Daryo — LIVE
61.9K subscribers
64.9K photos
17.6K videos
84 files
56.7K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Turkiya o‘zining ilk qit'alararo ballistik raketasini namoyish qildi

Clash Report xabariga ko‘ra, uning nomi Yıldırımhan bo‘lib, 6000 km masofadagi quruqlik nishonlariga zarba bera oladi. Raketa tovushdan 9-25 barobar tezroq parvoz qilishi mumkin.

@daryo_live
Prezident farmoni bilan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining g‘o‘za fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasi mudiri Saidakbar Rahmonqulov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroil Livanning Sarifa shaharchasiga aviazarba berdi. Hujum qabristonga zarar yetkazdi.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

Mutasaddilar va hududlar rahbarlariga korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, quvvatlardan toʻliq foydalanish, import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, xalqaro sertifikatlar olishda tadbirkorlarga koʻmaklashish boʻyicha topshiriqlar berildi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Shavkat Mirziyoyev charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi Mutasaddilar va hududlar rahbarlariga korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, quvvatlardan toʻliq foydalanish, import oʻrnini…
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti 500 mln dollarga yetkaziladi

Taqdimotda keyingi to‘rt yilda sohada ishlab chiqarish hajmini 12 trillion so‘mga yetkazish va 12 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingani qayd etildi.

@daryo_live
Prezident farmoni bilan Eldor Adilov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi

Shu munosabat bilan u Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

@daryo_live
Asilbek Xudoyorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi

@daryo_live
Daryo — LIVE
Prezident farmoni bilan Eldor Adilov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi Shu munosabat bilan u Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi. @daryo_live
Prezident qarori bilan:

Otabek Sunnatovich Imamov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov sog‘liqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Adxam Yusupovich Xudaykulov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Dilmuratovich Muxamedov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Ilxomjon O‘rinboy o‘g‘li Umrzaqov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari — Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimidan ozod etildi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Prezident qarori bilan: Otabek Sunnatovich Imamov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi; Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov sog‘liqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari…
Prezident qarori bilan:

Alisher Shukrullayevich Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;

Elmira Irkinovna Basitxanova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;

Farxodjon Muxammadjonovich Tashpulatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroil G‘azo shahridagi politsiya punktiga aviazarba berdi. Oqibatda ikki nafar falastinlik, jumladan, bir bola halok bo‘ldi. Yana bir necha kishi jarohatlandi.

@daryo_live
Abdulla Azizov SSV huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi

U shu munosabat bilan vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

@daryo_live
Qozog‘istondagi eng yirik metallurgiya zavodida portlash yuz berdi

Ust-Kamenogorsk shahridagi metallurgiya zavodida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi. Yong‘in maydoni taxminan 120 kvadrat metrni tashkil etdi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron poytaxti Tehrondagi Erguvon savdo markazida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa sababi va qurbonlar haqida hali ma’lumot berilganicha yo‘q. Yong‘indan chiqayotgan tutun shaharning chekka hududlaridan ham ko‘rindi.

@daryo_live
Qobil Ahmadjonov Namangan viloyati prokurori o'rinbosari etib tayinlandi

U bunga qadar Namangan shahri prokurori lavozimida ishlab kelgan.

@daryo_live