Edu.uz
155K subscribers
16.9K photos
3.47K videos
230 files
11K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#yig‘ilish_topshiriq_ijro

23-noyabr kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish boʻlib oʻtdi. Unda respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari, prorektorlari va vazirlik masʼullari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 21-noyabr kuni davlat rahbari raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi va qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan bajarilgan ishlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6225

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova va Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlari «Plug and Play» global innovatsion platformasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda startaplarni moliyalashtirish holati, Innovatsion rivojlanish agentligi va Yoshlar akademiyasi hamda Innovatsiyalar milliy ofisi hamkorligida tashkil etilayotgan tanlovlar, xususan, "Milliy hub" dasturi haqida maʼlumot berildi.

"Plug and Play" platformasi dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq vakolatxonalardan iborat global tarmoqqa ega yirik kompaniya bo’lib, asosiy faoliyati startaplarni rivojlantirish, akseleratsiya dasturlarini joriy qilish va dunyoning yetakchi strategik bozorlarida o‘ziga xos maydon taqdim etish orqali isteʼdodli yoshlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#musobaqa

Sovrin jamg‘armasi 18 mln so‘m bo‘lgan “ROBOFEST- 2023” musobaqasi


Joriy yil 1-dekabr kuni Buxoro shahrida robototexnika musobaqasi o‘tkaziladi. Unda yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish qilish va uchta qiziqarli toifada raqobatlashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Musobaqa toifalari:
1. Estafeta
2. MiniSumo 10x10
3. Roborace

Har bir toifa uchun pul mukofotlari ajratilgan:
1-o‘rin – 3 mln so‘m
2-o‘rin – 2 mln so‘m
3-o‘rin – 1 mln so‘m


Musobaqada O‘zbekistonning barcha hududlaridan 9-20 yoshdagilar qatnashishi mumkin.

👉 Roʻyxatdan oʻtish.

💾 NIZOMNI YUKLAB OLISH

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +99893 473-03-31

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#ChetTili_imtihon

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari va o‘tkaziladigan joylari ma'lum bo‘ldi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25–26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27–30-noyabr va 1-, 4–7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar to‘g‘risida batafsil 👉 bu yerda

☝️Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Boku shahriga tashrif buyurib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi — SPEKA sammitida nutq so‘zladi.
___

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите Специальной программы Организации Объединенных Наций для экономик Центральной Азии – СПЕКА в городе Баку.
___

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the First Summit of the United Nations Special Programme for the Economies of Central Asia

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#BMT_SPEKA

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va uning huzuridagi Innovatsion rivojlanish Agentligi hamda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi vakillari Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida o‘tkazilayotgan “SPECA-2023” haftaligi doirasida “Barqaror rivojlanish uchun mintaqaviy hamkorlik” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Yoshlar akademiyasi a’zolari, Innovatsiyalar milliy ofisining tijoratlashtirish ishlanmalari “Made in Uzbekistan” milliy stendida Tojikiston, Ozarbayjon davlatlari rahbarlariga namoyish etildi.

Mazkur ko‘rgazma davomida SPEKA davlatlari orasida umumiy 548 ming AQSH dollari qiymatidagi tijoratlashtirish loyihalari bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sarhisob

Oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan tumanlarning turistik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida

Turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha 11 ta oliygohga biriktirilgan 30 ta hududda viloyat va tuman hokimliklari bilan “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, jami 34 ta turistik operator bilan hamkorlikda 30 ta tuman va shaharning tarixi, turistik obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar hamda o‘ziga xos xususiyatlari asosida 67 ta turpaket ishlab chiqildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6229

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#OAK_Byulleteni

📰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulletenining 2023-yil 3-soni e’tiboringizga havola etilmoqda

📖Unda OAK Rayosatining tegishli qarorlari bilan fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari va professor ilmiy unvonida tasdiqlanganlar, shuningdek, tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya mavzularining ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

👉 PDF shaklida yuklab olish
___

Представляем вашему вниманию 3-й выпуск Бюллетеня Высшей аттестационной комиссии при Министерстве высшего образования, науки и инноваций за 2023 год.

В нем вы можете ознакомиться с соответствующими решениями Правления ВАК, списком утвержденных к ученой степени доктора наук (DSc), доктора философии (PhD) и ученому званию профессора, а также темами диссертаций научных сотрудников, проводящих научные исследования, докторантов и независимых исследователей.


Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olimlar_minbari
#20.11.—25.11.2023

📰Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

«Роль женщин нового Узбекистана в науке, образовании и инновациях: созданные возможности и достигнутые успехи» — Гулчехра РИХСИЕВА, ректор Ташкентского государственного университета востоковедения, профессор;

“Global miqyosda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish” — Bahodir MIRZAYEV, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;

«Стратегия «Узбекистан – 2030»: приоритетные направления подготовки кадров для нефтегазовой отрасли» — Абдулла МАГРУПОВ, исполнительный директор Филиала РГУ нефти и газа (НИУ) имени И. М. Губкина в городе Ташкенте;

“Ilmiy-pedagog kadrlar salohiyati mamlakat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi?” — Barno ABDULLAYEVA, Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori, professor;

«Поддержка юношей и девушек: опыт НамГУ» — Наримон ДЕХКАНОВ, первый проректор Наманганского государственного университета, доктор политических наук;

“Milliy mentalitet va yoshlar” — Abduqahhor RAHMONOV, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori o‘rinbosari, falsafa fanlari doktori;

“Arxeologik ekspeditsiyalarning ilk karvoni akademik Yahyo G‘ulomov sardorligida yo‘lga chiqqan edi” — Ahmadali ASQAROV, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, akademik;

«Роль наставничества в подготовке педагогических кадров» — Шахзода АБДУЛЛАЕВА, декан факультета ТГПУ профессор; Зарина БАБАЕВА, заведующая кафедрой ТГПУ, доцента;

“O‘zbekiston tashabbuslari MDH integratsiyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi” — Bobir TURSUNOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;

“Inson kapitalini rivojlantirish ta’lim tizimini isloh qilishdan boshlanadi” — Hotamjon QOBULOV, Toshkent moliya instituti professori;

“Tinchlik — sivilizatsiya ne’mati urush esa uning ofatidir” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Основы демократии: защита прав и свобод каждого гражданина» — Фирюза МУХИТДИНОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Vatan va millat fidoyisi” — Bahodir KARIMOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori;

“Konstitutsiyaviy asoslarga tayanish jamiyatni o‘zgartirishda muhim ahamiyatga ega” — Dildora BOZOROVA, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

«Прогресс или упадок по какому пути мы пойдем, зависит от наших устремлений и целенаправленных решителных действий» — Исмаил САИФНАЗАРОВ, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

“Energetika siyosati: barqaror rivojlanish yo‘lidagi muhim islohotlar” — Mash’al SAIDOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

❗️Is gazidan zaharlanishdan ehtiyot bo‘ling!
___
Остерегайтесь отравления угарным газом!

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#rasmiy

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi. Dars jarayonlari 2024-yilning 8-yanvaridan boshlanadi.


Каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря

В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций период зимних каникул, предоставляемый студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлен с 25 декабря 2023 года по 7 января 2024 года. Занятия начнутся 8 января 2024 года.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube