Edu.uz
159K subscribers
17.8K photos
3.77K videos
230 files
11.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Koreyaning Adju universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi

Shu kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasida bo‘lib, tashrif dasturiga asosan qator muzokaralar olib bormoqda.

Bugun delegatsiya a’zolari Adju universiteti vitse-prezidenti, Toshkent shahridagi ushbu universitet loyihasi rahbari Jeong Houn Son hamda Xalqaro magistratura ta’lim dasturi boshlig‘i Byeong Yun Chang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

👉Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi

“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022-y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy OTM dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.

🗓 2023/2024-o‘quv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;
Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan sportchilar.

✔️ Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.

➡️ 2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍀 Yashil makon: koʻchat ekish boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

🏛 Chirchiq davlat pedagogika universiteti bu oʻquv yilida 500 tup mevali va manzarali daraxt ekishni reja qilgan.

📹 Batafsil videolavhada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Professional_ta’lim

Professional ta’limda tadbirkorlikka o‘qitishning Germaniya tajribasi joriy etilmoqda

Xususan, Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi 10 ta professional ta’lim muassasasining 115 nafar o‘quvchisi germaniyalik ekspertlar tomonidan tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘qitildi.

👉Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🟢MUHIM!

Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham istisno tariqasida oʻqishini koʻchirishi mumkin

Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining oʻzbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois”ularning ham oʻqishini Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirishda amaliy yordam soʻragan.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ham oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
🟢МУҲИМ!

Қрим ва Севастополь ҳудудларидаги талабалар ҳам истисно тариқасида ўқишини кўчириши мумкин

Қрим федерал университети тиббиёт академиясининг ўзбек талабалари ижтимоий тармоқлар орқали Президентимиз Шавкат Мирзиёевга мурожаат қилиб, “ҳозирда Қрим ҳудуди уруш туфайли хавфли ҳудудлар сирасига кираётгани боис” уларнинг ҳам ўқишини Ўзбекистон ОТМларига кўчиришда амалий ёрдам сўраган.

Давлатимиз раҳбарининг топшириқларига асосан, давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш жараёнларини мувофиқлаштириш бўйича Давлат комиссиясининг тегишли баёни билан Қрим ва Севастополь ҳудудларидаги ОТМда таҳсил олаётган Ўзбекистон фуқароларининг ҳам ўқишини Ўзбекистондаги давлат ОТМга истисно тариқасида кўчиришга рухсат берилди.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR

⚡️Ilk bor respublikamizning 8 ta OTM Osiyodagi TOP 1000 talikdan joy oldi

🔰
Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2023-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2023) natijalarini e’lon qildi.

🏛 Unga ko‘ra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

📌 QS ning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

✔️ Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy koʻrsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obroʻsi, PhD darajasiga ega boʻlgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi me’zonlar birinchi marotaba kiritildi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
Samarqandda 10—11-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti oʻtkaziladi

Xoʻsh, bu qanday tashkilot va uning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?

📹 Bu haqda ushbu videorolik orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'lon

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi boʻyicha tanlov eʻlon qiladi

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad - oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslarida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik kadrlar zaxirasiga kiritish.

Tanlov ikki bosqichda: test va suhbat asosida tashkil etiladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida stajirovka o‘taydi, stajirovkani namunali yakunlagan yosh mutaxassislar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Talabgorlardan hujjatlar @yosh_mutaxassislarni_tanlash_bot orqali joriy yil 9-noyabrdan 19-noyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

➡️ Batafsil ma’lumot ushbu dasturda

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Qonunchilik_yangiliklari

Arxitektura-qurilish sohasidagi 2 ta institut universitet sifatida qayta tashkil etilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

🔰 Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi.

📌 Qarorga ko‘ra:

🏛 Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtirildi.

🏛 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros ob’ektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirildi.

Shuningdek, ushbu universitetlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

🔹 Universitetlarda o‘quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi hamda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.

🔸 Yuqori kurs talabalari va magistrantlar ish haqi to‘lanadigan tizim orqali band qilinadi hamda ular respublika hududlarida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalariga jalb etiladi.

🔹 Universitetlarga ilmiy daraja va unvonlar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va ularning tarkibini tasdiqlash huquqi beriladi.

🗓 2023-yil 1-yanvardan boshlab universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

🔸 Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.

➡️ 2023-yil 1-martga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari xalqaro ta’lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.

✔️ Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.

Vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Koreya Respublikasining Ta’lim vaziri o‘rinbosari Sang Yoon Jang bilan uchrashuv o‘tkazib, ta’lim sohasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, jumladan 2023-yilda mamlakatimizda O‘zbekiston-Koreya rektorlari birinchi forumini o‘tkazish masalasini muhokama qildi.

👉 Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM