Edu.uz
164K subscribers
18.8K photos
4.02K videos
232 files
11.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik

Qashqadaryoda DXSH asosida yotoqxonalar qurilmoqda

🏛 Viloyatda 6 OTM mavjud bo'lib, kunduzgi ta'limda 30 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Ulardagi 17 ta talabalar turar joyida 3 mingdan ziyod talaba yashaydi. Mavjud ehtiyojni qondirish maqsadida davlat xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar barpo etilmoqda.

📹 Batafsil videolavhada

👉
@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_yengillik

⚡️Toshkent moliya institutida yana bir oʻquv laboratoriyasi ochildi

Kuni kecha “Turonbank” ATB bilan hamkorlikda “Bank ishi” fakulteti negizida yangi innovatsion oʻquv-amaliy laboratoriyasining ochilish marosimi boʻlib, talabalar uchun foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, bank tomonidan 2022/2023-oʻquv yilida Toshkent moliya institutiga eng yuqori ball bilan oʻqishga kirgan 20 nafar talabaga bankning alohida stipendiyasi joriy qilindi.

Bundan tashqari 7 nafar iqtidorli talabani oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt summalari toʻlab berilishi ham belgilandi.

👉@eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik

✔️ 2022/2023-o‘quv yilida istisno tariqasida 1-bosqich talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladigan bo‘ldi

Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

📹 Batafsil videosharhda
➡️ Matn shaklda o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik

Jizzax politexnika institutida yangi o‘quv bino foydalanishga topshirildi. Zamonaviy jihozlangan binoda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun zarur sharoit yaratilgan.

👆Batafsil videoda tomosha qiling⬆️

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM‼️

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

🔰 Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

↪️Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#talabaga_yengillik

⚡️Endi talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin


📌 Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

❗️Buning uchun:

📲 Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

💳 plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

📑 “OTM shartnoma” to‘lovi xizmatini tanlang;

🪪 va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

✔️ kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

➡️ Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

👉Android uchun yuklab oling

👉iOS uchun yuklab oling

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
#talabaga_yengillik
#raqamlashtirish

⚡️150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona elektron kutubxona yaratildi

🔰 Endi unilibrary.uz platformasi orqali talabalar respublikamizning barcha davlat oliy taʼlim muassasalari kutubxonalaridagi o‘quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.

📌 Platformada:

o‘quv adabiyotlar;
ilmiy maqolalar;
monografiyalar;
dissertatsiyalar;
avtoreferatlar

va boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan.

➡️ Shuningdek, hozirda oliy ta'lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talabaga_yengillik

TALABALARGA 50% CHEGIRMA

Respublika oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi temiryo‘l qatnovlari uchun 50% chegirma e'lon qilindi.

Chegirmalar 22.12.2022-yildan 10.01.2023-yilgacha amal qiladi.

Chiptalarni sotib olish uchun pasport bilan temir yo‘l kassalaridan yoki chipta.railway.uz sayti orqali xarid qilishishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotni Aloqa markazining 1005 raqami orqali bilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#talabaga_yengillik

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

➡️Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.
✍️✍️✍️

⚡️Срок оплаты контрактов на обучение в вузах продлён до 20 января 2023 года

На основании соответствующего решения Государственной комиссии срок оплаты контрактов в высших образовательных учреждениях для абитуриентов, рекомендованных к обучению на платно-контрактной основе по программам бакалавриата высших учебных заведений, специальностей магистратуры на 2022/2023 учебный год, а также для студентов по дифференцированным ставкам, переводящихся (восстанавливающих) и возобновляющих обучение, продлён до 20 января 2023 года.

➡️Также согласно решению будет учтена оплата, осуществленная после 10 декабря 2022 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_yengillik

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.

↪️Shuningdek, qaror bilan 2023-yil 20-yanvardan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.

〰️〰️〰️

⚡️Срок оплаты контрактов продлен до 15 марта

🔰На основании соответствующего решения Государственной комиссии последним днём оплаты контрактов в высших образовательных учреждениях для абитуриентов, рекомендованных к обучению на платно-контрактной основе по программам бакалавриата и магистратуры на 2022/2023 учебный год, в том числе по дифференцированным ставкам, переводящихся (восстанавливающих) и возобновляющих обучение в профессиональные образовательные учреждения (колледж, техникум), а также оформления приёма в студенты установлен до 15 марта 2023 года.

↪️Также согласно решению будет учтена оплата, осуществленная после 20 января 2023 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM