Daryo — LIVE
64.4K subscribers
53.6K photos
12.8K videos
71 files
48.3K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Putin AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashdi

Bloombergning ma’lum qilishicha, Uitkoff Putin bilan uchrashuvda Ukrainaning o‘z qurolli kuchlari va mudofaa sanoatiga ega bo‘lish huquqi Rossiya tomonidan tan olinishini talab qilmoqchi.

@daryo_live
25 va 27—30-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli ayrim hududlarda sel xavfi eʼlon qilindi

🔹 Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

🔹 Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;

🔹 Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

🔹 Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

🔹 Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

🔹 Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

🔹 Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

🔹 Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston fuqarolari Madinadan Dubayga uchadigan samolyotga chiqarilmadi

"Daryo"ga murojaat yo‘llagan yigitning ma’lum qilishicha, aeroportdagi mas’ullar o‘zbekistonlik fuqarolarni ortga qaytarib yuborgan. Bunga yaqinda Dubayda o‘zbekistonlik fuqarolar ishtirokida ro‘y bergan pichoqbozlik sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

@daryo_live
Jizzaxda hokimlik tasarrufida bo‘lgan 40 sotix yerni noqonuniy o‘zlashtirib olib, boshqa fuqaroga 205 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi

Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

@daryo_live
O‘zbekistonda 2025-yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 891 nafar shaxs sudlanib, ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qilingan

Yana 718 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

@daryo_live
Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga qaytarildi

Fuqaro M.T.ning Novosibirskda dunyoga kelgan farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirildi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘istonda yolg‘iz yashovchi fuqaroning qon bosimi ko‘tarilib ketib, qo‘l va oyoqlari ishlamay qolgani sabab uyida qolib ketdi

Fuqaro eshigini ochmayotganligidan havotirlangan yaqin qarindoshining murojaatiga asosan FVB qutqaruvchilari eshikni ochib berdi.

@daryo_live
Yunusoboddagi Uch Qahramon ko‘chasida Nexia-3 va Hongqi o‘zaro to‘qnashdi

Hodisa oqibatida Nexia-3 yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
O‘zbekistonda 2025-yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 891 nafar shaxs sudlanib, ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qilingan Yana 718 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. @daryo_live
2024-yilda esa ushbu jinoyat bilan 3 321 nafar shaxs sudlangan

Ularning 917 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 404 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya.
# 3


@daryo_live
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumatlar delegatsiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida buloqdan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi Bitim loyihasining asosiy shartlari tasdiqlandi.

@daryo_live
Samarqandda darsga kech kelgan o‘quvchiga tashlanib, tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida fuqarolarni haj va umra safariga “Saudiya safari” degan nom ostida aldov yo‘li bilan yuborayotgan turfirma rahbari ushlandi

U navbatdagi mijozlaridan haj safariga yuborish va haj vizasini qilib berish evaziga 19 ming dollar olayotgan bo‘lgan.

@daryo_live
Vladimir Zelenskiy AQSHdan “hech bo‘lmaganda” Isroilga berilgan xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishini so‘radi.

@daryo_live
Pokiston armiyasi shimoli-g‘arbda olti nafar terrorchi o‘ldirilganini ma’lum qildi

“Hududni tozalash operatsiyasi davom etmoqda”, deyiladi Pokiston qurolli kuchlarining xizmatlararo jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

@daryo_live
Tramp Zelenskiydan yerosti boyliklari bo‘yicha bitimni darhol imzolashni talab qildi

“Bu hujjat kamida uch haftaga kechikdi. Umid qilamanki, u hoziroq imzolanadi”, deb yozdi Tramp.

@daryo_live
Kanada G‘azoga oziq-ovqat va insonparvarlik yordami uchun 72 mln dollar xayriya qildi

Avvalroq Isroil G‘azoni to‘liq qamal qilgani tufayli anklavda oziq-ovqat tugab borayotgani xabar qilingandi.

@daryo_live
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 20 foizga oshdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

@daryo_live