender va mas'ul tashkilotlar holatni o'rganishi kerak deb o'ylayman.

@gazna1
Kanalini ochayotganimda shunchaki eksperiment qilgandim, hayolimda xuddi hech kimga qiziqmasdek tuyulardi.

1000 kishi - bu mani xursand qiladi, gap kanalda odam ko'payotganida emas, gap xalq pullari nimaga ishlatilayotganiga befarq bo'lmagan kamida 1000 nafar odam borligida. Loyihani to'xtatish niyyatim yo'q, aksincha, rivojlantirmoqchiman.

Mayli spoyler qilaman, hozirda kanalni videovarianti ustida ishlayapman, hozirda muhokama jarayonidaman. Kanal faqat o'g'rilik yoki qonun buzilishi haqida emas. Kanaldan maqsad shunchaki nazorat qilish, har bir so'm nimaga ishlatilayotganini odamlar bilishi kerak. Savollar paydo qiladigan shartnomalar bo'lsa ular ham albatta chiqadi.

Xullas hammaga rahmat, balki bir ikki kunda odamlar chiqib 1000dan kamayib ketarmiz, hozircha bu muhimmas, muhimi auditoriyada qiziqish borligi

@gazna1
U cho'ntakdan bu cho'ntakka

Bir kulgili va tushunarsiz holatga ko'p duch kelaman. Ba'zi davlatga tegishli tashkilotlarga qarashli firma tender o'tkazsa shu tashkilotga tegishli boshqa firma yutib ketadi. Yoshlar agentligi misolida avval ham aytgandim bu haqida.

Bu kulgili, tushunmaganim - qaysi logikaga asosan? Ya'ni man bir tashkilot rahbariman, qo'limda ishlaydigan bir xodim tanlov o'tkazyapdi, ikkinchisi esa yutyapdi, tashqaridan kelgan odamga qanday imkoniyat bor? Bu vaziyatda kim bu xodimlarim narxlarni kelishib oshirib yozmaganini kafolatlaydi? Manmi? Man ham ulush olgan bo'lsamchi?

Bugun O'zbekgidroenergoga tegishli Gidroproyekt AJ 3,6 milliard so'mlik tender natijalarini e'lon qildi. Unda ikki firma qatnashdi: "Global-bulding-group" va "'O'zbekgidroenergoqurilish" AJ. Kim yutdi deb o'ylaysiz?

"O'zbekgidroenergoqurilish" AJ O'zbekgidroenergo qoshida ochilgan "Gidroproyekt" AJning tenderida g'alaba qozondi.

Undanam qiziq jihati, "O'zbekgidroenergoqurilish" 2022-2023-yillarda 4 ta tenderda yutgan (1,2,3,4). Tender summasi 3 milliarddan 8 milliardgacha. To'rttala tenderni ham O'zbekgidroenergoga tegishli tashkilot o'tkazgan. To'rttalasida ham "O'zbekgidroenergoqurilish"ning asosiy va yagona raqobatchisi "Global-bulding-group" bo'lgan.

Boshqa kompaniyalar yo qatnashmagan yoki qatnashganlari ham diskvalifikatsiya qilingan.

O'zbekgidroenergo AJ 100% davlatga tegishli

Xususiy korxonalar, qalay, rivojlanyapsizlarmi?

@gazna1
O'zbekistonda nechta korxona va tashkilot bor?

Kun.uz da tadbirkorlarga soliq bo'yicha berilayotgan imtiyozlar haqida maqola chiqdi, o'qiyotib, o'zi bizda qancha korxonalar borligiga qiziqdim.

Avval ham aytganimdek kelishilgan tender doim ham o'g'rilik yoki korrupsiyani anglatmaydi, boshqa korxona topolmadik deydi ba'zida davlat tashkilotlari. Albatta bu bahona bo'lolmaydi, lekin rostan korxonalar kammikan?

Statqo'mning ma'lumotiga ko'ra, 2010-2023-yillarda korxonalar soni deyarli 400 mingtaga ko'paygan. Oxirgi o'n yilda 2 baravarga.

Korxonalar asosan 2018-2019-yillarda ochilishni boshlagan, o'shanda biznes ochish uchun imtiyozlar ko'payib qolgandi agar esingizda bo'lsa. Shu vaqtgacha korxonalar yiliga 4-6%ga ortib kelgan, 2019-yildan 13-23%ga ko'payishni boshlagan.

Korxonalar asosan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand va Farg'ona viloyatlarida joylashgan.

Shu vaqt oralig'ida korxonalarni yopilish ko'rsatkichi ham kamaygan.

Xullas, tadbirkorlarimiz ko'payotgani yaxshi, soliq hajmi ham ko'payyapdi, tenderlardagi potensial raqobatchilar ham. Bu yaxshi albatta, tenderlar bu yog'iga yanayam shaffof o'tsa ancha xursand bo'lardim)))

@gazna1
Bu postda hech qanday negativ bo'lmaydi (deyarli😁)

Farg'ona shahar hokimiyati bugun Mehr daftariga kiritilgan yetim bolalar va ota onasidan mahrum bo'lgan bolalarning ehtiyoj va orzusini ro'yobga chiqarish uchun 2 ta noutbuk va bitta printer sotib oldi.

Hokimiyat bundanda ko'proq bolalarga yordam berishi mumkin edi, gullarga yoki qanaqadir tadbirlarga yuzlab milionlar, milliardlar ishlatiladi, lekin negativ bo'lmasligiga va'da bergandim, davom etmayman))

Rahmat, bunday ishlar davom etishini xohlardim.

@gazna1
15 millionlik vazalar

💵Navoiy viloyati Konimex tumani obodonlashtirish bo'limi 300 millionga 20 ta gul vazasini sotib oldi. Vazaning ko'rinishiga juda qiziqdim, shu darajada katta va chiroylimi?

Shartnoma imzolangan, lekin tushunishimcha QQS noto'g'ri ko'rsatilganmi, qaytarilibdi, lekin tuzilgan va o'ylaymanki erta indin qabul qilinadi.

Qizig'i, vazalarni yetkazish uchun qanaqadir do'konlar emas 2 ta qurilish firmalari raqobatlashgan😅

Tenderda hech bir ishtirokchi bir so'm ham kamaytirmagan, shu darajada o'ziga ishonuvchi firmalar aslida kam)))

🥲Masala shu: iltimos, ko'rsatinglar, ko'raylik Konimexni chiroyiga chiroy qo'shadigan 15 millionlik vazalarni.

Tepadagi rasmlarda ko'rsatilgan vazalar 800-1000 dollar turadi. Shunga o'xsharmikan olinadigan vazalar?

@gazna1
Elektrobuslar va atrof muhitga chiqarilayotgan chiqindilar

Xitoydan 800 ta avtobus sotib olibmiz, uni 300 tasi elektrobuslar ekan. Xaridlar haqidagi ma'lumotni topolmadim, albatta))

Gap undamas, avtobuslar sotib olinayotgani quvontiradi, metro o'rniga tramvay qurishganda yanada yaxshiroq bo'lardi.

Man masalan metroga millard dollarlar sarflanishini istamasdim. Bu transport turi manga yoqadi, lekin u byudjetga juda qimmatga tushadi, arzonroqqa yaxshiroq sharoit qilish mumkin manimcha. 2022-yilda o'zimcha data analiz qilganman. Xullas, o'shanda Toshkent metrosi shahar hududi, aholisi va qurilgan metroni hisobga olsa, MDHdagi ko'plab shaharlar orasida eng effektivligi pastlardan biri degan xulosaga kelgandim.

Misol uchun, Bakuda metro uzunligining shahar maydonidagi ulushi Toshkentnikidan 8,5 baravarga kam, lekin kunlik yo'lovchilar soni masofani har bir km uchun hisoblaganda deyarli 4 baravar ko'p.

Ya'ni Toshkentda aholi ko'p, qurilgan metro uzunligi ham ko'p, lekin foydalanuvchilar nisbatan kam. Tiqilinch bo'lib ketganku deyishga shoshilmang, tiqilinchlik odam ko'p tushganidan emas, vagonlar yetishmovchiligidan ham bo'lishi mumkin. Tramvay ancha arzonga tushadi o'ylashimcha.

Xullas, avtobuslar ko'proq sotib olinishi va yo'llarda ular uchun ko'proq sharoitlar qilinishi tarafdoriman. Ularni orasida elektroavtobuslar borligiku umuman olganda zo'r.

Atrof muhitga zararli moddalar bizda rostan ko'p tashlanadi. 2017-yilda bir kamaygandiyu, 2019-yilda yana oshdi. 2019-2021da yana 44 ming tonnaga kamaygan. Bu borada qanchalik negativ bo'lmasin, oxirgi paytlar ekologik zararli moddalar nisbatan kamayotgani rost va buni davom ettirish kerak.

Shunday ekan, mani o'ylashimcha, shahar piyoda va jamoat transporti uchun qulay qilib qurilishi kerak, Toshkentda mashinalar oqimi juda katta, buni oqibatida qancha pul rekonstruksiyaga sarflanadi, ishlar tugar tugamas u yo'llarga yana rekonstruksiya talab qilinadi😁😁

Atrof muhitga zarari kamroq tegadigan vositalardan foydalanish yashash sharoitimizni ham yaxshilaydi, faqat, elektrobuslar qanchaga tushganini aytishsa yanayam yaxshi bo'lardi))

@gazna1
Faqat xaridlar emas, ba'zida shunaqa o'zimcha statistik tahlillar qilib borishimga nima deysizlar?

Yoki xaridlar hammasidan ustunmi?😁😁

Kanal yaqinda ochilgan, endi shakllanyapdi, fikringiz qiziq.

@gazna1
Futbol to'pi yoki sport kiyimlari sotib olsammikan, yoki binoni qursakmikan, balki led ekranlar kerakdir?

Kecha Toshkent viloyatidagi bir sport maktabi futbol to'pi sotib olish bo'yicha 352 million so'mlik tender natijalarini e'lon qildi

Qanaqa to'plar ekan deb texnik topshiriqqa kirsam sport kiyimlarini sotib olish topshirig'i turgan ekan. Adashgandurda deb shartnomani shablonini qaradim. Bunchalik adashishgani hayolimga ham kelmagan ekan.

Shartnoma shablonida bino qurilishi deb yozilgan. G'alati, "Тех докумментация"ni ko'ramiz. Xm, led ekranlar sotib olish ko'rsatilgan.

Protokol... sarlavhada futbol to'pi, sotib olinadigan tovarlar bo'limida led ekranlar. Ikkita korxona raqobatlashgan: biri qurilish bilan shug'ullanadi, ikkinchisi g'alla sotadi. G'alla sotadigan korxona maxsulotni 350 millionga emas 125 millionga olib kelaman degan. G'alla sotishini bilib qolishgan chog'i, texnik ko'rsatkichlar bo'yicha kam ball olib, yutkazgan.

Xo'sh, nima bo'ldi shunday qilib? Futbol to'pi oldinglarmi, sport kiyimlarimi, Led ekranmi yoki binoni qurdilami?

Nima qildinglar?😅

@gazna1
Xususiy biznes va undagi ishchilar

Karantin ko'p talofat olib keldi, bu davrda qanaqadir davlat amaldori bo'lib qolish qo'rqinchli tush bo'lsa kerak. Balki soqqa qilib qoganlar ham anchaginadir.

