Edu.uz
148K subscribers
15.6K photos
3.09K videos
209 files
10.4K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#xalqaro_anjuman

Urganch davlat universitetida “XXI asr algoritmi” mavzusida xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi


Buyuk matematik olim Al-Xorazmiyning 1240 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu anjumanda dunyoning 30 nafarga yaqin matematika sohasining yetakchi mutaxassislari, xususan, Amerika Qoʼshma Shtatlarining 6 nafar yirik olimi, shuningdek, doktorantlar, talabalar qatnashmoqda.

Anjumanni o’tkazishdan asosiy maqsad sunʼiy intellekt borasidagi so’nggi yangiliklarni yoshlarga yetkazish va sohaning yetakchi mutaxassislarini tayyorlash, raqamlashtirish, IT sohalarini rivojlantirishdan iborat. Tadbirda sohaga oid eng soʼnggi ishlanmalar, oʼzgarishlar, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari yuzasidan ishtirokchilarning maʼruzalari tinglanmoqda.

Konferensiya 9-yanvarga qadar davom etadi.

___

В Ургенчском государственном университете стартовала международная конференция «Алгоритм XXI века»

В конференции, организованной в связи с 1240-летием великого математика Аль-Хорезми, принимают участие около 30 ведущих специалистов мира математики, в частности, 6 учёных Соединённых Штатов Америки, а также докторанты и студенты.

Основная цель проведения конференции – донесение до молодежи последних новостей об искусственном интеллекте и подготовка ведущих специалистов в этой области, развитие цифровизации и IT-сферы. На мероприятии заслушиваются лекции участников о последних событиях в сфере, изменениях, проводимых научных исследованиях и их результатах.

Конференция продлится до 9 января т.г.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#tavsiya
#abituriyent2024

⚡️ 2024-yilning 1-choragida bo‘lib o‘tadigan chet tili fanlaridan diagnostik test sinovlari (mock exam) vaqtlari e’lon qilindi


Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Natijangiz siz ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuboriladi.

📌Bu test sinovi talabgorga quyidagi bilimlarni beradi:
1. Bilimini baholashda yordam beradi
2. Imtihon formati bilan tanishtiradi
3. Vaqtni boshqarishni o‘rgatadi
4. Test topshiruvchining chet tilini bilish darajasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashiga yordam beradi
5. His-hayajonni bartaraf etadi
6. Ishonchni oshiradi
7. Tajribani o‘rgatadi
8. Imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlaydi

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 (95) 507-70-72

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#professional_ta’lim
#seminar

Joriy yilning 6-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan professional ta’lim muassasalarida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparati mas’ul xodimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida professional ta’lim muassasalarini boshqarish, pedagog kadrlar salohiyati, ulardagi o‘quv va ta’lim-tarbiya jarayonlari holati hamda moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OGOHLIK
#bilasizmi

❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga “layk” bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bor

Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!

©️ Manba
___

❗️Предусмотрена ответственность за "лайк" или "репост" в социальных сетях религиозных материалов: видео, аудио, текстовые и иные виды контента.

Остерегайтесь скачивания непроверенных аудио, фото и видео материалов из глобальной сети! ⛔️Не ставьте лайки и не делитесь непроверенным религиозным контентом в социальных сетях!


Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu

“Правда Востока” gazetasining bugungi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov bilan intervyu chop etildi.

2023-yilda respublikamizda ta’lim sohasini har tomonlama takomillashtirish va sifatini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Kirib kelgan 2024-yilda mamlakatimiz taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi – yoshlarga e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari bilan intervyu istiqboldagi rejalar va bu boradagi ishlarning amaliy natijalariga qaratildi.

👉Maqolani o‘qish
👉PDF shaklini yuklab olish
___

В сегодняшнем номере газеты «Правда Востока» опубликовано интервью с первым заместителем министра высшего образования, науки и инноваций Комилжоном Каримовым.

2023-й проходил в республике под эгидой комплексного совершенствования сферы образования, повышения его качества. В наступившем 2024 году внимание будет сконцентрировано на молодежи - движущей силе прогресса нашего государства.

О планах на перспективу и практических результатах работы в этом направлении - интервью с первым заместителем министра высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан Комилжоном Каримовым.


👉Читать статью
👉Скачать PDF-версию газеты

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Bilasizmi

📌Jurnalist o‘zi tarqatayotgan xabarlar haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi


Qonunchilikka ko‘ra, jurnalist o‘zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo‘lishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat va haqorat qilganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.
———

📌Журналист несет ответственность за достоверность распространяемых им материалов

Журналист
несет ответственность за достоверность подготавливаемых и распространяемых им сообщений и материалов в порядке, установленном законодательством.

Кроме того, за клевету и оскорбления через средства массовой информации установлена
административная и уголовная ответственность.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#ovozli_chat

📢 Startap loyihalarining taqdimotida eng ko‘p uchraydigan xatolar


Bir ozdan so‘ng ushbu mavzuga bag‘ishlangan ovozli chat “Parvoz” loyihasining Telegram kanalida boshlanadi.

Unda ekspert — Ilmiy-texnik kengash raisi Usmonjon Rahimjonov mavzuga doir sizni qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ovozli chat barchaga birdek foydali bo‘lishi uchun ushbu kanal havolasini do‘stlaringizga ham yuborib qo‘ying! 👉https://t.me/parvoz_loyihasiii

Vaqti: 6-yanvar (shanba), soat 18:00
———
📢 Частые ошибки, встречающиеся при презентации стартап-проектов

На
Telegram-канале проекта “Parvoz” состоится голосовой чат, посвященный этой теме.

Вы сможете получить ответы на интересующие вас вопросы по теме от эксперта – председателя Научно-технического совета Усмонжона Рахимжонова.

Отправьте ссылку на этот канал своим друзьям и присоединяйтесь к голосовому чату! 👉
https://t.me/parvoz_loyihasiii

Время: 6 января (суббота), 18:00.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Edu.uz pinned a photo
#ilm_fan
#laboratoriya

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida yangi geografik axborot tizimlari laboratoriyasi ochildi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ko‘magida tashkil etilgan mazkur laboratoriya zamonaviy kompyuterlar, server, ma’lumotlar markazi, plotter bilan jihozlangan bo‘lib, endilikda undan muassasa olim va talabalari ilmiy, amaliy, o‘quv va tadqiqot maqsadlarida keng foydalanishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 2010-yilda tashkil etilgan. Ta’lim muassasasining asosiy maqsadi O‘zbekistonning tabiiy boyliklarini o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.

___

В Бухарском институте управления природными ресурсами открылась новая лаборатория геоинформационных систем

Лаборатория, созданная при поддержке Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединенных Наций (FAO), оснащена самыми современными компьютерами, сервером, центром обработки данных и плоттером и может широко использоваться в образовательных и исследовательских целях.

Напомним, Бухарский институт управления природными ресурсами
создан в 2010 году. Основная цель образовательного учреждения – подготовка квалифицированных кадров в области изучения природных ресурсов Узбекистана и их рационального использования.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Toshkent davlat transport universiteti Turkiya oliygohlari bilan qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda

Universitet mas’ullari yangi 2024-yilning ilk xizmat safarini Turkiya davlatidan boshladilar. Joriy yil 3-yanvar kuni universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahodir To‘rayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada Oliy ta’lim kengashi (YÖK) rahbari Erol O‘zvar hamda Istanbul texnika universiteti rektori Ismoil Koyunci bilan uchrashib, 2023-yildagi hamkorlik natijalari va kelgusida aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6335

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_fakt

Inson va gadjetlar munosabati, onlayn muloqotning salbiy jihatlari, virtual qaramlik belgilari


🔹 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 41%i doimiy onlayn rejimda;

🔸 14 yosh oralig‘idagi bolalarning 85%i gadjetlarsiz kun o‘tkazmaydi;

🔹 Inson kuniga 70 marta, ya’ni har 15 daqiqada telefonini tekshiradi;

🔸 Gadjetlarga qaram bo‘lgan odamlarning miyasidagi biokimyoviy o‘zgarishlar giyohvandlik davridagi o‘zgarishlar bilan bir xil.

🎥 Videorolik orqali shu kabi boshqa global ma’lumotlarga ega bo‘ling!
———

Отношения человека и гаджетов, негативные стороны онлайн-общения, признаки виртуальной зависимости

🔹41% детей до 10 лет постоянно находятся онлайн;

🔸85% детей до 14 лет не проводят ни дня без гаджетов;

🔹Человек проверяет свой телефон 70 раз в день, то есть каждые 15 минут;

🔸Биохимические изменения в мозге людей, зависимых от гаджетов, идентичны изменениям при наркозависимости.

🎥 Больше информации в видеоролике!


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
🎓Ta’tildan qaytgan talabalar munosib kutib olindi

Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalariga joriy oʻquv yili uchun berilgan qishki taʼtil 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilangan edi.

Bugun, 7-yanvar kuni qishki taʼtildan soʻng, Andijon davlat universitetining uzoq viloyatlaridan kelib tahsil oladigan talabalarini tyutorlar munosib kutib olib, ularni universitet talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirdilar.

Universitet ma’muriyati tomonidan talabalarni munosib kutib olish hamda o‘quv jarayoni boshlanishi munosabati bilan universitetning barcha talabalar turar joylarida bayram dasturxonlari tashkil etilib, milliy taomimiz palov tortildi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM