Daryo — LIVE
70.7K subscribers
42.9K photos
9.87K videos
55 files
40.6K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Polsha ukrainalik askarlarni tayyorlashda yetakchilik qilmoqda

“Barcha mashg‘ulot o‘tagan askarlarning uchdan bir qismi Polsha qurolli kuchlari tomonidan tayyorlangan askarlardir”, — dedi Polsha vaziri.

@daryo_live
Crocus City Hall'dagi terakt Rossiya ichida tartibsizlik keltirib chiqarish uchun amalga oshirilgan — Rossiya xavfsizlik xizmati rahbari

“Qayiqni silkitish, jamiyatda vahima qoʻzgʻash! Jang chizigʻi boʻylab nima boʻlayotganini koʻrib turibsiz. Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va ular oʻzlarining qadr-qimmatini koʻrsatish uchun nimadir qilishlari kerak edi”, — degan Bortnikov jurnalistlarga.

@daryo_live
Suriyada terrorchilar safiga borib qoʻshilgan jizzaxlik yigit 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

@daryo_live
Rossiya Ukrainada 15 mingdan ortiq texnikasini yoʻqotdi — The Kyiv Independent

Harbiy harakatlarda Rossiya 2856 ta tank, 135 ta vertolyot, 106 ta samolyot, 20 ta dengiz kemasi va bitta suvosti kemasini yoʻqotgan.

@daryo_live
Ukraina maxsus kuchlari Poltavada temir yoʻl liniyasini portlatmoqchi boʻlgan diversantlarni qoʻlga oldi

Ukraina rasmiylari hibsga olinganlarning mobil telefonlarini musodara qilib, tekshirganda ular FSB bilan bevosita aloqador ekanligi maʼlum boʻlgan.

@daryo_live
Toshkentda Xalqaro mehnat tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari uchun submintaqaviy vakolatxonasi tashkil etilishi mumkin

@daryo_live
Jizzaxda gaz zapravkalardan biriga 41 mln soʻm jarima solindi

Bunga zapravkada muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizatsiya qilish holatlari aniqlangani sabab boʻlgan.

@daryo_live
Kanada 2035-yildan boshlab ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni sotishni taqiqlaydi

Yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar allaqachon ichki yonuv dvigatelli transport vositalarini bosqichma-bosqich tugatishni rejalashtirmoqda.

Mazkur choralar natijasida 2035-yilgacha 430 million tonna issiqxona gazlari atrofga tarqalishining oldi olinishi kutilmoqda.

@daryo_live
Margʻilon shahar bolalar shifoxonasi texnik xodimi shifoxona hududida daraxt kesgani oqibatida 45 mln soʻm tovon toʻlab, 100 tup daraxt ekadigan boʻldi

@daryo_live
Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Manish Prabxat oʻz missiyasini yakunladi

@daryo_live
HAMAS Gʻarb davlatlarini Gʻazoga havodan yordam yuborishni toʻxtatishga chaqirdi — CNN

Oldinroq, Gʻazoning shimoliy qirgʻogʻida kamida 12 kishi nomaʼlum davlat tomonidan dengizga tashlangan joʻnatmalarni olish paytida dengizda choʻkib ketgani xabar qilingan edi.

@daryo_live
2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlarida, temir-yoʻl kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent hayvonot bog‘ida tomoshabin tufayli emu jabrlandi

Qush operatsiya qilingan. Sababi qonni to‘xtatishning imkoni bo‘lmagan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

@daryo_live
Samarqandda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olganlar 6 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda .

@daryo_live
Surxondaryoda arxeologik yodgorlikni molxona uchun buzib yuborgan fuqaro 23 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Bosh prokuratura hududlarda aniqlangan shu kabi holatlarni ma’lum qildi.

@daryo_live
Xorazmda ikki kelin o‘z sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

Ulardan birining mol-mulklari qiymati 26 million so‘mdan oshiq bo‘lgan.

@daryo_live
Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ertaga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

@daryo_live
Respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga kiritiladi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Piyodalar yoʻlakchasida harakatlangan Damas jarima maydonchasiga qoʻyiladigan boʻldi

Haydovchining aytishicha, u dastlab piyodalar yoʻlakchasiga qaragan va hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgach harakatlangan. U bu ishni yoʻl tirband boʻlgani uchun qilganini aytdi.

@daryo_live
Toshkentda avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berishni aytib, fuqarolardan 6,1 mlrd soʻmni aldab olgan shaxslar qamaldi

@daryo_live
Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov hokimlik binosi xarajatlari uchun 7 mlrd 349 mln 756,4 ming so‘m mablag‘ ajratdi

Qaror ilovasida ko‘rsatilgan xarajatlar smetasiga ko‘ra, xizmat avtomobillariga yoqilg‘i quyish uchun 690 mln so‘m, ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun 150 mln so‘m ajratiladi.

@daryo_live