Man hozir boshqa tomonini o'ylayapman, ishchilar va ularni ish bilan ta'minlash masalasini.

Ma'lumotlarga ko'ra 2020-yilda, aynan koronavirus avj olishni boshlaganda, xususiy sektorda 300 mingdan oshiq odam ishsiz qolgan ekan.

Oradan 2 yil o'tib nafaqat 300 ming o'rini qaytarilgan, balki yana 200 mingta yaratilgan.

Xususiy korxonalar va undagi ishchilar soni ko'payishi kerak. Tender ishtirokchilari qanchalik ko'paysa, xaridlarda o'yin bo'layotganini ko'radiganlar, bu haqida gapiradiganlar ham ko'payadi.

@gazna1
O'zbekistonda 4 yilda o'rtacha maosh 2 baravarga oshgan

O'zi o'rtacha maosh qanday hisoblanadi? Avvalambor o'rtacha degani bu hamma shunaqa topyapdi degani emas. Deylik kimdir 10 mln topadi, kimdir 4 mln, shunda o'rtacha oylik 7 million bo'ladi.

Xullas, oxirgi 4 yilda bu ko'rsatkich yaxshilangan ekan. 1,8 million so'mdan 3,9 millonga chiqqanmiz, foyizda o'sish inflyatsiya darajasidan baland, demak real daromad rostan o'syapdi.

Ijtimoiy sohalar, ya'ni ta'lim va sog'liqni saqlash haligacha o'rtacha maosh bo'yicha oxirgi o'rinda turibdi (Ta'lim 2,7 million, Sog'liqni saqlash 2,6 million so'm). Ularda ham stabil o'sish bor, ammo Respublika bo'yicha o'rtacha maoshdan kamroq.

@gazna1
O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 226 nafar xodimi 2 kundan 10 kungacha dam olishi uchun davlat hisobidan 634 million so'm sarflandi.

Mamlakatimiz rivoji va osmonimiz musaffoligini bizga eslatib turishgani uchun ular bunga to'laqonli haqli deb o'ylayman. Faqat kamroq vaqtga va arzonroq joyga ketishibdi. Antaliyaga bilet topilmadimi?

Pastroqda yo'llanmalarni 45% xodimlar hisobidan deyilgan, lekin nimagadir shartnoma 100% uchun qilingan. 45%i xodimlar tomonidan to'langan bo'lsa, shartnoma xizmatning 55%i uchun tuzilishi kerakmasmidi?

Umuman olganda narxlar norm, faqat ziyolilarimiz ko'prog'iga loyiq edi deymanda))

@gazna1
Oxirgi paytlar meditsinamiz bilan bog'liq ko'p negativ aylandi, kechagi voqea buni ayniqsa oshirib yubordi.

Bu sohadagi statistikaga ancha avval qiziqqandim va bir masala haqida batafsil yozmoqchiman.

2007-yil, deyarli 16 yil ichida meditsinamizda ba'zi mutaxassisliklar bo'yicha vrachlar o'sishi u yoqda tursin, xatto kamayib ketgan. 16 yil oldin aholimiz hozirgidan 9 millionga kam bo'lgan. Aholi 9 millonga ko'paydi, mutaxassislar esa yo'q.

Faqatgina terapevt va jarrohlarimiz ko'paygan holos, qolgan yo'nalishlarda yoki kamaygan, yoki o'sha o'sha son.

Shuncha universitetni qanchadan qancha talaba bitiryapdi, qani ular?

Bu juda katta mavzu, lekin o'zimcha tahminim bor: sohang rasmiy statistikaga ko'ra mamlakat bo'yicha eng kam maosh oladigan soha bo'lsa, sani ham ishlaging kelmay qolsa kerak.

Balki boshqa sabablar bordir. Nima bo'lsa ham, statistikaga ishonadigan bo'lsak, tibbiyot mutaxassislarimizni yo'qotyapmiz.

@gazna1