Daryo — LIVE
64.4K subscribers
53.6K photos
12.8K videos
71 files
48.3K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Sherzod Asadov MTRK faxriylari va ustoz jurnalistlar yig‘ilgan tadbirda qatnashdi

"Tadbirda qatnashib, fidokorona mehnati, professional mahorati va serqirra ijodi bilan yurtimizda televideniye va radio sohasining rivojiga xizmat qilgan qadrli ustozlarimiz va faxriylarimizga, nafaqat teleekranlarda, balki kadr ortida xizmat qiladigan hamkasblarimizga ham prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim", deb yozdi Sherzod Asadov Telegramdagi kanalida.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gerasimov Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatidan butunlay siqib chiqarilganini aytdi

Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i bu haqda Vladimir Putinga bergan hisobotida ma'lum qildi. Gerasimov, shuningdek, Ukraina armiyasi Kursk uchun janglarda 76 ming harbiy yo‘qotganini iddao qildi.

Ukraina rasmiylari uning da'volarini rad etib, Kursk uchun janglar davom etayotganini ta'kidladi.

@daryo_live
Eronning Shahid Rajaee portida kuchli portlash yuz berdi. Natijada yuzlab insonlar jarohatlandi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yonilg‘i sisternalaridan biri portlagan. Zarba to‘lqini ma'muriy bino va ko‘plab avtomobillarni butunlay vayron qilib, yaqin atrofdagi inshootlarga ham zarar yetkazgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 22 yoshli yigit 19 yoshli qizni urdi

Janjal vaqtida yigit qizga tan jarohati yetkazgani oqibatida jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 1 yoshli bola uy ichida qulflanib qolib ketdi

Qutqaruvchilar tomonidan eshik ochib berildi.

@daryo_live
Istanbulda yong‘in oqibatida vafot etgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Fuqaro Istanbulning Kadikoy tumani, Fikirtepe mavzesida joylashgan ijaradagi uyda, noma‘lum sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan yong‘in oqibatida vafot etgan.

@daryo_live
Rossiyadagi YTHda jarohatlangan 11 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ushbu avariyada bolaning avtomashinada bo‘lgan ota-onasi vafot etgan. Hozirda bola O‘zbekistonga olib kelinib, qarindoshlari (onasining singlisi) qaramog‘iga topshirildi.

@daryo_live
Buzish ishlari oxirlab qolgan “Chorsu” mehmonxonasi

@daryo_live
Toshkentdagi maktablardan birida ikki o‘quvchi janjallashdi

Janjal vaqtida o‘quvchilardan biri jarohat olishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. Tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

@daryo_live
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ydi

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun elektron vizaga murojaat qilish vaqtinchalik, haj mavsumida to‘xtatilgan.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM