Edu.uz
158K subscribers
17.9K photos
3.81K videos
230 files
11.4K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_2021

🔴 Buxoro davlat universitetining
magistratura bosqichida tahsil olish uchun ariza topshirib, ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o'tkazilmoqda.

✔️ Ma’lumot o‘rnida, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan imtihon jarayonlarini yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jarayonlar imtihon.edu.uz platformasi orqali uzatib borilmoqda.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_2021

MAGISTRATURAGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA

🔰2021/2022 o‘quv yili uchun Andijon davlat universiteti va Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida mavjud 23 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2032 nafar abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi.

🔹Magistraturada o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun mutaxassislik (ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihonlari belgilangan grafik asosida 13-17 avgust kunlari 2 smenada ertalab soat 8:00 hamda kechki soat 16:00da o‘tkazilishi belgilandi.

🔹Imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, imtihon jarayonlari uzluksiz imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli namoyish etib borilmoqda.

🎥 Batafsil videolavhada 👆
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_2021

NamDUda magistraturaga kirish imtihonlari davom etmoqda

🔰2021/2022-o‘quv yili uchun Namangan davlat universitetida mavjud 31 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2863 nafar abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi.

🔹Magistraturada o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun mutaxassislik (ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihonlari belgilangan grafik asosida 13—18-avgust kunlari 4 smenada soat:

🕰 1-smena 8:00 da; 2-smena 11:00 da;
🕰 3-smena 14:00 da; 4-smena 17:00 da o‘tkazilmoqda.

📹 Imtihon jarayonlarini toʻgʻridan toʻgʻri onlayn rejimda adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida imtihon jarayonlari uzluksiz imtihon.edu.uz/Namangan/54 platformasi orqali uzatib borilmoqda.

NamDU Matbuot xizmati
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2021

Magistraturaga kirish imtihonlarining yettinchi kuni boshlandi

🔰Bugun, 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklariga mutaxassislik (ixtisoslik) fanidan 13 ta davlat oliy taʼlim muassasasida kirish imtihoni oʻtkazilmoqda:

🔸Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

🔹Namangan muhandislik-qurilish instituti;

🔸Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

🔹Fargʻona politexnika instituti;

🔸Samarqand veterinariya meditsinasi instituti;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi;

🔸Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

🔹Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali;

🔸TDTU Termiz filiali;

🔹TDIU Samarqand filiali;

🔸TDAU Samarqand va Termiz filiallari;

🔹TIQXMMI Qarshi filiali.

✔️OAV xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlarni ushbu jarayonlarning shaffof va adolatli tarzda oʻtkazilishini taʼminlash, jamaot nazoratini oʻrnatish maqsadida kirish sinovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif etiladi.
———
➡️ @eduuz
#Magistratura_2021

Vazir Surxondaryo viloyatidagi OTMda o‘tkazilayotgan imtihon jaryonlari bilan tanishmoqda

🔰 Ma’lumot o‘rnida, viloyatdagi 5 ta OTMda 2021/2022-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi ixtisoslik fanidan o‘tkazilmoqda.

🔸Bugun vazir Abduqodir Toshqulov xizmat safari davomida Termiz davlat universitetidagi imtihon jarayonlarini kuzatdi.
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2021

Imtihonlar jamoatchilik nazorati ostida shaffof tarzda bo‘lib o‘tmoqda

🔰Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
magistratura bosqichida tahsil olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun mutaxassislik fanlardan imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta'minlash maqsadida universitet rahbariyati va Qabul komissiyasi tomonidan barcha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

🔸Shuning bilan birga, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar imtihon jarayonlarini bevosita kuzatishga taklif etildi. Birinchilardan bo‘lib ushbu taklifni qabul qilgan O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib bordi. Tashrif davomida imtihonlarni tashkil etish borasida o‘z taklif va tavsiyalari haqida TDIU axborot xizmatiga intervyu berdi.

🔹O‘tkazilgan imtihon natijalari abituriyentga shu zahoti ma'lum qilinib, to‘plagan ballari e'lon qilinib borilmoqda. Natijalardan norozi yoki abituriyent tomonidan noto‘g‘ri tuzilgan deb topilgan savollar bo‘yicha apellyatsiya tartibida shikoyat arizalari ham shu yerning o‘zida TDIU qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmoqda. Murojaatlar abituriyent va mutaxassislar ishtirokida bir kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

🎥 Jarayonlar uzluksiz tarzda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining imtihon.edu.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilib borilmoqda.
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_2021

TDTUda magistraturaga kirish imtihonlari o‘z yakuniga yetdi

🔰2021/2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat transport universitetida mavjud 38 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1389 nafar abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi.

🔹Magistraturada o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari belgilangan grafik asosida 14—17-avgust kunlari 4 smenada o'tkazildi.

🔹O'tgan 4 kun ichida jami 1033 nafar abituriyent ishtirok etib, natijalar rasmiy sayti orqali berib borildi.

🔹 14—17-avgust kunlari magistratura test sinovlariga COVID-19 sababli kelmagan abituriyentlar 18-avgust 19:00ga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan koronavirus infeksiyasiga PZR tahlili musbatlik xulosasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmalar (tibbiyot muassasalari) tibbiy ma’lumotnomasini ilova qilgan holda qabul_transport@mail.ru manziliga elektron ariza bilan murojaat qilishlari lozim!
——————
👉 @eduuz
#Magistratura_2021

TIQXMMI Qarshi filialida magistratura mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilgan imtihonlar yakunlandi

2021/2022-o‘quv yili uchun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida mavjud 6 ta magistratura mutaxassisliklariga 169 nafar abituriyent hujjat topshirgan edi. Shulardan imtihonga 137 nafar talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, 32 nafari sababsiz qatnashmadi.

Jarayonlar uzluksiz tarzda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining imtihon.edu.uz/Qashqadaryo/50 sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilib, kirish sinovi natijalari tiiamekb.uz sayti orqali e'lon qilib borildi.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2021

⚡️Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar chet tili imtihonida qatnashishi mumkin

🔰 2021/2022-oʻquv yili qabulida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha oʻqishga kirish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtgan va birinchi bosqichda oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilgan mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarida qatnashganlarga (toʻplagan balidan qatʼiy nazar) ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tilidan test sinovlarida ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2021

Bugun obunachilarimizdan kelgan eng ko'p savol

Bugun magistratura javoblari chiqishi haqida xabar qo'yildi. Natijalarni qaysi saytdan bilsak bo'ladi?

JAVOB:
Magistratura mutaxassisliklari bo'yicha natijalarni https://mandat.dtm.uz/ saytida ID raqamingizni kiritish orqali bilishingiz mumkin.
_________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube