Edu.uz
158K subscribers
18.6K photos
3.99K videos
232 files
11.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Samarqandda oʻtkazilgan II Oʻzbekiston iqtisodiy forumining ikkinchi kuni doirasida “Demografik o‘sish, inson kapitali va migratsiya: xatarlardan imkoniyatlar sari” mavzusida panel muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Unda O‘zbekistonning professional ta’limi, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilishni rivojlantirish orqali demografik o‘sishdan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Sessiyada xalqaro ekspertlar, yurtimizdagi bir qator tashkilot hamda idoralar mas'ullari bilan birga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mahorat_darsi

Vazir magistrlar uchun maxsus mahorat darsini oʻtdi

Bugun
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Moliya va buxgalteriya taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan 2-bosqich bir guruh magistrlari uchun maxsus mahorat darsini oʻtdi.

80 daqiqa davom etgan maʼruza avvalida talabalar bilan Davlat moliyaviy menejmenti: audit va muvofiqlik fanidan “Davlat moliya tizimida soliq nazorati va auditini oʻtkazish tartibi” mavzusida oddiy, savol-javob va amaliy bilimlar asosida dars oʻtilishi va ushbu mavzuni muhokama qilishga kelishib olindi.

Dars mashgʻulotida A.Toshqulov hayotiy kuzatuvlaridan kelib chiqib, soliq nazoratini amalga oshirish, unda soliq auditining ahamiyati haqida soʻzlab berdi. Bu jarayonda nazariy bilimning amaliyot bilan uygʻunligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab, oʻzining iqtisodiyot sohasidagi tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Mashgʻulot davomida, shuningdek, mamlakatimizdagi islohotlar, jumladan oliy taʼlim sohasida erishilgan yutuqlar borasida ham magistrlar bilimi sinovdan oʻtkazildi. Vazir talabalar bilan oʻrtoqlashar ekan, ularga kelajakda xalq manfaatlariga xizmat qiladigan yetuk kadr boʻlib yetishishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Samimiy va sermazmun ruhda oʻtgan dars jarayonida talabalar ham mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga bevosita vazirdan kerakli javoblarni bilib olishdi.

Birozdan soʻng kanalimizga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining maʼruzadan koʻzlangan maqsad va magistrlar bilim saviyasiga bergan bahosi hamda hukumat aʼzolari, rektorlarga yoʻllagan murojaati joylanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chorlov

Ertangi kadrlaringizni bugun saralang — A. Toshqulov

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistrlar uchun oʻtgan mahorat darsi yuzasidan intervyu berib, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarini qonunchilik asosida ilmiy va pedagogik faoliyat ko‘rsatishlariga chaqirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest
#31.10—05.11.2022

📹 O‘tgan hafta davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi eng muhim xabarlar videosharhi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professor_minbari
#31.10 — 05.11.2022

Professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

🔹 “Samarqandning ezgulik ovozi – sog‘lom hamkorlik va o‘zaro ishonch siyosati”Oqil SALIMOV, akademik;

🔸“Islohotlari natija berayotgan O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining ishonchi baland”Laziz MINGISHOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

🔹“O‘zbekiston–Turkmaniston do‘stligining yangi yorqin sahifalari”Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori;

🔸“Taraqqiyotga erishish oson bo‘lmaydi”To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent moliya instituti rektori;

🔹“Samarqand yana dunyo nigohida yoxud O‘zbekiston iqtisodiy forumi ahamiyati xususida ayrim mulohazalar”Qalandar ABDURAHMONOV, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik;

🔸“Buxoro jahon ziyorat turizmi markaziga aylanadi”Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori;

🔹“Xomashyo sotib boyib bo‘lmaydi. Endi tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan eksportchi yutadi”Xudoynazar YUNUSOV, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor;

🔸“Bilimli yoshlar — mamlakat kelajagi”Nurbek NASRULLAYEV, TATU Nurafshon filiali direktori;

🔹«Секрет популярности финской учебной модели»Шерзод МУСТАФАКУЛОВ, ректор Международного университета Нордик;

🔸«Текстиль: отрасль стратегического значения»Улугбек АБДУЛЛАЕВ, первый проректор Ташкентского института текстильной и легкой промышленности кандидат технических наук;

🔹“Tinch, obod va forovon maskan xalqimiz ko‘z oldida mahalla instituti shunday namoyon bo‘lmoqda” Naim OBLOMURODOV, Toshkent moliya instituti professori;

🔸“Innovatsion tafakkur farovon va sifatli turmush bardavomligi kafolati”Saidahror G‘ULOMOV, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Mamayunus PARDAYEV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori;

🔹“Oziq-ovqat xavfsizligi: yurtimizda o‘ziga xos tajriba shakllanmoqda”Ibodullo HOTAMOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, dotsent;

🔸«Узбекистан и Китай: диалог культур и общее видение образовательной политики»Феруза ХАСАНОВА, доцент Ташкентского государственного университета востоковедения;

🔹“Izlagan imkon topadi”Qahramon YO‘LDOSHEV, Urganch davlat universiteti bo‘lim rahbari;

🔸«Успешная интеграция образования и науки в производство - вклад в экономическое развитие»Правда Востока.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🏓 “Universiada-2022” sport musobaqasi Xorazmda

Ayni kunlarda yurtimiz oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlarini o‘z atrofida jamlagan “Universiada-2022” musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

🏓
Musobaqaga Xorazm viloyati mezbonlik qilib, Urganch davlat universiteti ushbu musobaqani o‘tkazishda asosiy tashkilotchilardan sanaladi.

📍 Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari ishtirok etmoqda. O‘yinlar Urganch olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida o‘tkazilmoqda.

🔚Universiada-2022” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi 8-noyabrga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muqobil_energiya

🏛 Andijon davlat pedagogika institutiga oʻrnatilgan 100 ga yaqin quyosh panellari sarflanadigan energiyaning 30 %ini ta’minlamoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan hududdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga taʼtil berilishi haqida turli asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekani va oʻsha kunlari Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlarida tasdiqlangan oʻquv jadvaliga koʻra dars jarayonlari odatdagidek davom etishini maʼlum qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube