Daryo — LIVE
68.7K subscribers
47.6K photos
11K videos
65 files
44.1K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Bugun Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ertalab baʼzi joylarda yomgʼir yogʼadi. Harorat 20-25 daraja iliq bo‘ladi — “O‘zgidormet”

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda maktab o‘quvchilarining smartfonlari bolg‘a bilan sindirildi
Harbiy kiyimdagi xodimlar maktabda smartfonlarni qat’iy taqiqlash maqsadida noodatiy tarbiya usulini qo‘lladi.

@daryo_live
Toshkentning Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug’bek tumanlarida 27-mart kuni 10:00 dan 18:00 gach gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

@daryo_live
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.

@daryo_live
Rossiya Jahon oziq-ovqat dasturi orqali Afg‘onistonga 1 mln dollar yordam ajratdi

Bu 150 ming odamni oziq-ovqat bilan ta’minlashga yordam beradi. Rossiyaning Afg‘onistonga so‘nggi uch yilda bergan umumiy yordami 4 mln dollarga yetdi.

@daryo_live
O‘zbekistonda 1-iyuldan yo‘l bo‘yidagi maktablar oldiga, ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarga video-fotoradarlar o‘rnatiladi

@daryo_live
Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan ikki qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in oqibatida binoning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati Uychi tumanida Spark va Nexia to‘qnashib, to‘liq yonib ketdi

@daryo_live
Farg‘onada o‘zini kadastr xodimi sifatida tanishtirib, yer ajratib berish evaziga 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Yakkabog‘ tumani filiali muhandisi tuman hokimligi zaxirasidagi 1 gektar yer maydonida bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 200 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

@daryo_live
🇷🇺🇺🇿Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘radi. Hujjatlarni olib yurish, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, shubhali kishilar bilan muloqot qilmaslik, telefonda taqiqlangan materiallarni saqlamaslikni tavsiya etdi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tatariston raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatiga keldi

Tashrif davomida erkin iqtisodiy zona, logistika markazlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv, vohadagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif hamda kelgusidagi hamkorlik yuzasidan muzokaralar oʻtkazish belgilangan.

@daryo_live
Rossiyalik deputatlar o‘lim jazosini qaytarishni taklif qildi

Rossiyada 1997-yildan beri o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgan. Crocus’dagi teraktdan so‘ng uni bekor qilish muhokama qilinmoqda

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga 25—26-mart kunlaridagi tashrifi

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tajovuzkor inson, musulmon ummatidan emas” — Nuriddin Xoliqnazar

Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov “Allohu Akbar” takbiri bilan insoniyatga qarshi jinoyat qilishlik — Islomga to‘g‘ri keladigan narsa emasligi, Islomda biror bir insonni o‘ldirishga hukm, ijozat berilmagani haqida gapirdi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Rossiyalik deputatlar o‘lim jazosini qaytarishni taklif qildi Rossiyada 1997-yildan beri o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgan. Crocus’dagi teraktdan so‘ng uni bekor qilish muhokama qilinmoqda @daryo_live
“Crocus’ga hujum qilgan terrorchilarni o‘limga hukm qilishning iloji yo‘q, chunki bunday jazo Jinoyat kodeksining tegishli moddasida ko‘zda tutilmagan”, — dedi rossiyalik senator Andrey Klishas.

@daryo_live
Xitoy futbol assotsiatsiyasi sobiq rahbari pora olgani uchun umrbodga qamaldi

Chen Syuyuan 11,23 mln dollardan ortiq pora olgan. Uning harakatlari poraxo‘rlikning o‘ta og‘ir ko‘rinishi sifatida baholanmoqda. Bundan tashqari, pora olgan ya’na uch nafar futbol amaldoriga hukm o‘qilgan

@daryo_live
Toshkentda ko‘p qavatli uy hovlisida uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Undan ma’muriy qamoq davri uchun 765 ming so‘m undiriladi.

@daryo_live