Edu.uz
151K subscribers
15.9K photos
3.16K videos
209 files
10.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

Toshkent davlat agrar universitetida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishing
___

Познакомьтесь с условиями, созданными для студентов в Ташкентском государственном аграрном университете
___

Get acquainted with the conditions created for young students at the Tashkent State Agrarian University


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
⚡️ DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi

2023-yil 18-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limidan bilishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Ya’ni test sinovi natijalariga ko‘ra 74,7 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#yig‘ilish_topshiriq_ijro

23-noyabr kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish boʻlib oʻtdi. Unda respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari, prorektorlari va vazirlik masʼullari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 21-noyabr kuni davlat rahbari raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi va qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan bajarilgan ishlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6225

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova va Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlari «Plug and Play» global innovatsion platformasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda startaplarni moliyalashtirish holati, Innovatsion rivojlanish agentligi va Yoshlar akademiyasi hamda Innovatsiyalar milliy ofisi hamkorligida tashkil etilayotgan tanlovlar, xususan, "Milliy hub" dasturi haqida maʼlumot berildi.

"Plug and Play" platformasi dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq vakolatxonalardan iborat global tarmoqqa ega yirik kompaniya bo’lib, asosiy faoliyati startaplarni rivojlantirish, akseleratsiya dasturlarini joriy qilish va dunyoning yetakchi strategik bozorlarida o‘ziga xos maydon taqdim etish orqali isteʼdodli yoshlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#musobaqa

Sovrin jamg‘armasi 18 mln so‘m bo‘lgan “ROBOFEST- 2023” musobaqasi


Joriy yil 1-dekabr kuni Buxoro shahrida robototexnika musobaqasi o‘tkaziladi. Unda yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish qilish va uchta qiziqarli toifada raqobatlashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Musobaqa toifalari:
1. Estafeta
2. MiniSumo 10x10
3. Roborace

Har bir toifa uchun pul mukofotlari ajratilgan:
1-o‘rin – 3 mln so‘m
2-o‘rin – 2 mln so‘m
3-o‘rin – 1 mln so‘m


Musobaqada O‘zbekistonning barcha hududlaridan 9-20 yoshdagilar qatnashishi mumkin.

👉 Roʻyxatdan oʻtish.

💾 NIZOMNI YUKLAB OLISH

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +99893 473-03-31

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#ChetTili_imtihon

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari va o‘tkaziladigan joylari ma'lum bo‘ldi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25–26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27–30-noyabr va 1-, 4–7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar to‘g‘risida batafsil 👉 bu yerda

☝️Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Boku shahriga tashrif buyurib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi — SPEKA sammitida nutq so‘zladi.
___

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите Специальной программы Организации Объединенных Наций для экономик Центральной Азии – СПЕКА в городе Баку.
___

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the First Summit of the United Nations Special Programme for the Economies of Central Asia

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#BMT_SPEKA

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va uning huzuridagi Innovatsion rivojlanish Agentligi hamda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi vakillari Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida o‘tkazilayotgan “SPECA-2023” haftaligi doirasida “Barqaror rivojlanish uchun mintaqaviy hamkorlik” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Yoshlar akademiyasi a’zolari, Innovatsiyalar milliy ofisining tijoratlashtirish ishlanmalari “Made in Uzbekistan” milliy stendida Tojikiston, Ozarbayjon davlatlari rahbarlariga namoyish etildi.

Mazkur ko‘rgazma davomida SPEKA davlatlari orasida umumiy 548 ming AQSH dollari qiymatidagi tijoratlashtirish loyihalari bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

На русском
In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sarhisob

Oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan tumanlarning turistik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida

Turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha 11 ta oliygohga biriktirilgan 30 ta hududda viloyat va tuman hokimliklari bilan “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, jami 34 ta turistik operator bilan hamkorlikda 30 ta tuman va shaharning tarixi, turistik obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar hamda o‘ziga xos xususiyatlari asosida 67 ta turpaket ishlab chiqildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6229

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube