Edu.uz
158K subscribers
17.9K photos
3.83K videos
230 files
11.4K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

“Yoshlar” телеканали ижодкорлари томонидан 2020 йилда олий таълим тизимида амалга оширилган ишларга бағишлаб тайёрланган ҳужжатли фильм.

📹 Фильмни Youtube`да томоша қилиш:

https://www.youtube.com/watch?v=A9mAavHhhB4

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

“Toshkent” телеканали ижодкорлари томонидан 2020 йилда олий таълим тизимидаги ўзгаришлар ҳақида суратга олинган ҳужжатли фильм.

📹 Фильмни Youtube`да томоша қилиш:

👉 1-қисм;

👉 2-қисм.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
#Sarhisob #Adabiyotlar

Bir yilda OTM kutubxonalari 171 nomdagi 38 mingdan ortiq yangi o‘quv adabiyotlar bilan boyidi

Bu haqda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan 2022-yil davomida oliy ta’lim muassasalarini yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasida berilgan yil sarhisobida ma’lum qilindi.

Bundan tashqari yana 4 453 nomdagi adabiyotlar nashrga tayyor bo‘lsa, 2023-yilning 1-choragidayoq qo‘shimcha 90 nomdagi 21 650 nusxada kitoblar nashrini yakunlash rejalashtirilgan.

➡️ Batafsil ushbu havolada

💾 Nashrga ruxsat berilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sarhisob

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2023-yil I yarim yillik yakuni boʻyicha eng yuqori natija koʻrsatib, birinchi oʻrinni egalladi.

Yuqori oʻrin nima uchun berildi, bu sohada qanday ishlar amalga oshirildi?

Quyida vazirlik tomonidan raqamlashtirish sohasida qilingan eng asosiy jihatlarga eʼtibor qaratamiz.

Joriy yilning 9 oyi davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taʼlim muassasalari va vazirlik faoliyatini raqamlashtirishga qaratilgan axborot tizimlari ishlab chiqildi va joriy etildi:
- davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish axborot tizimi;
- talabalarga toʻlov shartnomalarini olish uchun onlayn ariza yuborish, shartnomalarni yuklab olish va OTMlarda shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun amalga oshirilgan toʻlovlar monitoringini yuritib borish axborot tizimi;
- HEMIS axborot tizimining mobil ilovasi yaratildi.

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 7 ta davlat xizmati ishga tushirildi. Jumladan, Talabalar turar joyiga joylashishga ariza berish, Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun akademik maʼlumotnoma (transkript) olish, Oliy/oʻrta maxsus va professional taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahrirlash kabi yangi xizmatlar ishga tushirildi.

2023/2024 oʻquv yili qabul jarayonlarida akademik litseylar uchun litsey.edu.uz, kasb-hunar maktablari uchun kasb.edu.uz, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga kirishi uchun suhbat.edu.uz, ikkinchi mutaxassislik uchun ikkinchitalim.edu.uz va magistratura uchun magistr.edu.uz, oʻqishni koʻchirish va tiklash uchun transfer.edu.uz orqali jami 260 mingtadan ziyod arizalar onlayn tarzda qabul qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6123

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sarhisob

Ota-onalar kongresslarida 48 mingdan ortiq ota-onalar ishtirok etdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!» shiori ostida yangi 2023-2024 oʻquv yili boshlangani munosabati bilan Respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida “Ota-onalar kongressi” tashkil etildi.

115 ta davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan 190 dan ortiq (ayrim fakultetlarda alohida-alohida) tadbirlarda 48 mingdan ortiq ota-onalar faol ishtirok etdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6124

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Sarhisob

Davlat oliygohlariga quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha dastur 110,5 foizga bajarildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan respublikadagi barcha davlat oliygohlarida yillik ehtiyojidan kelib chiqib, 89,6 mln kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatiga ega 44,8 MVt quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha dastur ishlab chiqilgan boʻlib, hozirgi kunda dasturga asosan davlat oliygohlarida jami 49,5 MVt, yaʼni yillik rejaga nisbatan 110,5 foiz quyosh panellari oʻrnatildi va ushbu quyosh panellarini “Yashil energiya” axborot tizimiga toʻliq kiritilishi taʼminlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6127

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sarhisob

Professional taʼlim tizimida xorijiy tillarni oʻqitish tizimi takomillashtirilmoqda


Joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan professional taʼlim muassasalarida nemis tilini oʻrgatish uchun 29 ta tibbiyot texnikumlari tanlab olinib, bir yillik maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining 39 nafar oʻqituvchilari biriktirildi.

