Edu.uz
155K subscribers
16.9K photos
3.47K videos
230 files
11K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik
#xorijiy_tillar

Pedagogik ta’limda innovatsion klaster


Chirchiq davlat pedagogika universitetida talabalar xorijiy tillarni puxta o‘rganishiga yordam beruvchi “Movie and drama room” va “Reading and Speaking room” markazlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📹Batafsil reportajda
___

Инновационный кластер в педагогическом образовании

В Чирчикском государственном педагогическом университете состоялась церемония открытия центров «Movie and drama room» и «Reading and Speaking room», которые помогут студентам в изучении иностранных языков.

📹Подробности в репортаже


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#STEM
#xotin_qizlar

Ta'lim oling, o‘z ustingizda ishlang va rivojlaning. Bu ko‘nikmalarni sizdan hech kim olib qo‘ya olmaydi
— Vazir o‘rinbosari


Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan STEM ta’limi va xotin-qizlar uchun kasblarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi laboratoriyasi tomonidan gender tengligi loyihasi doirasida tayyorlangan tadqiqot natijalari taqdim etildi. Qayd etilganidek, ushbu tadqiqotlar Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilib, unda xotin-qizlarning STEM yo‘nalishida ta’lim va kasb-hunar tanlashiga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosiy maqsad qilingan.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6237

👉На русском
👉In English

Batafsil: Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

Oliy ta’limda dual ta’lim rivojlanmoqda


Ikki kun davomida ellikka yaqin xorijiy oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tadqiqot markazlari va sohaning nufuzli korxonalari vakillari to‘qimachilik sohasida dual ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman mehmoni boʻlishdi.

Bundan tashqari, jarayonni 1 000 dan ortiq mutaxassis onlayn ravishda kuzatib bordi. Kelgan mehmonlar bilan 20 ga yaqin hamkorlik memorandumlari imzolanib, doʻstlik rishtalari bogʻlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6238

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Professional_ta’lim
#xalqaro_hamkorlik

Rossiya bilan o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilinadi


2023-yilning 25–28-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ta‘lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tashkil qilingan professional taʼlim muassasalari o‘rtasida kadrlarni ommaviy tayyorlash yo‘nalishlarida kasbiy mahorat bo‘yicha birinchi marta “Professionallar” chempionati o‘tkazildi.

Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta'limni rivojlantirish markazi vakillari hamda Shayxontohur tumani, Namangan tumani 1-son, Pop tumani 3-son, Nukus shahar 2-son hamda Vobkent tumani 2-son kasb-hunar maktablari direktorlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston hamda Rossiya vakillari o‘rtasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

👉На русском
👉In English

Batafsil: Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Buyuk Britaniya bilan oliygohlarda boshqaruv modelini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish borasida hamkorlik qilinadi

Joriy yil 27–30-noyabr kunlari London shahrida Oʻzbekiston-Britaniya savdo-sanoat kengashining 27-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir doirasida ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim sohasidagi aloqalarga bagʻishlangan alohida sessiya tashkil qilinib, unda O‘zbekistondan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi qator oliy ta’lim muassasalari mutasaddilaridan iborat delegatsiya, Britaniya tomonidan universitetlar vakillari, taʼlim kompaniyalari, konsalting firmalari va boshqa tashkilotlar qatnashdilar.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6240

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube