Edu.uz
152K subscribers
16.3K photos
3.32K videos
220 files
10.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
Qo'shma ta'lim dasturlari.pdf
711.9 KB
⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

Xabaringiz bor, kanalimiz orqali 2021/2022-o‘quv yili qabuli uchun 30 ta OTMda hamkor xorijiy OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 264 ta qoʻshma taʼlim dasturiga oid maʼlumotlar taqdim etilgan edi.

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlarining davomi sifatida qo‘shimcha 5 ta xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari yuklanmoqda (faylni oching👆).

Fayl orqali 5 ta OTMda hamkor xorijiy OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 51 ta QOʻSHMA TAʼLIM DASTURIga oid maʼlumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
#Super_kontrakt|#ariza|#shartnoma

⚡️ Xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan talabgorlar DIQQATIGA!

📹 Endi xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan transfer.dtm.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish hamda shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

🖥 Talabgorlar onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida ushbu 👉 video yo‘riqnoma orqali batafsil bilib olishlari mumkin.
———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
Edu.uz pinned a photo
#Супер_контракт|#ариза|#шартнома

⚡️ Хориж ва Ўзбекистондаги хорижий олийгоҳлар, уларнинг филиалларидан ўқишини кўчиришда белгиланган ўтиш балини тўплай олмаган талабгорлар ДИҚҚАТИГА!

📹 Энди хориж ва Ўзбекистондаги хорижий олийгоҳлар, уларнинг филиалларидан transfer.dtm.uz тизими орқали рўйхатдан ўтиб, ўқишини кўчиришда белгиланган ўтиш балини тўплай олмаган, аммо табақалаштирилган тўлов-шартнома асосида ўқиш истагини билдирган талабгорлар учун ҳам t-kontrakt.edu.uz платформаси орқали онлайн ариза бериш ҳамда шартномани онлайн расмийлаштириш имконияти яратилди.

🖥 Талабгорлар онлайн ариза бериш ҳамда шартномани расмийлаштириш жараёнлари ҳақида ушбу 👉 видео йўриқнома орқали батафсил билиб олишлари мумкин.
———
👀👉 Eduuzни кузатишда давом этинг!
#Double_degree

✍️ Rossiya Federatsiyasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoʻshma taʼlim dasturiga qabul davom etmoqda.

🇺🇿 TTYЕSI hamda A.N.Kosygin nomidagi Rossiya davlat universiteti oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq bakalavriat hamda magistratura bo'yicha qoʻshma taʼlim dasturi uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

🗓 Ta’lim shakli kunduzgi bo‘lib, muddati 4 yil.

📌 Kerakli hujjatlar:

📂 oʻrta umumtaʼlim maktabi yoki oʻrta maxsus taʼlimni tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat (attestat, diplom);
📂 pasport nusxasi;
📂 tanlangan ta’lim yo‘nalishi
📂 telefon raqam

❗️Hujjatlar 30-sentabrga qadar PDF shaklida ushbu elektron manzil orqali qabul qilinadi 👉 qabul2021@bk.ru

Batafsil maʼlumot uchun: +998331950011 (telefon, telegram).

———
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://t.me/eduuz 👈
​​#Master_klass

🌐 Xalqaro fakultativ munozara: “Turli xil texnologiyalar taklif etayotgan imkoniyatlardan foydalanib, aqlli muhitni qanday yaratish mumkin?

▶️ Ma’lumki, Toshkent shahridagi Amity universiteti dunyo bo‘ylab eng yetuk mutaxassis-olimlari bilan hamkorlikda yurtimizdagi ilmiy izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilar uchun “Xalqaro professor-o‘qituvchilar muhokamalari forumi” dasturini e’lon qilgan edi.

📅 Mazkur xalqaro forum dasturiga muvofiq 2-turkum uchrashuvi 30-sentabr kuni 14:30 da bo‘lib o‘tadi.

Bu galgi tadbir maʼruzachisi italiyalik mashhur olim Vinchenzo Piuri “Turli xil texnologiyalar taklif etayotgan imkoniyatlardan foydalanib, aqlli muhitni qanday yaratish mumkin?” mavzusi bilan ishtirok etadi.

💡Vinchenzo Piuri – IEEE xodimi va ACMning taniqli olimi hisoblanadi. U axborotni qayta ishlash sohasidagi faoliyati bilan mashhur bo‘lib, mazkur sohadagi sunʼiy intellekt, hisoblash intellekti, signal tasvirni qayta ishlash, biometriya, sanoat ilovalari, o‘lchov tizimlari, arifmetik birliklar va xatolarga bardoshli arxitekturalar borasidagi ishlari alohida o‘rin egallaydi.

➡️ Vinchenzo Piurining bugungi kunga qadar xalqaro jurnallar va konferensiyalarda 400 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan. Hozirda u muhandislik sohasida eng yaxshi italyan olimlaridan biri sifatida qayd etiladi.

Ushbu turkumdagi dasturlar respublika olimlari faoliyatini rag‘batlantirish va ularning dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari bilan muhokamalarini tashkil etish, tajriba almashish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malaka darajasi va sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

💠 Ilmiy-pedagog sohasidagi barcha professor-o‘qituvchilarni va ushbu yo‘nalishga qiziqadiganlarni fakultativ munozaraga chorlab qolamiz.

🅾️ Ishtirok etish bepul.

☑️ Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi 70-uy.
———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
#BuxDU_yangiliklari

⚡️ Hindiston Tashqi ishlar va madaniyat vaziri BuxDU talabalariga maʼruza o‘qidi

📌Batafsil:
https://is.gd/K2gIId

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Илк бора Тошкентда Бутунроссия давлат кинематография институтининг (ВГИК) филиали очилмоқда.

Янги ОТМнинг филиали қаерда жойлашган? Талабалар қандай асосда таълим олади?

🔸 Ушбу минтақавий аҳамиятга эга очилишнинг тафсилотлари “Полина Пулатова билан ИНТЕРВЬЮ” лойиҳамизда.

👉Батафсил: https://bit.ly/2Wa26EA

***

📣 Впервые! В Ташкенте открывается филиал Всероссийского государственного института кинематографии (ВГИК).

Где находится филиал знаменитой киношколы? На какой основе будут учиться студенты?

🔸 А также другие подробности об этом событии регионального масштаба - в нашем проекте "ИНТЕРВЬЮ с Полиной Пулатовой".

👉 Подробнее: https://bit.ly/2Wa26EA

🎥 YouTube 🌏 Telegram 🌐 Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Yoshlar – mamlakat taraqqiyotining tayanchi
———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 27 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 27 дней.

👉🏻Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021-y.) bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

☑️ Nizomga koʻra, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalar oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

🚫 Roʻyxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart.

Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqib, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.

📂 Bunda ariza beruvchi tegishli ma’lumot yoki hujjatlarni oʻzi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻlimi dekan oʻrinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga topshiradi.

🔎 Mas’ullar 1 hafta davomida ariza beruvchi ma’lumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini oʻrganadi.

➡️ Soʻng ma’lumotlarni umumlashtirib, koʻrib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida talabgorlarni tanlab olish komissiyasiga taqdim etadi.

📌 Komissiya bir ish kunida talabgorlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻrganib chiqib, qaror qabul qiladi.

🧾 Shunga koʻra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyrugʻi rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi tegishli ma’lumotlar va ularning roʻyxati toʻlovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.

💰 Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara toʻlovining bir qismi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.

🔰 Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish:

oʻquv yili davomida (har yili 1-sentabrdan 1-iyulgacha) yoki oʻqitish dasturi boʻyicha oʻquv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasigacha arizalar mas’ullarga taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.

Ushbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.

———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
#Qonunchilik_yangiliklari

Ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

🎓 Nizomga koʻra, oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

📝 Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

🗓 Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

🌐 Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

➡️ Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❗️Mazkur tartib 2022-yil 1-maydan kuchga kiradi.
———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
​​#Ijara_to'lovi|#Ariza

‼️Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun ariza berish

🗂 Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun ariza beruvchi mustaqil ravishda quyidagi holatlardan kamida birini tasdiqlovchi ma’lumot yoki hujjatlarni ilova qilgan holda anketa-arizani (👇namuna) ikki nusxada to‘ldirib, o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki oliy ta’lim muassasasining talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshiradi:

kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bo‘lganligi (kam ta’minlangan oila deb topish tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar (ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar) farzandlari bo‘lganlar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;

vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalar;

“Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi bo‘lganlar;

onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oila farzandi bo‘lganlar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning farzandi bo‘lganlar;

aila a’zolari “Mehnat-migratsiya” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;

ota-onasi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganligi (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbayiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan);

oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandi bo‘lganlar;

davlat oliy ta’lim muassasasida o‘rnak ko‘rsatganligi va faol bo‘lganligi (xalqaro, respublika, hudud va ta’lim muassasasi miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari, fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, ma’naviy­ma’rifiy va sport tadbirlarida faol qatnashganligi, jamoatchilik asosida targ‘ibot guruhlaridagi volontyorlik faoliyati).

Namunaviy shakldagi ANKETA-ARIZA 👇

———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
https://www.gazzettadiroma.it/la-cooperazione-internazionale-delluzbekistan-nel-campo-dellistruzione-superiore/

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ma'sus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning "Oliy ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik" mavzusidagi tahliliy maqolasi Italiyaning bir qator (xususan, Rim, Milan va Neapol') gazetalarida italyan tilida nashr etildi.

Maqolada O‘zbekistonning so‘nggi yillarda oliy ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik aloqalari, xususan, rivojlanish tendensiyalari va undagi islohotlarning dinamik o‘sish jarayonlari haqida so‘z yuritiladi.
⭕️#Xushxabar

🥊🇺🇿 🥇 QarDU talabasi harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

🔰 Joriy yilning 18-25 sentabr kunlari Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta (3 ta oltin🥇, 1 ta kumush🥈 va 3 ta bronza🥉) medalni qo‘lga kiritishdi.

💥 Quvonarlisi, Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Mavluda Mavlonova -75 kg vaznda jahon chempionati finalida Belarus vakilasi Viktoriya Kebikovaga qarshi jang qildi va katta ustunlik evaziga g‘alaba qozondi!

💐 Sportchi talabamizni ushbu ulkan yutuq bilan chin dildan qutlaymiz! Jahon sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishiga tilakdoshmiz! G‘alaba muborak bo‘lsin!

📌 Ma’lumot uchun, Mavluda Mavlonova shu yil may oyida BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

👉@qarduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_el_ardog‘ida

Shunday insonlar borki, ularning bosib o‘tgan yo‘li ko‘pchilik uchun ibrat, egallagan ilm hazinasi qomus, tavsiyalari esa yashash uchun qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Ana shunday insonlardan biri Toshkent tibbiyot akademiyasi professori, el ardogʻidagi ustoz Abdugʻaffor Gadoyev haqida.

———
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://t.me/eduuz 👈
#Professional_taʼlim

Sirdaryo viloyati professional taʼlim muassasalari oʻrtasidaWorldskills Uzbekistan” tanloviga tayyorgarlik koʻrish maqsadida “Payvandlash” yoʻnalishi boʻyicha kasb musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga mas’ullar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyat kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan belgilangan reja-jadvalga muvofiq barcha ishchi kasblar boʻyicha shu kabi musobaqalar oʻtkazilishi davom etmoqda.

👉 Batafsil: http://sirdaryoktrmhb.uz/?p=731
__
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://t.me/eduuz 👈