Edu.uz
152K subscribers
16.3K photos
3.32K videos
220 files
10.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#inklyuziv_ta’lim
#qulaylik

Nogironligi bo‘lgan yoshlar jamiyatimizning bir bo‘lagi va ular barcha yoshlar kabi davlat muhofazasida


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli kasb-hunar maktabi faoliyatini o‘rganish davomida mas’ullarga muassasaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va o‘quvchilar yotoqxonasida hamda o‘quv binodagi liftlarni yangilash bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosi o‘laroq bugungi kunda ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabiga zarur asbob-uskunalar keltirildi, imkoniyati cheklangan shaxslarning harakatlanishi uchun har taraflama qulay, zamonaviy lift o‘rnatish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

___
В ходе изучения деятельности специализированной профессиональной школы № 1 для лиц с ограниченными возможностями в г. Ташкенте Министерством высшего образования, науки и инноваций были даны поручения ответственным лицам по улучшению материально-технической базы учреждения и замене лифтов в общежитии и в учебном здании на новые.

Для выполнения этих задач в специализированную профессиональную школу было доставлено необходимое оборудование, завершена и введена в эксплуатацию современная лифтовая установка для передвижения лиц с ограниченными возможностями.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ProfTa’lim

Dual ta’lim amalda

Andijon shahar 2-son kasb-hunar maktabining bir guruh oʻquvchilari Oʻzbekiston-Koreya “UZ-Meter Tech Company“ qoʻshma korxonasida ham nazariy, ham amaliy bilimga ega boʻlishmoqda. O‘z o‘rnida, amaliyot davomida qilgan mehnatlari uchun ularga oylik maosh ham to‘lanyapti.
___

Группа учащихся Андижанского городского профессионального училища №2 получает теоретические и практические знания на узбекско-корейском совместном предприятии «UZ-Meter Tech Company». В свою очередь, им выплачивается ежемесячная заработная плата за работу во время стажировки.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbek tili va adabiyot
fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi 👆 rasmda tanishish mumkin.

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

“Barqaror universitetlar innovatsiyasi, ta’siri va kelajak yo‘nalishlari“ mavzusida nufuzli ikkinchi xalqaro lider talabalar uchrashuvi o‘tkazildi


Buxoro davlat universitetida o‘tgan tadbirda Indoneziya, Ekvador, Saudiya Arabistoni, Pokiston hamda respublikamizning nufuzli universitetlardan tashrif buyurgan talabalar bir nuqtada jamlanishdi. Forum davomida o‘z sohasining mutaxassislari bilim va tajribalarini talabalar bilan oʻrtoqlashishdi.

Turli mamlakatlardan kelgan talabalar kichik guruhlarga birikib, strukturalash va infratuzilma, energiya va iqlim o‘zgarishi, suv xo‘jaligi, chiqindilarni boshqarish, transport, ta’lim va tadqiqot kabi mavzularda o‘z g‘oyalari va tajribalarini bildirib, guruh muhokamalari uyushtirishdi.
___

Бухарский государственный университет провел вторую международную студенческую встречу лидеров на тему «Инновации, влияние и будущие направления устойчивых университетов».

На мероприятии, проходившем в Бухарском государственном университете, собрались студенты из Индонезии, Эквадора, Саудовской Аравии, Пакистана и престижных вузов нашей республики.

Специалисты в рамках форума поделились своими знаниями и опытом со студентами. Студенты из разных стран собрались в небольшие группы и организовали групповые дискуссии, чтобы выразить свои идеи и опыт по таким темам, как структурирование и инфраструктура, энергетика и изменение климата, управление водными ресурсами, управление отходами, транспорт, образование и исследования.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Davlat oliy taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan kitoblar ularning byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan nashr etiladi

Ushbu kitoblar roʻyxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan OTMlar kesimida shakllantiriladi.

Bu haqda Prezidentning “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan 2023-yil 28-noyabrdagi PQ–380-son qarorida belgilandi.

Shuningdek, qarorga koʻra jahonda mashhur 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.

Kitoblarni tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda – Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki roʻyxati shakllantiriladi;

2-bosqichda – aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan tanlab olish uchun dastlabki roʻyxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy roʻyxat shakllantiriladi.

Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar roʻyxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

2023–2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari koʻriladi.

Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bogʻliq davlat xaridlari talabgorlar oʻrtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#e’tibor

Xalqaro olimpiada sovrindorlari rag‘batlantirildi

2023-yil 28-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalari vazirligida Sochi shahrida oʻtkazilgan “Moliyaviy xavfsizlik” boʻyicha III xalqaro olimpiadada ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar va ularning murabbiylari Vazirlik tomonidan esdalik sovgʻasi sifatida noutbuk hamda planshet bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur olimpiadada mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining 10 nafar iqtidorli talabasi ishtirok etib, ularning 1 nafari fijital sport musobaqasida gʻolib boʻlgan bo‘lsa, 5 nafari I va II darajali diplomlarni va yana biri “eng faol ishtirokchi” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

___

Поощрены призеры Международной олимпиады

28 ноября 2023 года в Министерстве высшего образования, науки и инноваций поощрены студенты, принявшие участие в III Международной олимпиаде по «Финансовой безопасности», проходившей в Сочи и их тренеры. Им вручены ноутбуки и планшеты от Министерства.

В олимпиаде принимали участие 10 студентов высших образовательных учреждений нашей страны, из них 1 стал победителем соревнований по фиджитал спорту, 5 получили дипломы I и II степени, а еще один одержал победу в номинации "Самый активный участник".

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik
#xorijiy_tillar

Pedagogik ta’limda innovatsion klaster


Chirchiq davlat pedagogika universitetida talabalar xorijiy tillarni puxta o‘rganishiga yordam beruvchi “Movie and drama room” va “Reading and Speaking room” markazlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📹Batafsil reportajda
___

Инновационный кластер в педагогическом образовании

В Чирчикском государственном педагогическом университете состоялась церемония открытия центров «Movie and drama room» и «Reading and Speaking room», которые помогут студентам в изучении иностранных языков.

📹Подробности в репортаже


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#STEM
#xotin_qizlar

Ta'lim oling, o‘z ustingizda ishlang va rivojlaning. Bu ko‘nikmalarni sizdan hech kim olib qo‘ya olmaydi
— Vazir o‘rinbosari


Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan STEM ta’limi va xotin-qizlar uchun kasblarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi laboratoriyasi tomonidan gender tengligi loyihasi doirasida tayyorlangan tadqiqot natijalari taqdim etildi. Qayd etilganidek, ushbu tadqiqotlar Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilib, unda xotin-qizlarning STEM yo‘nalishida ta’lim va kasb-hunar tanlashiga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosiy maqsad qilingan.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6237

👉На русском
👉In English

Batafsil: Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube