Edu.uz
152K subscribers
16.3K photos
3.32K videos
220 files
10.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta‘lim muassasalari xodimlari talabalarni ularning erkiga zid ravishda referendumda qatnashishga chorlayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Qonunchiligimizga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. Fuqarolarni referendumda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-irodasini erkin bildirishiga ta‘sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.

Barcha oliy ta‘lim muassasalari rahbariyati va mas‘ul xodimlari qonunchiligimizdagi ushbu talablardan xabardor etilgan va tizimda mazkur talablarga rioya etilishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining alohida nazoratidadir. Vazirlik talabalarning referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkin bo‘lishini ta‘minlash borasida qat‘iy pozitsiyaga ega.

Aziz talabalar!
Basharti, bu boradagi huquqlaringiz biron-bir tarzda buzilayotgan bo‘lsa, +998712071762 raqamiga yoki tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Sizning huquqlaringiz qonunga muvofiq himoya qilinadi va aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilishi ta‘minlanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Rasmiy_munosabat

Rost24 internet nashrida e’lon qilingan maqola yuzasidan

Bilim va malakalarni baholash agentligi Rost24 internet nashrida e’lon qilingan “Magistratura uchun Milliy sertifikat tizimi o‘zini oqlayaptimi?” sarlavhali maqolada keltirilgan fikrlar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

👉 https://t.me/BaholashUz/5755

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Toshkent milliy ta’lim universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy ta’lim universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun hech qanday litsenziya bermagan va uning faoliyati noqonuniy.

Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari so’raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#rasmiy_bayonot

Hurmatli OAV hamda talaba-yoshlar,


Bugun soat 11:30da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Qarshi davlat universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabuli ma’lum uzrli sababga ko‘ra boshqa kunga qoldirilganligini ma’lum qilamiz.

Navbatdagi sayyor qabul aniq kuni va sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Samarqand davlat universiteti talabalari tomonidan o‘zlashtirilmagan fanlardan kreditlar bo‘yicha ortiqcha to‘lov qilinayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan

Xabar berilganidek, ushbu masalani o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Fuqarolar murojaatini o‘rganish to‘g‘risida” 2023-yil 25-iyuldagi buyrug‘i asosida tuzilgan vazirlik mas’ullaridan iborat ishchi guruhi talabalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashgan holda vaziyatni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra hamda talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda talabalar arizasiga muvofiq quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

Istisno tariqasida 2022/2023-o‘quv yilida akademik qarzdor talabalarga bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi. Bunda qayta imtihon topshirish istagini bildirgan talabalarga 10-avgustdan boshlab tegishli fanlardan imtihonlar tashkil etiladi, grafiklar alohida e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, qayta o‘qish istagida bo‘lgan talabalar 25-avgustga qadar tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlariga mos ravishda belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng fanlarni qayta o‘qishlari mumkin.

Shuningdek, talabalarga istisno tariqasida 2023-yil 15-sentabrga qadar akademik qarzdor bo‘lgan fanidan mustaqil bilimini oshirib, so‘ng to‘lovlarsiz qayta imtihon topshirishga ruxsat beriladi.

Qayta imtihonlar natijasi yuzasidan appelyatsiya komissiyasiga murojaat etish mumkin.

Qayta topshirish imtihonlaridan o‘ta olmagan talabalar belgilangan tartibda GPA (Grade Point Average – ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati) ko‘rsatkichlari asosida kursdan-kursga qoldiriladi. Bunda talabalarni kursdan-kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichi 2022/2023-o‘quv yili uchun va undan keyin 2,4 ball etib belgilandi.

Qayta imtihonlarni tashkil etish, natijalarni e’lon qilish hamda apellyatsiya jarayonlarini tashkil etish tegishliligi bo‘yicha institutlar dekanatlari va fakultetlar dekanlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lganda, qayta imtihonlar tegishli fakultet va dekanatlar tomonidan yetakchi oliygohlardan jalb etilgan xolis ekspertlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.

Istisno tariqasida 2022/2023-o‘quv yilida akademik qarzdor bo‘lgan talabalarning qayta o‘qish uchun to‘lagan to‘lovlari arizaga muvofiq, keyingi o‘quv yili kontrakt summasiga qo‘shiladi yoki qayta topshirishdan keyin o‘zlashtira olmagan fan kreditlariga mos ravishda hisoblanadi. Davlat granti asosida o‘qiydigan hamda o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirayotgan talabaning qarzdor fanlariga qayta o‘qish uchun to‘langan to‘lovi talabalar safidan chiqarilganda yoki universitetni tamomlaganda tegishli tartibda hisob-kitob qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand davlat universitetida yuzaga kelgan holat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Talabalarning e’tiroz va shikoyatlari vazirlikning 1006 ishonch telefoni orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur oliy ta’lim muassasasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, hujjatda tegishli tartibda litsenziya olganidan so‘ng faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.

Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari tavsiya etiladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_munosabat

O‘zbekiston Milliy universiteti prorektoriga murojaatchi ayol bilan bog‘liq vaziyatga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, universitet prorektori bilan ro‘y bergan ushbu holat bo‘yicha adolatli qaror chiqarish yuzasidan tegishli organ tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat to‘liq o‘rganilib, holatga huquqiy baho berilguniga qadar videoda aks etgan prorektor o‘z vazifasidan vaqtinchalik chetlatildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_sayt
#Innovation_gov

Innovatsion rivojlanish agentligi rasmiy veb-sayti www.innovation.gov.uz domeniga o’zgartirildi.

Agentlik faoliyati bilan bog’liq barcha e’lonlar, yangiliklar, tanlovlar, ochiq ma’lumotlar va hisobotlarni endilikda ushbu domen orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Innovatsion rivojlanish agentligi bilan bog’liq rasman tasdiqlangan va ishonchli ma’lumotlar birinchi bo’lib www.innovation.gov.uz sayti orqali e’lon qilinadi.
___

Официальный сайт Агентства инновационного развития перенесен на домен www.innovation.gov.uz.

Следите за всеми новостями, конкурсами, открытой информацией и отчетами, связанными с деятельностью агентства через настоящий
домен.

Официальная информация по деятельности Агентства инновационного развития будет публиковаться на сайте
www.innovation.gov.uz.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hokim oʻrinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltaklagan holatni keskin qoralaydi va majburiy obunaga mutlaqo qarshi

Kun.uz saytida eʼlon qilingan maqolada Bogʻdod tumani pedagogika kolleji zimmasiga yuklangan 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagan muassasa direktori tuman hokimining oʻrinbosari tomonidan kaltaklangani aytilgan. Voqea 14-noyabr kuni Fargʻona viloyati Bogʻdod tumani hokimligi yigʻilishida roʻy bergan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional taʼlim tizimiga masʼul sifatida holatni tashvishli deb baholaydi va keskin qoralaydi. Vazirlik hokim oʻrinbosarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi va bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun zarur choralar koʻrilishi kerak deb hisoblaydi.

Shuningdek, vazirlik gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etilishiga mutlaqo qarshi boʻlib, bunday holatlarga qarshi kurash, oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, professor-oʻqituvchilar, oʻquvchi-talabalar hamda boshqa xodimlar oʻrtasida doimiy tushuntirish ishlari olib borilishini maʼlum qiladi.

Agar taʼlim muassasalarida gazeta-jurnallarga majburiy obuna holatlari aniqlansa, qonun doirasida zarur choralar koʻrilishi haqida ham ogohlantirilgan.

Taʼlim muassasalari oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, muassasaga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida istagan va zarur deb hisoblagan bosma nashrlarga ixtiyoriy ravishda obuna boʻlishlari mumkin. Bunda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va oʻquvchi-talabalarni majburiy obuna qildirish qatʼiy taqiqlanadi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#rasmiy

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi. Dars jarayonlari 2024-yilning 8-yanvaridan boshlanadi.


Каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря

В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций период зимних каникул, предоставляемый студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлен с 25 декабря 2023 года по 7 января 2024 года. Занятия начнутся 8 января 2024 года.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM