EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
25.6K subscribers
13.4K photos
3.5K videos
27 files
8K links
Ekologiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar. @ekologuz🇺🇿Последние новости на экологические темы из Узбекистана. @ekologuzru🇷🇺 The latest news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧

Savol va takliflar uchun bot: @eklguz_bot
Download Telegram
Bugun, 20-sentyabr, ko‘plab mamlakatlarda "Butunjahon tozalik kuni" (World Cleanup Day) nishonlamoqda. Sentyabr oyining har uchinchi shanbasida o‘tkaziladigan ekologik aksiya chiqindilardan tozalash, atrof-muhitni toza saqlash yo‘lida jamiyat, ommaviy axborot vositalari, davlat idoralari va xususiy tadbirkorlik subyektlari sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan.

Bugun dunyoning 130 dan ortiq davlatida ommaviy tozalash tadbirlari, chiqindilarni saralash bo‘yicha mahorat darslari va boshqa tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Toshkent shahrida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi. Tadbirda "Ekolog" jamoat birlashmasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Xususan, O‘zbekistonning barcha hududlarida keng ko‘lamli tozalash aksiyasi tashkil etilmoqda. Bu aksiyada siz ham ishtirok etib, yurtimiz tabiati musaffoligini asrashga munosib hissa qo‘shishingiz mumkin!

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Vatanimiz hududini bulg‘ayotgan axlatni ko‘rishdan charchadingizmi? 

2024-yil 21-sentyabr “Butun jahon tozalik” kuni munosabati bilan plogging aksiyasi oʻtkazilmoqda xabaringiz bor.

Aksiyaga qo‘shiling va bir kunlik atrof-muhitni himoya qilish majburiyatini o‘z zimmangizga oling.

Tadbir "Ekolog" jamoat birlashlasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

Avtobus Toshkent shahridagi "O‘zbekiston" mehmonxonasidan (Amir Temur maydoni) roppa-rosa soat 9.00 da jo‘nab ketadi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni yoshligidan jonivorlarga mehrli qilib tarbiyalash lozim.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bundan oldin kanalimizda Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Beruniy ko‘chasida quvurni teshib, undan yashirin truba chiqarib qo‘yishgani, ichimlik suvi kecha-kunduz isrof bo‘lib oqib yotganlik haqida xabar bergan edik. Lekin holatga hamkorimiz "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan munosabat bildirilmadi.

Bu holatga Sirdaryo viloyati “O‘zsuvta’minot” korxonasi xodimlari e’tibor qaratadi, degan umiddamiz.

Manzil

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sizlarga yordam so‘rab murojaat qilyapmiz. Bizning Buxorodagi istirohat bog‘ida iyun oyidan beri bir yigit pitbul itini bog‘lab, uni suvsiz, oziq-ovqatsiz o‘z holiga tashlab ketgandi, biz uni iyun oyidan beri boqib kelyapmiz, yigit uni jangga qo‘ymoqchi ekanligini aytdi, lekin it hali yosh emish, ular ulg‘ayishini kutishyapti! Bechora itni tok simi bilan bog‘lab qo‘yishgandi, u na o‘tirishga, na yotishga qodir edi,biz unga oddiy it zanjirini olib keldik. U yerda yashovchi erkak ularga itning keragi yo‘qligini aytdi va itni olib ketishni yoki unga xo‘jayin topishni so‘radi! Kecha biz itning egalarini topdik, uni yaxshi qo‘llarga bermoqchi bo‘ldik, ammo bu harakatimiz samarasiz boʻldi. Bir yigit (go‘yo itning egasi) va yana bir erkak mast holatda oldimizga kelib, biz bilan urisha boshlashdi, itni ovqatlantirishga ham qo‘ymadilar! Bularning barchasini videoga oldik. Shuningdek, mast holatda bo‘lgan erkak, agar xohlasam itni so‘yib, yeb yuboraman deb aytdi”,-deydi holat haqida bizga xabar bergan kuzatuvchilarimiz.

Bizdagi ma’lumotlarga koʻra bu it bolachasini Buxoroda oʻtkazilishi rejalashtirilgan itlar jangiga tayyorlashayotgan boʻlishgan. Biz bu haqida oldinroq kanalimizda yozgan edik, ammo itlar jangi uyushtirilishi bekor qilingani haqida hech qanday munosabat bildirilmadi.

O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat ortib bormoqda. Umid qilamizki, Buxoro shahar huquq-tartibot idoralari va viloyat Ekologiya boshqarmasi bu holatga e’tibor qaratadi. ️

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Elshod Shamsiddinov nomi ostida Instagram ijtimoiy tarmog‘ida blogerlik faoliyatini olib boradigan fuqaroning harakatlari yuzasidan kanalimizga murojaat kelib tushdi.

Fuqaro o‘zining sahifasiga O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan kapcha ilon, hind boygasi iloni, dasht qora iloni, bo‘z echkemari hamda tulki bolalariga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan videolarini yuklagan.

O‘z inida yashab yurgan tulki bolalarini inidan majburlab chiqarib, ularni qafasga solib qo‘yishdan maqsad nima?

Bunday videolarni ko‘rgan odamlarda ruhiy stress yoki salbiy his-tuyg‘ular paydo bo‘lishi mumkin, ayniqsa, hayvonlarga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘ladigan kishilar uchun bu og‘ir kechadi.

Bu shaxs qayerdan? Nima sababdan bu kabi videolarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmoqda? Bundan maqsad nima? Bunisi bizga qorong‘i.

Agar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bu kabi shaxslarni IIV bilan hamkorlikda aniqlab ularga chora ko‘rmasa hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlikni ko‘p ko‘rgan odamlar bunday holatlarga nisbatan befarqlashib, shafqatsizlikni odatiy hol sifatida qabul qilib qolishlari mumkin.

Biz tegishli tashkilotlardan ushbu shaxsning harakatlariga huquqiy baho berishlarini so'raymiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQShning Kaliforniya shtatidagi federal qamoqxona mahbuslariga boshpanasiz mushuklarini "asrab olish"ga ruxsat berishga qaror qilishdi. Mahbuslar mushuklarga qanday qilib yaxshiroq g'amxo'rlik qilish bo'yicha maslahatlasha boshlashdi. Ularga zarur oziq-ovqat, buyumlar olish uchun yanada ko‘proq ishlay boshlashdi.


Mushtlashuvlar endi faqatgina kimdir "sening mushuging mening mushugimdan ko‘ra yomonroq" desagina sodir bo‘lar edi.

Har bir muddatini tugatgan mahbus ozodlikka chiqqach, mushukgini o‘zi bilan olib keta boshladi. Xattoki qamoqxonaga 5 marotaba jinoyat qilib tushgan maxbus, mushugini qoldirishga hech kim bo‘lmaganligi sababli, bu yerga boshqa qaytib kelmslikka ont ichdi.

P/S. Ko‘plab davlatlarda boshpanasiz it va mushuklarni qamoqxona yoki qariyalar uyiga biriktirilishi, u yerda istiqomat qiladigan shaxslarni hayotga qaytarishi allaqachon isbotlangan. Mazkur tajriba O‘zbekistonda ham qo‘llansa foydadan holi bo‘lmas edi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Ilgari oshqozon va ko'krak og'rig'ini davolash uchun ishlatilgan o'simlik. Endi tez-tez og'iz chayish vositasi sifatida qo‘llaniladi:
Anonymous Quiz
7%
kalendula
33%
zubturum
37%
moychechak
22%
yalpiz