BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.3K subscribers
57K photos
7.26K videos
9 files
19.1K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
⚡️Vobkent tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari O'ktam Soyibov aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida 3-sektorga qarashli “Panob” mahallasi fuqarolari tomonidan yo‘llangan turli mavzulardagi murojaatlar tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Aksariyat murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, tuman IIB boshlig‘i "Panob" mahalla fuqarolar yig'ini “beshlik” vakillari bilan uchrashib, hududlarda "xonadobay" tizim asosida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#LIVE
#3sektor_faoliyatidan
#Gijduvon_tumani

Boshqarma boshlig‘i «Xodimbay» tizimi asosida G‘ijduvon tumani IIBda samarali mehnat qilayotgan xodimlarning oilaviy ahvolini o‘rganmoqda

Unda xodimlarning yashash sharoiti, mavjud muammolarini joyida o‘rganib, oilaviy munosabatlari hamda xizmatdan bo‘sh vaqtlarini qay yo‘sinda o‘tkazishlari bo‘yicha masʼullarga o‘zining bir qator tavsiyalarini berdi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#LIVE
#3sektor_faoliyatidan
#Gijduvon_tumani

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov G‘ijduvon tumanining “Oqrabot” mahallasida bo‘lib “fuqarobay” tizim asosida “beshlik” vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Bunda aholini qiynab kelayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganilib, tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ushbu mahallalarda kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube