Edu.uz
152K subscribers
16.3K photos
3.32K videos
220 files
10.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#talabaga_yengillik

⚡️1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
#seminar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jahon Banki “O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Research Commercialization Program (RCP)” tanlov grant dasturini eʼlon qilishga qaratilgan tadbir o‘z ishini boshladi.

Tadbir doirasida oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar, xususiy sektor vakillari, shuningdek, tadqiqotchi hamda yosh startapchilar uchun amaliy seminar o‘tkaziladi.

Dastur davomida Jahon Banki xalqaro maslahatchilari RCP dasturi, arizalarni topshirish, ularni ko‘rib chiqish tartibi hamda grant shartlari va talablari haqida maʼruza qiladilar.

To‘g‘ridan to‘g‘ri efir: https://youtube.com/live/pMr3M6JGXxM?feature=share

___

Начало свою работу мероприятие, направленное на объявление конкурсной грантовой программы «Research Commercialization Program (RCP)» в целях поддержки инновационных проектов в рамках проекта Всемирного банка «Модернизация национальной инновационной системы Узбекистана» (MUNIS) при Министерстве высшего образования, науки и инноваций.

В рамках мероприятия пройдет практический семинар для высших образовательных учреждений и научных организаций, представителей частного сектора, а также исследователей и молодых предпринимателей.

В ходе программы международные консультанты Всемирного банка проведут презентацию о программе RCP, где расскажут, как подавать заявки, рассматривать их, а также условиях предоставления гранта.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Olimlar_minbari
#27.11.–03.12.2023

📰Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Muhandislik ta’limida ilg‘or tajriba sanoatni raqamli o‘zgartirish dasturi” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

«Зачем студенту и высшему учебному заведению дуальное образование» — Даврон ВАХОБОВ, председатель Торгово-промышленной палаты, ректор Ташкентского института текстильной и легкой промышленности;

“Ta’lim va muallim qadri – yangi Uyg‘onish davrining uzviy halqasi va tayanch ustuni” — Maqsudjon YULDOSHEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

«Парадигма развития нового Узбекистана основывается на принципе «человек - общество - государство» — Гулноза ИСМАИЛОВА, проректор Университета мировой экономики и дипломатии;

“Transformatsiyalashuv va innovatsion yondashuv xalqaro e’tirof va muvaffaqiyatga yo‘l ochmoqda” — Mansur ESHOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

“Tafakkurni yoritguvchi mash’al” — E’zoza KARIMOVA, “Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori, dotsent;

Qishloq xo‘jaligi rivoji farovon hayotimizga daxldor masala” — Abdimo‘min ALIQULOV, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti fakultet dekani, professor;

“Ayollarning tarbiyati foydali...” — Ra’no SAYFULLAYEVA, O‘zbekiston milliy universiteti professori;

«Главные векторы развития нового Узбекистана: интеграция и стабильность» — Мавлюда АХМЕДШАЕВА и Игорь КУДРЯВЦЕВ, профессора Ташкентского государственного юридического университета;

“Adib ijodining hayotiy pafosi” — Bahodir KARIMOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori;

«Сотрудничество набирает обороты» — Мавлуда АБДУЛЛАЕВА, профессор Университета общественной безопасности;

«Маргилан – город авторских шедевров» — Шоира ДЖУМАЕВА, заведующая кафедрой истории Узбекистана Чирчикского государственного педагогического университета, кандидат исторических наук;

«Право на социальную защиту граждан обеспечено основным законом» — Рашид МАТЕНОВ, доцент Ташкентского государственного юридического университета;

“So‘z erkinligi, huquq va mas’uliyat” — Durdona RASULMUHAMEDOVA, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti;

«Бесплатная юридическая помощь обеспечена основным законом» — Сохиба ИНОЯТОВА, доцент кафедры Ташкентского государственного юридического университета;

“O‘zaro ishonch, birdamlik va hamkorlik ruhi ogohlik tinch hayotimiz, farovonligimiz uchun mustahkam asosdir” — Shavkat TO‘RAYEV, Buxoro davlat universiteti dotsenti;

“Uch moddada mujassam kelajak” — Rahmon QO‘CHQOR, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti;

“Hayotiy qudrat ruhi ortga qaytmas islohotlarning mustahkam poydevori” — Sardorbek YUSUPOV, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti;

«Торговая дипломатия – важный инструмент в реализации внешней экономической политики нового Узбекистана» — Иброхим МАВЛАНОВ, руководитель Центра экономической дипломатии Института перспективных международных исследований УМЭД, профессор.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#ScienceDirect_anjuman

Ertaga, 6-dekabr kuni soat 10:00 da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Science Direct” xalqaro ma’lumotlar bazasi milliy obunasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Unda ekspertlar tomonidan olimning raqamli profili va undan samarali foydalanish imkoniyati boʻyicha amaliy koʻrsatmalar beriladi.

Shuningdek, tadbir doirasida respublikamizning 130 dan ortiq oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot tashkilotlari uchun xalqaro maʼlumotlar bazasi obunasiga start berish hamda respublikamizning “Scopus” maʼlumotlar bazasida nashr etish boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan tashkilot hamda olimlarni taqdirlash marosimi – “Scopus Awards- 2023” oʻtkaziladi.

Anjumanda qator vazirlik va idoralar vakillari, “Elsevier” kompaniyasining mintaqaviy rahbarlari, oliy ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar mas’ullari, shuningdek, 200 ga yaqin ta’lim sohasi mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etadi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#yengillik #chegirma

⚡️Talaba-o‘quvchilar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi


“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlari va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.
_______

Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся

В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 23 декабря 2023 года по 7 января 2024 года.

Приобрести авиабилет с 50% скидкой можно уже сейчас у агентов авиакомпании и в филиале Uzbekistan Airways Sales, который теперь расположен по адресу: город Ташкент, Яккасарайский район, улица Шота Руставели, дом 9.

Подробная информация на сайте www.uzairways.com.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#ProfTaʼlim
#Xalqaro_hamkorlik

Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash borasidagi yangi qadamlar muhokama qilindi


5-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6252

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Korrupsiyasiz_soha

EʼLON!

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi.

Tadbir joriy yilning 7-dekabr sanasida soat 10:00da vazirlikning maʼmuriy binosida boʻlib o‘tadi.

Tadbir davomida vazirlik faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xavflarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

🗺 Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet koʻchasi 7-uy. Moʻljal: “Beruniy” metro bekati.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR

⚡️Ilk bora O‘zbekistonning 3 ta universiteti “QS World University Rankings: Sustainability 2024” reytingining eng kuchli universitetlari qatoridan joy oldi


5-dekabr kuni London shahrida “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan 2024-yilda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasida dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi “QS World University Rankings: Sustainability 2024” ning yangi ro‘yxati e’lon qilindi.

Mazkur reytingda O‘zbekistonning uchta universiteti – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (701-710), Toshkent davlat texnika universiteti (1101-1150) va O‘zbekiston milliy universiteti (1201+) ushbu yo‘nalishda ilk bor eng kuchli universitetlar qatorida qayd etildi.

Ayrim indikatorlar kesimida ular Top-500 OTM ro‘yxatiga kirdi. Jumladan, “TIQXMMI” MTU “Atrof-muhit muhofazasi sohasida ta’lim” indikatori bo‘yicha 110-o‘rin, TDTU 324-o‘rin, O‘zMU esa, “Boshqaruv modeli” indikatori bo‘yicha 289-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun: joriy yilda QS tomonidan “QS Sustainability Rankings – 2024” reytingida 95 ta davlatdan 1 397 ta oliy ta’lim tashkilotlari faoliyati 3 ta kategoriya (“Social Impact” (45%), “Environmental Impact” (45%), “Governance” (10%) bo‘yicha baholandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6254

👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#ScienceDirect_anjuman

Ayni vaqtda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Science Direct” xalqaro ma’lumotlar bazasi milliy obunasiga bag‘ishlangan tadbir boshlandi.

Tadbir doirasida respublikamizning 130 dan ortiq oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot tashkilotlari uchun xalqaro maʼlumotlar bazasi obunasiga start beriladi hamda respublikamizning “Scopus” maʼlumotlar bazasida nashr etish boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan tashkilot hamda olimlarni taqdirlash marosimi – “Scopus Awards- 2023” oʻtkaziladi.

Anjumanni to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib boring👇
____

В Министерстве высшего образования, науки и инноваций совместно с компанией «Elsevier» начало свою работу мероприятие, посвященное национальной подписке на международную базу данных «Science Direct».

В рамках мероприятия будет запущена подписка на международную базу данных более чем 130 высших образовательных и научно-исследовательских организаций нашей республики, а также состоится «Scopus Awards – 2023» - церемония награждения организаций и ученых, показавших наивысшие результаты публикации в базе данных «Scopus».

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sertifikat

⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: Hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.


Национальные сертификационные экзамены пройдут в первой половине 2024 года

В первом полугодии 2024 года будут организованы национальные сертификационные экзамены по родному языку (узбекский, русский, каракалпакский) и литературе, физике, математике, химии, биологии, истории и географии.

Регистрация кандидатов для участия в тестировании осуществляется онлайн через сайт
my.uzbmb.uz (раздел «Национальный сертификат»).

При регистрации заявители могут выбрать удобный для них регион и принять участие в тестировании в этом регионе.

Тематика тестов, периоды регистрации и даты проведения тестов указаны на постере.

Примечание. Даты тестирования могут быть изменены в зависимости от поручений правительства и количества заявителей.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Xalqaro_anjuman

“Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning oʻrni” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi

Joriy yil 5–6-dekabr kunlari oʻtkazilgan anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad Turkiy xalqlarning ming yilliklar avval shakllangan tarixini yanada chuqurroq oʻrganish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, geografik oʻtmishini talqin qilish, milliy-madaniy oʻzligiga tayanib, mushtarak tarixini, birlik va qardoshlik gʻoyasiga xizmat qiladigan manbalarni yaratish hamda kelajak avlod uchun yetkazib berishdan iborat.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6255

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube