Edu.uz
152K subscribers
16.3K photos
3.32K videos
220 files
10.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#seminar
#ARM

Oliy ta’lim muassasalarida ARM faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan
seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 15-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Oliy ta’limda axborot-resurs markazlarining o‘rni: tajriba, muammolar, istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar o‘quv adabiyotlari ko‘rgazmasi va innovatsion kutubxona taqdimotlari bilan boshlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6292

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#professional_ta’lim
#seminar

Joriy yilning 6-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan professional ta’lim muassasalarida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparati mas’ul xodimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida professional ta’lim muassasalarini boshqarish, pedagog kadrlar salohiyati, ulardagi o‘quv va ta’lim-tarbiya jarayonlari holati hamda moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#seminar

Professional ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida o‘quv-
seminar o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasining 647-son qaroriga muvofiq, professional ta’lim muassasalariga yil davomida o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorning mazmun-mohiyatini professional ta’lim muassasalari mas’ullari va ish beruvchilarga yetkazish maqsadida joriy yilning 10-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Professional ta’limni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda respublika professional ta’lim muassasalarining 700 nafarga yaqin direktori uchun seminar tashkil qilindi.

O‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga professional ta’lim muassasalari va ish beruvchilar bilan ishlarni to‘g‘ri hamda samarali tashkil qilish masalalari bo‘yicha ma’lumot berilib, ekspert-mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#seminar

Erasmus+ dasturi INMACOM loyihasi hamkorlarining seminari boʻlib oʻtmoqda


INMACOM -telekommunikatsiya mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun fotonika va optik aloqa boʻyicha innovatsion magistratura dasturi (ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2(101083224)” loyihasi rejasiga muvofiq 2024-yilning 8–12-yanvar kunlari Oʻzbekiston Milliy universitetida “Oʻzbekiston oʻqituvchilari uchun trening“ oʻquv seminari oʻtkazilmoqda.

Treningda INMACOM konsorsiumi vakillari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, TATU Urganch filiali mas’ullari ishtirok etmoqda.

Tadbir dasturiga muvofiq loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har bir universitet vakillari hisoboti tinglanib, keyingi yillarda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinishi belgilangan.

Loyiha hamkorlarining oʻquv-seminari 12-yanvarga qadar davom etadi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM