EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
23.6K subscribers
14K photos
3.75K videos
27 files
8.25K links
Ekologiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar. @ekologuz🇺🇿Последние новости на экологические темы из Узбекистана. @ekologuzru🇷🇺 The latest news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧

Savol va takliflar uchun bot: @eklguz_bot
Download Telegram
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Toshkent shahar Chilonzor 6-mavzeda tunda ham kunduzi ham daraxtlar kesib tashlanayotgani haqida xabarlar kelmoqda kanalimizga. Kesilayotgan daraxtlar sog'lom daraxtlar ekani qayd qilingan murojaatlarda. Holat yuzasidan Toshkent shahar ekologiya boshqarmasidan…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

SOG‘LOM DARAXTLAR KESILDIMI?

Kanalimizda Toshkent shahar Chilonzor 6-mavzeda tunda ham, kunduzi ham daraxtlar kesib tashlanayotgani haqida bizga kelib tushgan xabarlarni e’lon qilgan edik. Holatga Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

☘️ @ekologuzru kanaliga obuna bo'ling.
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Toshkent viloyati Parkent tumani Boyqozon mahallasiga olib boradigan ko‘prikdan Parkent tumani markaziy ko‘prigigacha bo‘lgan yerda tasvirdagi ichimlik suvi quvuri nosoz holga kelib qolgan. "Mutasaddi tashkilotlar holatga e’tibor qilib, holatni bartaraf…
#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda eʼlon qilingan murojaat boʻyicha, munosabat!

"Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ Parkent tumani filialning masʼul xodimlari va nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan "Boyqozon" MFYdagi mazkur muammo oʻrganilib, diametri Ø500 temir quvur taʼmirlandi.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ matbuot xizmati

Maʼlumot oʻrnida, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish jamiyatini shakllantirish maqsadida, EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿 telegramm kanali  "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ bilan hamkorlikda ushbu sohadagi muammo va natijalari berilib borilmoqda.

☘️ @ekologuzru kanaliga obuna bo'ling.
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Siz ko‘rib turgan ushbu tasvir Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi qoq yonginasida! Bu daraxtlardagi beton iskanjasi yangi emas, ko‘p yillardan buyon osti betonlangan holatda turadi. Ekologiya boshqarmasi "Daraxtga nafas bering" aksiyalarini joylarda…
#rasmiy_munosabat

Kanalimizda «Siz ko‘rib turgan ushbu tasvir Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi yonginasida! Daraxtlar osti betonlangan» mavzusida tarqalgan xabarga Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Farg'ona shahar bo‘limi davlat inspektorlari boshchiligida xabarda ko‘rsatilgan joydagi 3 tup daraxtlar tag qismlari ochilib, holat bartaraf qilinibdi.

Masʼullar tomonidan daraxtlarni sug‘orish ishlari amalga oshirilib, hududda tozalov ishlari olib borilgan.

Bu haqida Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling.
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi binosidan taxminan 100 metr uzoqlikda, Markaziy bolalar kasalxonasi ro‘parasida daraxtlar nobud bo‘lmoqda. Viloyat Ekologiya boshqarmasi yonidagi qurilish sabab daraxtlarga shikast yetmoqda, afsuski shu hududda joylashgan…
#rasmiy_munosabat

Kanalimizda “Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi binosidan taxminan 100 metr uzoqlikda, Markaziy bolalar kasalxonasi ro‘parasida daraxtlar nobud bo‘lmoqda” mavzusida tarqalgan xabarga Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.

Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektorlari boshchiligida xabarda ko‘rsatilgan hududda o‘rganish nazorat ishlari olib borishdi.

☝️ batafsil

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling.
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘riqxonalarda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tomonidan holat yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi.

P/S. Kanalimizda Hisor davlat qo‘riqxonasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar jumladan, Zarafshon archasi bilan qoplangan kamida 200 tup archa daraxtlarining yong‘in ta'sirida yo‘q qilinishi yoki shikastlantirilishi, qancha o‘simlik dunyosi ob'ektlari payhon qilinganligi, boshqa hududida chorva mollarini boqilishi haqidagi xabar yuzasidan Vazirlikning rasmiy munosabatida avval ham bergan savollarimiz ochiq qolib ketdi.

Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi “Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 94-sonli qarorining 2-ilovasida, Hisor Davlat qo‘riqxonasi hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkazilayotgan ob'ektlar maydoni, III.Dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori, jami 1768.67 gektar yer maydoni qo‘riqxonaning qo‘riqlanma zonasi ekanligi belgilab berilgan. Aynan shu manzilda qo‘riqlanma zonasimi yoki bosh bir sub'ektni mulkimi nima bo‘lishidan qat'iy nazar e'tibor bering, bir yilda atigi 1 sm. o‘sadigan noyob Zarafshon archalari yonib ketgan. Xo‘sh, davlat mulkiga yetkazilgan zarar qanchani tashkil etadi? Bunda aybdorlar kim? Mahallalarda chiqindini belgilanmagan joyga to‘kkan yoki qurigan daraxtni ruxsatsiz kesgan fuqaro millionlab jarimaga tortiladiyu, 200 ga yaqin zarafshon archalarini yoqib yuborgan shaxslarni fuqarolar kadastrini aniqlashtirib o‘zlari surishtirib oladimi?

Rasmiy munosabatda biz aniq javob olaolmadik. Xo‘sh qo‘riqxonani qo‘riqlanma zonasi qaysi asosga ko‘ra harbiylarga o‘tib ketgan, agar harbiylarga o‘tkazilgan bo‘lsa yuqorida ko‘rsatilgan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi 94-sonli qarori bekor bo‘lganmi? Nega ekologiya vazirligi bu savollarni ochiq qoldirdi? Rasmiy munosabatga ko‘ra fuqarolar o‘zlari kadastr agentligiga murojaat qilishib, yer kimga qarashli ekanligini aniqlashlari kerakmi?
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi davlat mulki hisoblangan yovvoyi tabiatni nazorati uchun mas'ul emasmi?
Yuqoridagi savollarimizga ekologiya vazirligi mas'ullari aniq asoslangan xulosalarini beradi , degan umiddamiz.
Maqsadimiz noyob, qo‘riqlanadigan tabiatni, kelajak avlod uchun zararli ta'sirlarsiz yetkazilishi lozim bo‘lgan tabiatni asrash va nazorat qilish emasmi?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 49,68-moddalarida Tabiiy resurslarga nisbatan xuquqiy munosabatlar qat'iy, aniq belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi, Ekologik nazorat to‘g‘risidagi, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi, O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa sohaga oid qonunlar buzilishi sodir qilinganligi holati ochiq qolmoqda. Qo‘riqxonada yong‘inga qarshi qanday chora tadbirlar ishlab chiqildi? Yana yong‘in sodir bo‘lmasligi kabi savollarga kim qaysi mas'ul javob beradi? Qo‘riqxona o‘z nomi bilan qo‘riqlanadigan hudud bo‘lganligi sababli ham savollar ko‘p...

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling.
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
"Assalomu alaykum. Men Olmaliq shahridanman. Ayni paytda Energetika tarmog'i xodimlari daraxtlarni kesayotgani videosini yuborayapman. Daraxt shoxlari simlarga tegmoqda. Tushunaman. ular o‘z ishlarini qilishayapti, aholiga elektr kerak. Ammo yashnab turgan…
#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda “Energetika tarmogʻi xodimlari daraxtlarni kesib tashlashmoqda” mazmunidagi e'lon qilingan xabar bo’yicha munosabat bildirildi.

Holat oʻrganilganda Olmaliq shahar "A.Navoiy" MFY, Parvoz koʻchasida Elektr tarmoqlari Olmaliq shahar boʻlim xodimlari tomonidan mazkur mahalladan oʻtgan sim yogʻoch moslamalari ostida mavjud daraxtlarga oʻsgan shohlarini qisqa tutashuvlarning oldini olish va aholining elektr energiyasidan muamoli vaziyatni keltirib chiqarmaslik uchun butash ishlari olib borilganligi ma'lum boʻldi.

Mazkur ishlarni olib borishda hech qanday daraxtlar tag qismidan kesilmagan hamda qonunbuzilish holatlari mavjud emasligi aniqlandi.

Bu haqida Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️Eng birinchi va yangi ekologiya xabarlarini @ekologuz da o‘qing. Bizga obuna bo‘ling va taklif, murojaatlarni @eklguz_bot orqali bizga uzating!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Toshkentda jazirama quyosh ostida qushlar sotilmoqda Bunday holat poytaxtimizning Yunusobod tumani sakkizinchi mavzesida kuzatilmoqda, bizga xabar berishlaricha. Bu yerdagi hayvonot do‘koni jazirama oftobda qafasdagi qushlarni sotuvga qo‘ygan. "Savdo do‘koni…
#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda, “Yunusobod tumanidagi zoo do‘kon hayvonlarga yetarli sharoit qilinmaganligi sabab hayvonlar nobud bo‘layotganligi haqida bizga kelib tushgan xabarni e’lon qilgan edik.

Ushbu holat, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Yunusobod tumani inspektori hamda Mingchinor MFY mahalla noziri tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning tegishli moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borilibdi do‘kon egalariga.

Bu haqida bizga Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Urganch shahar A.Bahodirxon ko‘chasidagi daraxtlarning tagi betonlab tashlanayotgani haqida murojaat kelib tushdi. Bizga bu haqda xabar bergan kuzatuvchimiz bir nechta tashkilotlarga murojaat qilganini ammo hech kim munosabat bildirmayotganini bildirdi. …
#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda Urganch shahri A.Bahodirxon ko'chasidagi daraxtlarning tagi betonlab tashlanayotgani haqida video xabarni e'lon qilgan edik, ushbu holat yuzasidan Urganch shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi tomonidan o'rganish ishlari olib borilibdi.

Mazkur o'rganish davomida Urganch shahri A.Bahodirxon ko'chasidagi jami 8 tup har xil kattalikdagi daraxtlarning tagi betonlardan ozod etilib, sug'orish ishlari tashkil etilganini ma'lum qilamiz.

Bu haqida Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda Samarqand shahar Beruniy 69-uy atrofidagi qurilish va maishiy chiqindilar bo'yicha berilgan murojat joyida o'rganildi. Munosabatda aytilishicha, mazkur hududga har kuni signal tizimida grafik asosida mashina kiritiladi va maishiy chiqindilarni tozalab beriladi. Bu yer chiqindilarni tashlash uchun belgilanmagan joy hisoblanadi, bundan tashqari qurilish chiqindilarini ham tashlab ketilishi mahalla faollari tomonidan nazoratsiz qoldirilmoqda.
Fuqarolardan o‘z mahallasini toza saqlashni, belgilangan joyga chiqindi tashlamasliklarini so‘rab qoolar edik.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!