Tinglovchilarni Gyote instituti tomonidan beriladigan B2 darajada nemis tilini oʻzlashtirishi va oʻqituvchilar ish haqi uchun Yoshlar ishlari agentligining jamgʻarmasidan 3,4 mlrd soʻm, Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasidan 4,7 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.

Haydovchi, duradgor, payvandchi, quruvchi, obodonlashtirish xodimi, xizmat koʻrsatuvchi, mehmonxona ishchisi, yoʻl qurilish mutaxassislari kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlab berish maqsadida 80 ta oliygohlarning mablagʻlari hisobidan 119 ta professional taʼlim muassasalarida 2 522 nafar oʻquvchilar turli xorijiy tillarga oʻqitilmoqda.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sarhisob
#inklyuziv_taʼlim

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan inklyuziv taʼlim yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

2023–2024-o‘quv yilidan o‘qishga qabul jarayonida test sinovlari to‘g‘risida abituriyentlarga maʼlumot berish uchun tayyorlanadigan videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar orqali namoyish etilishi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yildan respublika bo‘yicha 5 ta oliygohda bakalavr bosqichida surdotarjimonlik yo‘nalishi tashkil etilib, bu yo‘nalishlarga 200 ta kvota ajratildi. Shuningdek, 117 nafar abituriyent imo-ishora tilidan ijodiy imtihon topshirgan holda test sinovlariga qatnashdi.

Toshkent, Chirchiq, Qo‘qon va Jizzax shaharlaridagi OTMda “Maxsus pedagogika” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv yo‘lga qo‘yilgan bo‘ib, talabalarga imo-ishora tilini mukammal biladigan, xususan, ota-onasi yoki yaqin qarindoshi eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslardan tuzilgan tarjimonlar guruhi bilim berib kelmoqda. Kelgusida 77 nafar talaba 4 yil mobaynida OTMda o‘qib, oliy maʼlumotli surdotarjimonlik diplomlarini olishadi.

Bu yildan surdotarjimon o‘qituvchilarning oylik maoshi taʼlim muassasalari o‘qituvchilari oyligi bilan tenglashtirildi. Imkoniyati cheklangan shaxslar tahsil oladigan professional taʼlim muassasalariga liftlar o‘rnatilib, nogironlik aravachalari berildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6137

👉На русском
👉In English

Bizni
kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sarhisob

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan OTMning xalqaro reytinglardan o‘rin olishi borasida amalga oshirilgan ishlar

2023-yilda QS (Quacquarelli Symonds) “Fan sohalari reytingi”da (Subject Rankings) O‘zbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta fan sohalari bo‘yicha “TOP-500” universitetlar qatoridan o‘rin egalladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sarhisob

Oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan tumanlarning turistik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida

Turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha 11 ta oliygohga biriktirilgan 30 ta hududda viloyat va tuman hokimliklari bilan “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, jami 34 ta turistik operator bilan hamkorlikda 30 ta tuman va shaharning tarixi, turistik obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar hamda o‘ziga xos xususiyatlari asosida 67 ta turpaket ishlab chiqildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6229

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yil #sarhisob

Joriy yil 23-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik jamoasi va hamkorlari uchun yil yakunlariga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
___

23 декабря текущего года состоялось итоговое мероприятие для академического коллектива и партнеров Университета мировой экономики и дипломатии.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#yoshlar_akademiyasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi tomonidan 2023-yilda yurtimizdagi 100 mingdan ortiq iqtidorli yoshlar ilmiy innovatsion faoliyatga jalb qilindi.

Yangi 2024-yilda Yoshlar akademiyasi jamoasi o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan yoshlarni o‘z a’zoligiga taklif qiladi.

Yoshlar akademiyasi a’zosi bo‘lishni istagan yoshlar 👉 ushbu havola orqali ariza topshishlari mumkin.
___

В 2023 году Академией молодёжи при Министерстве высшего образования, науки и инноваций к научной и инновационной деятельности привлечено более 100 тысяч талантливых молодых людей нашей страны.

В новом 2024 году команда Академии молодежи приглашает в свои ряды амбициозных, целеустремленных молодых людей.

Молодых людей, желающих стать членами Академии 👉 просим подать заявку по следующей ссылке.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Sarhisob

Yosh olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Joriy yil 26-dekabr kuni “Mamlakatimizda ilm-fan rivojlanishida oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning ilmiy infartuzilmasini mustahkamlash hamda yosh olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6321

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#videoinfografika

2023-yil davomida oliy va professional ta’lim, fan hamda innovatsiyalar sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi raqamlarda
___

Итоги за 2023 год в сфере высшего и профессионального образования, науки и инноваций в цифрах.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM