BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11K subscribers
55.3K photos
7.06K videos
9 files
18.7K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
#LIVE
#3sektor_faoliyatidan
#Gijduvon_tumani

Ayni vaqtda G‘ijduvon tumanida bo‘lib turgan Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tumanidagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand aholi holidan xabar olib, ularning muammolarini shaxsan o‘zi o‘rganib, iftorlik dasturxonida ishtirok etdi.

Jarayonda o‘tganlar xotirasiga Qurʼon tilovat qilindi. Iftorlikda ishtirok etgan ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz yetishtirayotgan mahsulotlar hosiliga baraka tilab, duo qilishdi.

Shuningdek hudud ahlini madaniy hordiq chiqarishi uchun konsert dasturi tashkil etilib, ehtiyojmand xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 22-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi”gi buyrug‘i talablari asosida Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyoni ofitser xodimlaridan jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan to‘sinda tortilish, 100 metrga yugurish, 1000 metrga yugurish va qo‘l jangi usullaridan sinovlar olindi.

Bunda, asosiy eʼtibor xodimlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xodimlarni turli xil ekstremal vaziyatlarda harakatlanish tartib qoidalari, qo‘l jangi usullaridan foydalanish mahoratini oshirishga qaratildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan YTH yuzasidan rasmiy maʼlumot

Bugun, 2023 yil 30 mart kuni soat taxminan 13:30 larda Buxoro tumani "So‘fikorgar" mahallasi "Choruq" qishlog‘i hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-68 avtomobil yo‘lining 5-km.da yo‘lning chetgi qismi (asfalt qoplamasidan tashqarida) yo‘l marzasida to‘xtab turgan "HOWO" rusumli yuk transport vositasining orqasiga, "Damas" rusumli avtomashina kelib urilgani ask etgan video tarqaldi.

Mazkur YTH Buxoro tuman IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan tezda o‘rganildi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kim og‘ir tan jarohati olmagan, faqat transport vositalariga shikast yetganligini maʼlum qilamiz.

Tergovga qadar tekshiruvharakatlari davom ettirilmoqda.

Shu o‘rinda barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish jarayonida oraliq masofani saqlab, belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
⚡️Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz! O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 22-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyoni ofitser xodimlaridan jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan to‘sinda tortilish, 100 metrga yugurish, 1000 metrga yugurish va qo‘l jangi usullaridan sinovlar olindi
——————

Бухоро вилояти ИИБ ЖХХ ЖТСБ Патруль-пост хизмати батальони офицер ходимларидан жисмоний тайёргарлик машғулотларидан тўсинда тортилиш, 100 метрга югуриш, 1000 метрга югуриш ва қўл жанги усулларидан синовлар олинди

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Muborak Ramazon oyini milliy qadriyatlarimiz, anʻana va urf-odatlarimizga mos va hamohang tarzda o'tkazish, xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat amallariga alohida eʻtibor berish, xalqni rozi qilib, duosini olish anʻana tusiga kirgan.

Shu sababli Qorako'l tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari podpolkovnik Jamshid Rasulov tashabbusi bilan "Jig'achi" mahallasi aholisi uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Jarayonda o'tganlar xotirasiga Qurʻon tilovat qilindi. Iftorlikda ishtirok etgan ro'zadorlar yurtimizga omonlik,  dehqonlarimiz etishtirayotgan mahsulotlar hosiliga baraka hamda xalq osoyishtaligi yo'lida tunu-kun mehnat qilayotgan IIOlari xodimlarining ishlariga muvaffaqiyat tilab, kuch-quvvat so'rab duo qildilar.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanining "Xorin" mahallalasi aholisi muammolari “xonadonbay” o‘rganildi

Qabul davomida fuqarolar tomonidan "Yoshlar daftari"ga kirish, oliy taʼlim shartnomasi pulini to‘lash, "Ayollar daftari" ro‘yxatiga kiritish va tikuv mashinasi ajratish, ishga joylashtirish, hududdagi mavjud tik quduqlarni taʼmirlash bo‘yicha 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Aksariyat murojaatlar shuyerning o‘zida yechim topdi.

Shuningdek muqaddam sudlangan hamda xavfli guruhga kiruvchi shaxslar, profilaktik hisob va probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, kelgusida takroran jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari masʼullar mahallada "fuqarobay" tizimi asosida uyma-uy yurib, aholi muammolariga yechim izlashdi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube