eMaktab.uz
13K subscribers
1.47K photos
1.79K videos
694 files
3.66K links
Ta’lim yangiliklari
Download Telegram
#Sõragan_edingiz

Maktablarga biriktirilgan inspektor-psixolog umuman maktabga kelmayapti, uning maktabdagi vazifasi nimalardan iborat?

#Savol
Maktablarda psixolog shtat birliklari qisqartirilib inspektor-psixolog lavozimi joriy etilgandi. Ular asosan maktabga kelmaydigan o‘quvchilar bilan shug‘ullanishi kerak edi. Ammo bizni maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog umuman maktabga kelmaydi, o‘quvchilarimiz davomati bilan ham shug‘illanmaydi.

Yaqinda inspektor-psixolog ustidan tuman IIB boshlig‘iga shikoyat qilgandik,shunga u o‘qituvchilarga jaxl qilib, ayrim o‘quvchilarimiz maktabga kelmaganligi uchun o‘zimizga chora ko‘rishini aytmoqda. Bu qonunan to‘g‘rimi? Aslida inspektor-psixologning asosiy lavozim vazifasi qanday?

#Javob
2021-yil 1-iyulidan boshlab umumiy o'rta taʼlim muassasalarining psixolog shtat birligini qisqartirish evaziga voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog shtat birligi joriy qilingan. Ichki ishlar vazirining 2021-yil 31-avgustdagi 318-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomda ularning lavozim vazifalari belgilab berilgan.

Nizomga ko‘ra quyidagilar inspektor-psixologning asosiy vazifalari hisoblanadi:

👉darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi;

👉umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash borasida tadbirlarni tashkil etadi;

👉muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlaydi;

👉o‘quvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish bo‘yicha taʼlim muassasalari psixologlari bilan hamkorlikda pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;

👉o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi;

👉umumiy o‘rta taʼlim maktabining ichki nazoratidagi o‘quvchilar bilan tizimli ishlab, ushbu o‘quvchilarni ichki nazoratdan chiqarish choralarini ko‘radi.

📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilar uchun attestatsiya test sinovlari endi qay tartibda o'tkaziladi?

#Savol
Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tartibidagi birinchi va ikkinchi bosqichlar qanday o‘tkaziladi va qanday baholanadi?

#Javob
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Manba

Tajriba-sinov tarzida o'tkazilgan attestatsiya test sinovlarida o'qituvchilar qanday savollarga duch kelishgani sizga qiziq bo'lsa, unda quyidagi videolavhani tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ehtimoliy test 2022 Ona tili.pdf
228.5 KB
#Testlar

Ona tili va adabiyot fanidan barcha attestatsiya imtixonlarida tushgan savollar to‘plami.

Ushbu to‘plamda shu vaqtgacha attestatsiyada tushgan Testlarning barchasi o‘rin olgan.
2_5235606021912659343.pdf
465.1 KB
#savol_javob

Ona tili va adabiyot fanidan barcha attestatsiya imtixonlarida tushgan va javobi bilan yodlashga berilgan savollar to‘plami.

Ushbu to‘plamda shu vaqtgacha attestatsiyada tushgan savollarning barchasi o‘rin olgan.

👉@Milliysertifikat_Yangi
attestatsiya 2022 18.10.docx
35.6 KB
#savol_javob

Ona tili va adabiyot fanidan barcha attestatsiya imtixonlarida tushgan va javobi bilan yodlashga berilgan savollar to‘plami.

Ushbu to‘plamda shu vaqtgacha attestatsiyada tushgan savollarning barchasi o‘rin olgan.

👉 @Milliysertifikat_Yangi
2_5375331272375672036.pdf
312.4 KB
#savol_javob

Ona tili va adabiyot fanidan barcha attestatsiya imtixonlarida tushgan va javobi bilan yodlashga berilgan savollar to‘plami.

Ushbu to‘plamda shu vaqtgacha attestatsiyada tushgan savollarning barchasi o‘rin olgan.

👉 @Milliysertifikat_Yangi
#Savol:
Men o'zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat oldim ammo unda Rash modeli bo'yicha daraja berishdi menga qaysi darajam uchun ustama to'lanadi

#Javob:
Hozirda milliy sertifikat imtihonlarida umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash kamida A darajani qo'lga kiritgan o'qituvchiga 20% ustama belgilash rejalashtirilmoqda

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#Savol:
Maktabda boshlangich sinf o'qituvchisi bo'lib ishlayman. Men shu yil 14-aprel kuni o'zbek tili va adabiyot fanidan C+ darajani qo'lga kiritdim menga 20% ustama to'lanadimi?

#Javob:
Hozirda boshlang'ich sinf o'qituvchilariga Milliy sertifikat imtihonlarida kamida C darajani qo'lga kiritganda 20% ustama belgilash rejalashtirilmoqda.

P/S: Mazkur hujjatlar rasman tasdiqlangach yana qo‘shimcha batafsil ma'lumot taqdim etamiz.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#savol Men Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumani 39-sonli maktab ingliz tili fani o'qituvchisiman. Attestatsiya test sinovim 11-may soat 12:00 da boshlanadi. Shu kuni soat 14:00 da multileveldan ham imtixonim bor. Mana shu sababga ko'ra attestatsiya kunini o'zgartirsam bo'ladimi va uni qanday amalga oshirsam bo'ladi?

Жавоб:
Бўлади, албатта. Сиз тоифа тестларини 10 ёки 13 май кунларидан бирида топшириш учун тест ўтказаётган ишчи гуруҳига асосларни илова қилган ҳолда ёзма мурожаат қилишингиз керак бўлади.

eMaktabuz

📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
❗️❗️❗️❗️

🔴#SAVOL: Men informatika fani o'qituvchisiman 15-aprel kuni attestatsiyada ishtirok etgan edim shu kuni texnik nosozlik sababli balim past chiqdi men to'g'ri belgilaganlarimni ham xato deb olgan. Balimdan noroziman nima qilsam bo'ladi?

🟢#JAVOB: 2024-yil 15-16 aprelda o`tkazilgan malaka sinovida ishtirok etib va texnik nosozlik tufayli natijasidan norozi bo`lgan pedagoglar uchun 20.05.2024 yil sanasida qo`shimcha imkoniyat yaratiladi.

⚠️ #Arizalar_topshirish_bo`yicha_qo`shimcha_ma'lumot_tez orada_ beriladi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM