eMaktab.uz
11.7K subscribers
1.58K photos
1.86K videos
733 files
3.86K links
Ta’lim yangiliklari
Download Telegram
#Sõragan_edingiz

Maktablarga biriktirilgan inspektor-psixolog umuman maktabga kelmayapti, uning maktabdagi vazifasi nimalardan iborat?

#Savol
Maktablarda psixolog shtat birliklari qisqartirilib inspektor-psixolog lavozimi joriy etilgandi. Ular asosan maktabga kelmaydigan o‘quvchilar bilan shug‘ullanishi kerak edi. Ammo bizni maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog umuman maktabga kelmaydi, o‘quvchilarimiz davomati bilan ham shug‘illanmaydi.

Yaqinda inspektor-psixolog ustidan tuman IIB boshlig‘iga shikoyat qilgandik,shunga u o‘qituvchilarga jaxl qilib, ayrim o‘quvchilarimiz maktabga kelmaganligi uchun o‘zimizga chora ko‘rishini aytmoqda. Bu qonunan to‘g‘rimi? Aslida inspektor-psixologning asosiy lavozim vazifasi qanday?

#Javob
2021-yil 1-iyulidan boshlab umumiy o'rta taʼlim muassasalarining psixolog shtat birligini qisqartirish evaziga voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog shtat birligi joriy qilingan. Ichki ishlar vazirining 2021-yil 31-avgustdagi 318-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomda ularning lavozim vazifalari belgilab berilgan.

Nizomga ko‘ra quyidagilar inspektor-psixologning asosiy vazifalari hisoblanadi:

👉darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi;

👉umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash borasida tadbirlarni tashkil etadi;

👉muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlaydi;

👉o‘quvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish bo‘yicha taʼlim muassasalari psixologlari bilan hamkorlikda pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;

👉o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi;

👉umumiy o‘rta taʼlim maktabining ichki nazoratidagi o‘quvchilar bilan tizimli ishlab, ushbu o‘quvchilarni ichki nazoratdan chiqarish choralarini ko‘radi.

📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
⭕️⭕️⭕️

#Sõragan_edingiz

Qaysi toifadagi pedagoglar 4–15-dekabr kunlari o'tkaziladigan diagnostika testida ishtirok etmaydi?


Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan o‘qituvchilar 4–15-dekabr kunlari o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar.

Quyidagi toifadagi pedagoglar diagnostika testlarida ishtirok etmaydi:

Maktab direktori;

Direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;

Direktorning o'quv-ishlari bo'yicha o'rinbosari;

*Shuningdek, boshqa toifadagi rahbar xodimlar;

Maktabda dars berayotgan talabalar;

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari

Tojik, Qozoq, Qirg'iz, va Turkman tili va adabiyoti fani o'qituvchilari.

❗️Izoh: *CHQBT rahbarlari – Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi sifatida ushbu diagnostika testida ishtirok etadi. Shuningdek, maktab amaliyotchi psixologlari ham ushbu testda jalb etiladi.

👍eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#Sõragan_edingiz

Diagnostika test sinovida ma'lum bir sabablarga ko'ra qatnasholmay qolgan o'qituvchilar nima qiladi?


Test sinovi jarayonida uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan maktab o‘qituvchilari vazirlik ruxsati bilan alohida grafik asosida diagnostikadan o‘tkaziladi.

Test sinovida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganlar diagnostikada nol ball olgan deb hisoblanadi.

👍eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#Sõragan_edingiz

15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) ham malaka toifasi olishi mumkinmi?


Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan CHQBT o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etildi.

Bunda attestatsiya xulosasiga ko‘ra malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchisining lavozim maoshi umumta’lim muassasasida mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtiriladi.

Ya'ni, CHQBT fani o‘qituvchilari ham yanvar-iyun oylarida o'tkaziladigan attestatsiya test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

❗️Faqat ular attestatsiyada ishtirok etishi uchun malaka oshirishdan o'tgan bo'lishi shart.

ChQBT fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan ChQBT fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#Sõragan_edingiz

Vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan pedagoglar ro'yxatini kim vazirlikka taqdim etadi?


Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko'ra har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvota hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlab bo'lingach, xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etiladi.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash esa har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun vazirlik (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash vakillari kimlar?

Kengash raisi — hokimlar;

Kengash raisi o‘rinbosari — hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari boshliqlari.

Asosan shu ikki mas'ullar vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan nomzodlar masalasini kengash yig'ilishida ko'rib chiqib hal qiladi. Kengash tarkibida yuqoridagi ikki mas'uldan tashqari yana 21 nafar mas'ul shaxslar mavjud.

Hududiy kengashlar nomzodlar ro'yxatini shakllantirib, vazirlikka taqdim qilgandan so'ng, ular orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar 2 bosqichda saralanadi.

Saralash bosqichlaridan muvoffaqiyatli o'tgan pedagog kadrlarga vazir jamg'armasi hisobidan ustama tayinlash bo'yicha vazirlik buyrug'i chiqariladi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
🗣💬👍
#sõragan_edingiz_ommalashtirish

Ko‘pchilik pedagoglardan kelayotgan murojaatlardan kelib chiqib, shuni ma'lum qilamizki, oldingi o‘quv yillarida ommalashtirilgan metodik ishlarni muddati 3 yildan ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa, ular hali ham amalda hisoblanadi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

🔴SAVOL:
Birinchi yil ishga kirib, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tgan va ikkinchi toifani olgan stajyor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikat imtihoniga ham kirishi shartmi?


🟢JAVOB:

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra stajyor-o‘qituvchi — davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli jismoniy shaxs hisoblanadi.
Mazkur reglamentda kimlar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmasligi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra:
fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
magistr darajasiga ega mutaxassislar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Ammo pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Agar stajyor-o‘qituvchilar navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tib, ikkinchi malaka toifani olgan bo‘lsa ham, bu toifa kasbiy sertifikat o‘rnida o‘tmaydi.

💬Xulosa shuki, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tgan va ikkinchi malaka toifani olgan stajyor-o‘qituvchilar ham kasbiy sertifikat imtihoniga jalb qilinadi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

Talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinadimi?


Stajyor-o‘qituvchi — davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli jismoniy shaxs hisoblanadi.

TMaktablarda ishlayotgan talabalar tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma’lumotli pedagog (3 va undan yuqori kursda o‘qiydigan talabalar) hisoblanadi.

🔴SAVOL:
Talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinadimi?


Stajyor-o‘qituvchi — davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli jismoniy shaxs hisoblanadi.

TMaktablarda ishlayotgan talabalar tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma’lumotli pedagog (3 va undan yuqori kursda o‘qiydigan talabalar) hisoblanadi.

🟢JAVOB:
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra talabalar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarda asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Ya’ni, maktablarda ishlayotgan talabalar tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma’lumotli pedagog (3 va undan yuqori kursda o‘qiydigan talabalar) hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra stajor-o‘qituvchi — davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli jismoniy shaxs hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorida kasbiy sertifikatlash sinoviga faqat pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli talabgorlargina jalb qilinishi nazarda tutilgan.
➡️Shundan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan talabalar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb qilinmaydi.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchi tomonidan olingan sertifikat soxta ekanligi aniqlansa, qonunchilikda qanday javobgarlik bor?


Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalangan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi, hatto ularga katta miqdorda jarima solinishiga ham sabab bo'lishi mumkin.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchiga direktor jamg'armasi hisobidan 50 foizlik ustama tayinlash mumkinmi?


Buning imkoni bor, faqat buning uchun pedagog xodim bir vaqtning o‘zida metodbirlashma rahbari ham bo‘lishi lozim.

eMaktabuz
📙https://t.me/kundalikbuxoro
📗https://t.me/emaktabuz