Edu.uz
155K subscribers
16.9K photos
3.47K videos
230 files
11K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Super_kontrakt

⚡️⚡️⚡️Abituriyentlar diqqatiga !!!

🔥2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.

💥Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.

👉 Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
__________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Super_kontrakt

ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA ❗️

⚡️Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

🔘 Xabar berganimizdek, 1-oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.

🔥 Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu tizim:

ortiqcha ovoragarchilik va suiiste'molchiliklarning oldini olish;

jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

‼️Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.
____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Super_kontrakt|#ariza|#shartnoma

⚡️Abituriyentlarga yana bir yengillik!

🔰 Xabaringiz bor, tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar tomonidan onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish uchun t-kontrakt.edu.uz platformasi ishga tushirilgan edi.

📹 Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini elektron shaklda amalga oshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma tayyorlandi.

🖥 Yo‘riqnoma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.👆
_____
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://t.me/eduuz 👈
#Super_kontrakt|#ariza|#shartnoma

⚡️ Xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan talabgorlar DIQQATIGA!

📹 Endi xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan transfer.dtm.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish hamda shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

🖥 Talabgorlar onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida ushbu 👉 video yo‘riqnoma orqali batafsil bilib olishlari mumkin.
———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
#Super_kontrakt

⚡️Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar DIQQATIGA!!!

‼️Yaqin vaqtlar ichida
super-kontrakt bo‘yicha muhim yangilik e’lon qilinishi kutilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Super_kontrakt

Tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma (super kontrakt) asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari DIQQATIGA!!!

✔️ Super kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.

🔚
To‘lovlarni amalga oshirishning soʻnggi muddati — 2021-yil 20-noyabr.

✔️ Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi.

🔚
10 foizlik chegirma olish maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligini tasdiqlovchi sertifikatni OTMga taqdim etish muddati — 2021-yil 15-noyabr.

👉 Matn shaklida oʻqish

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Super_kontrakt

⚡️ESLATIB O‘TAMIZ‼️

Super-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlganlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Super_kontrakt

2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube