Edu.uz
152K subscribers
16.1K photos
3.21K videos
209 files
10.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soʻrovnomadagi_dolzarb_mavzu
#ilm_fan_yutuqlari

⚡️Namangan muhandislik-texnologiya instituti yosh olimi zamonaviy Smart kiyim ixtiro qildi

✔️ Maʼlumot oʻrnida, ayni kunlarda institut bazasida 30 dan ortiq ilmiy va innovatsion ishlanmalar qilinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#ilm_fan

Samarqand davlat universitetida Yaponiyaning
Tottori universiteti vakolatxonasi ochiladi

Ushbu vakolatxonaning asosiy faoliyati Tottori universitetining Qurg‘oqchil mintaqalarni tadqiq qilish xalqaro markazi (Arid Land Research Center) olimlari tomonidan qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi innovatsion ishlanmalar va bilimlarni O‘zbekistonga transfer qilish, sinovdan o‘tkazish hamda amaliyotga keng joriy qilishga qaratiladi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur xalqaro markaz qurg‘oqchil mintaqalardan ilmiy asoslangan holda samarali foydalanish, xususan sho‘rlangan va suv taqchil hududlarda dehqonchilikni rivojlantirish bo‘yicha dunyo darajasida e’tirof etilgan Yaponiyadagi yetakchi markaz hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR
#ilm_fan_yutuqlari

O‘zbekistonlik yosh olimaning
ilm-fan sohasidagi izlanishi dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi

15—17-fevral kunlari Fiji Respublikasida bo‘lib o‘tgan XII Jahon hind tili xalqaro anjumanida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudiri, falsafa fanlari doktori Nilufar Xo‘jayeva O‘zbekistonda hind tili rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun “Vishwa Hindi Samman” (“Hind dunyosi faxri”) mukofoti bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5150

Научные исследования молодой ученой из Узбекистана получили мировое признание

Заведующая кафедрой Ташкентского государственного университета востоковедения, доктор философских наук
Нилуфар Ходжаева награждена премией “Vishwa Hindi Samman” за большой вклад в развитие хинди в Узбекистане в XII Всемирной конференции хинди, которая прошла в городе Нади, Республика Фиджи 15-17 февраля т.г.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5150

The research of a young Indologist from Uzbekistan in the field of science has been recognized by Indian government

Head of the department of the Tashkent State University of Oriental Studies, PhD. Nilufar Khodjaeva was awarded the Vishva Hindi Samman (Pride of the Indian World) award for her great contribution to the development of the Hindi language in Uzbekistan in the XII World Hindi Conference, held in the Republic of Fiji on February 15-17.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ilm_fan
#innovatsiya

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida respublikamizning barcha hudud va shaharlarida xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” o‘quv dasturiga start berildi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5318


По инициативе Министерства высшего образования, науки и инноваций в рамках проекта Всемирного банка «Модернизация национальной инновационной системы Узбекистана» (MUNIS) группой международных экспертов дан старт обучающей программе «Коммерциализация технологий и реализация стартап проектов» во всех областях и городах нашей республики.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5318

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ilm_fan

Samarqand davlat universitetida Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi laboratoriya ochildi

Tantanali marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov, Nobel mukofoti laureati, professor Aziz Sanjar, viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov, Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov, soha olimlari hamda talabalar ishtirok etdi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5323



В Самаркандском государственном университете открылась лаборатория имени нобелевского лауреата Азиза Санжара

В торжественной церемонии приняли участие министр высшего образования, науки и инноваций, академик Иброхим Абдурахмонов, лауреат Нобелевской премии профессор Азиз Санжар, заместитель хокима области Хуршид Очилов, ректор Самаркандского государственного университета, профессор Рустам Холмуродов, ученые и студенты.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5323

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ilm_fan
#Konferensiya_2023

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitet tomonidan “Barqaror arxitektura – buguni va kelajagining yutuq va muammolari” mavzusida xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Samarqand shahri Registon maydonining Mirzo Ulugʻbek madrasasida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatidan, xususan Yaponiya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjondan yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari tashrif buyurishdi.

Batafsil: 👉https://t.me/otfiv_rasmiy/1036

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ilm_fan
#xalqaro_eʼtirof

Oʻzbekistonlik yosh olim nufuzli xalqaro mukofotga sazovor boʻldi

OʻzR FA Genomika va bioinformatika markazi katta ilmiy xodimi, PhD. Mirzakamol Ayubov Xalqaro paxta tadqiqotchilari assotsiatsiyasi (ICRA – International Cotton Advisory Committee) ning “ICRA-ASIA Young Scientist Innovation Medal-2023” mukofotiga sazovor boʻldi.

Mazkur medal uchun nomzodlar nufuzli hakamlar hayʼati tomonidan Osiyo mintaqasida paxtachilik sohasida faoliyat olib borayotgan yetakchi yosh olimlar orasidan saralanadi. Mukofot paxta tadqiqotlari bilan shugʻullanayotgan yosh olimlarni qadrlash, eʼtirof etish va ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan.

Joriy yilgi mukofotga ikki nafar olim – Oʻzbekistondan Mirzakamol Ayubov hamda Pokistonlik tadqiqotchi, Faysalobod Qishloq xoʻjaligi universiteti dotsenti Tahsin Azhar loyiq deb topildi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Ilm_fan

Namangan muhandislik-qurilish institutida Bionika laboratoriyasi o‘z faoliyatini boshladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifi davomida Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston — yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxona markazida bir guruh yoshlar bilan uchrashuvlarida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Namangan muhandislik-qurilish institutida Bionika laboratoriyasi barpo etildi.

Mazkur labaratoriyaning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, institut rektori Sharifjon Ergashev hamda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bu yerda eng zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olish va amaliyot o‘tash uchun barcha sharoitlar yaratilgan hamda zaruriy jihozlar bilan boyitilgan bo‘lib, ushbu maskan talaba yoshlarning bilimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#ilm_fan
#xalqaro_hamkorlik

Ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Bitim imzolandi

23-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova boshchiligidagi mutasaddilar Guanjou shahri fan va texnika boshqarmasi boshlig‘i Van Guylin rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, universitetlar, ilmiy muassasalar va laboratoriyalar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish maqsadga muvofiqligi belgilab o‘tildi. Shuningdek, tomonlar ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv so‘ngida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilg‘or texnologiyalar markazi va “Guangzhou Youdi Biotechnology Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Bitim imzolandi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_konferensiya
#ilm_fan

Davlat tashkilotlari xodimlari, olim, doktorant, tadqiqotchi, magistr va talaba-yoshlar diqqatiga!

Davlat boshqaruvi akademiyasi 17-noyabr kuni “O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash muammolari: nazariya, amaliyot va strategiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi munosabati bilan maqolalar qabulini e’lon qiladi.

🕒Qabul 10-noyabrga qadar davom etadi

📩Batafsil ma’lumot axborot xatida.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#ilm_fan
#laboratoriya

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida yangi geografik axborot tizimlari laboratoriyasi ochildi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ko‘magida tashkil etilgan mazkur laboratoriya zamonaviy kompyuterlar, server, ma’lumotlar markazi, plotter bilan jihozlangan bo‘lib, endilikda undan muassasa olim va talabalari ilmiy, amaliy, o‘quv va tadqiqot maqsadlarida keng foydalanishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 2010-yilda tashkil etilgan. Ta’lim muassasasining asosiy maqsadi O‘zbekistonning tabiiy boyliklarini o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.

___

В Бухарском институте управления природными ресурсами открылась новая лаборатория геоинформационных систем

Лаборатория, созданная при поддержке Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединенных Наций (FAO), оснащена самыми современными компьютерами, сервером, центром обработки данных и плоттером и может широко использоваться в образовательных и исследовательских целях.

Напомним, Бухарский институт управления природными ресурсами
создан в 2010 году. Основная цель образовательного учреждения – подготовка квалифицированных кадров в области изучения природных ресурсов Узбекистана и их рационального использования.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM