Edu.uz
152K subscribers
16.1K photos
3.22K videos
209 files
10.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#MUNOSABAT

“Tashkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarilmaydi

“Tashkent Indeks”dagi talabalarni ayrim oliy taʼlim muassasalari tomonidan yotoqxonalarga koʻchirilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilinmoqda.

Xabaringiz bor, joriy oʻquv yili boshida “Tashkent Indeks” savdo majmuasida talabalar vaqtincha turishlari uchun sharoit yaratilgan edi. Oʻtgan davr mobaynida aksariyat oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalar turar joylarida qoʻshimcha yotoq oʻrinlari yaratilib, koʻchish istagini bildirgan talabalar ko‘chirib o‘tkazildi. Shu kunlarda esa sovuq havo haroratida majmua yetarli sharoitga ega emasligi bois, ko‘chirish ishlari oliy o‘quv yurtlari talabalar turar joylarida ko‘proq qo‘shimcha boʻsh oʻrinlari yaratilishi, aksariyatida yangi yotoqxonalar barpo etilishi hisobiga yanada jadallashdi.

Bunda “Tashkent Indeks”da qolishni xohlovchi talabalarni majburan chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, birgina Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki qavatli yotoq o‘rni tashkil etish hisobiga qo‘shimcha 139 o‘rinli, Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan Oqtepa pedagogika kolleji talabalar turar joyida yangi 300 o‘rinli joy yaratilgan. Shu kabi boshqa oliy taʼlim muassasalari ham hozirda ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha o‘rinlar hozirlagan. Bundan tashqari, Toshkent davlat stomatologiya institutida 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi yotoqxona qurib, foydalanishga topshirildi.

👉На русском

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

🗞“Xalq so‘zi” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Isajon Sultonning “Buyuk bobolarimiz merosi – tayanch” sarlavhali maqolasi chop etildi.

📎Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishda buyuk bobolarimiz merosiga tayanish zarurligi haqidagi fikrlariga munosabat bildirgan.

Maqolani o‘qish: https://edu.uz/uz/news/view/5159

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladigan yangilanayotgan Konstitutsiya haqida OTM professor-o‘qituvchilarining fikr-mulohazalari

Telegram|Instagram|Facebook | YouTube
#munosabat

📰“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning “Biotexnologiyalar klasteri xalqimizga va ilm-fanga nima beradi?” sarlavhali maqolasi chop etildi.

➡️Unda Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Guliston shahri mamlakatimizning “Innovatsion tibbiyot xabi”ga aylantirilishi haqidagi fikrlariga munosabat bildirilgan.

Maqolani o‘qish: https://edu.uz/uz/news/view/5250

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

​​Vazirlik buyrugʻi Vazirlar Mahkamasi qaroriga zid emas

Kuni kecha “Alimoff” telegram kanalida Data-jurnalist Nodirbek Nortoʻrayevning “Bu post davlat xaridi bilan bogʻliq emas, taʼlim bilan bogʻliq” sarlavhali posti ulashilib, unda muallif vazirlikning 65-son buyrugʻi bilan 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab magistratura va doktorantura tanlovida ishtirok etish uchun talab qilinadigan chet tili sertifikatlarining yangi tasdiqlangan roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 395-son qaroriga zid emasmi, deya savol bilan yuzlangan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu savol yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Materialda hukumat qarori 1.g-bandiga tayangan holda Linguaskill sertifikati bekor qilinmaganiga urgʻu bergan. Bunda muallif masala bilan bog‘liq boshqa huquqiy hujjatlarni o‘rganmay eʼtibordan chetda qoldirgani uning notoʻgʻri talqin qilinishiga sabab boʻlgan.

Yaʼni, qaror 1.g-bandida xorijiy til boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlar imtihondan ozod qilinishi koʻrsatilgan. Ammo Prezidentning 279-son qarori bilan 2022/23-oʻquv yili qabulidan boshlab magistraturaga oʻqishga qabul qilishda qo‘shimcha imtihonlar bekor qilinib, PQ-5117-son qarorga asosan til bilish sertifikati hujjat topshirish uchun mezon sifatida belgilandi.

Xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatlar roʻyxati esa Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi bilan kelishilgan holda vazirlikning 2022-yil 30-iyundagi 220-son buyrugʻi bilan imzolangan.

Maʼlumot oʻrnida, Vazirlar Mahkamasining 312-son qaroriga binoan chet tillari boʻyicha xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash aynan Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligiga yuklatilgan edi.

Maʼlumki, maʼmuriy islohotlarga muvofiq Prezidentning 269-son farmoniga koʻra Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tugatilib, tegishlicha vazifalari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakolatiga oʻtgan.

Shu bois, vazirlikning 2023-yil 23-martdagi 65-son buyrugʻi bilan 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar roʻyxati yangilandi. Oʻz navbatida, bu roʻyxat ekspertlar xulosasi asosida vazirlik buyrugʻi bilan har yili qayta tasdiqlanadi.

Xulosa o‘rnida, magistratura qabuli Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda, vazirlikning 2023-yil 23-martdagi 65-son buyrugʻiga qadar olingan, 2022-yil 30-iyundagi 220-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan roʻyxatda koʻrsatilgan, amal qilish muddati tugamagan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar 2023/2024-oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari tanlovlarida ham inobatga olinishini maʼlum qilamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#munosabat

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning navbatdagi kuni bo‘lib o‘tmoqda. Xo‘sh, ota-onalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida o‘zlari qanday fikrda?

Urganch davlat universiteti Axborot xizmati bunga aniqlik kiritish maqsadida ularga bir necha savollar bilan yuzlandi

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#munosabat

🎤 Ota-onalarning oliy taʼlim va qabul jarayonlari bilan bogʻliq fikrlari suhbat jarayonlarida!

©️UrDPI Axborot xizmati

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Munosabat

Germaniyadan munosabat: O‘zbekiston tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib bormoqda

Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyatining “O‘zbekiston kasb-hunar ta’lim tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari Mattias Klingenberg “Dunyo” AA muxbiri Bahriddin Aslanovga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning ahamiyati va ularning amaldagi ijrosi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

➡️Batafsil

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar
#munosabat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova Xitoyning CGTN (China Global Television Network) xalqaro yangiliklar telekanaliga bergan intervyusida Pekin shahrida boʻlib oʻtgan “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro forumida ilgari surilgan muhim tashabbuslarga oʻz fikrini bildirdi.

Batafsil: https://russian.cgtn.com/news/2023-10-20/1715233372754870274/index.html

———
Шахло Турдикулова, заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, в интервью китайскому международному новостному каналу CGTN (China Global Television Network) выразила свое мнение о важных инициативах, выдвинутых на третьем международном форуме "Один пояс, один путь», проходивший в Пекине.

Подробно: https://russian.cgtn.com/news/2023-10-20/1715233372754870274/index.html

———
Shahlo Turdikulova, Deputy Minister of Higher Education, Science and Innovation of the Republic of Uzbekistan, in an interview with the Chinese international news channel CGTN (China Global Television Network), expressed her opinion on the important initiatives put forward at the third international forum "One Belt, One Road", held in Beijing .


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM