Edu.uz
158K subscribers
18.2K photos
3.89K videos
232 files
11.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#litsenziya

Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi

Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan “NAMXU OTM” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2023-yil 10-fevralda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 062797-sonli litsenziyasi bekor qilindi. Boʻlib oʻtgan sud majlisi muhokamalarida oliy taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoʻpol qoidabuzarliklar asosli hujjatlar bilan sudga taqdim etilib, oʻz isbotini topdi.

Ma’lumot o‘rnida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-maydagi buyrug‘iga muvofiq tekshiruv o‘tkazilib, unga ko‘ra universitet tomonidan ta’lim tashkiloti, ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vazirlikning “HEMIS” axborot tizimiga kiritilmagani, tashkilotda rektor maslahatchisi shtati birligi joriy etilmagani, talabalarning o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi ishlab chiqilmagani, barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha adabiyotlar, shu jumladan 95 foiz adabiyotlarning elektron variantlari yetishmasligi, universitet o‘qituvchilarining 23 nafari ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar hisoblansa-da, ulardan 15 nafarining asosiy ish joyi Namangan davlat universitetida ekanligi, litsenziya talabi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 35 foiz ilmiy salohiyat belgilangan bo‘lsa-da, ta’lim tashkilotida 17 foizni tashkil etishi, ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta’minlanmagani, tahsil olayotgan 858 nafar talabaga nisbatan ta’lim tashkilotining hududi yetishmasligi kabi holatlar aniqlangan edi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#litsenziya

“Acharya” universiteti
litsenziya talablarini to‘liq bajardi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyuldagi 273-son qaroriga asosan “Acharya” universiteti (Hindiston) tashkil etilgan edi. Qarorda “Acharya” universitetiga o‘rnatilgan tartibda litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etilishi belgilangan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 12-sentabr kuni Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Chekirchi MFY, Ulug‘bek ko‘chasi 132-uyda joylashgan “Acharya university” MCHJga litsenziya talablari to‘liq bajarilganligi inobat olinib, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya berildi.

Maʼlumot o‘rnida, universitetga 2023/2024-o‘quv yilida 300 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan bo‘lib, muassasa tomonidan keyingi yillardan kvota bosqichma-bosqich oshirib borilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18-avgust kuni ushbu universitetning litsenziyasi boʻlmasa ham qabul eʼlon qilinayotgani haqida jamoatchilikdan koʻplab murojaatlar tushgani sababli “Acharya” universiteti hali belgilangan tartibda litsenziya olmagani yuzasidan rasmiy xabar berilgan edi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube