BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.3K subscribers
57K photos
7.26K videos
9 files
19.1K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Sektor rahbari aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi

Romitan tumani IIB boshlig‘i Shahob Hayitov tumanning 3-sektorga qarashli mahalla “beshlik” vakillari bilan uchrashib, aholini qiynab kelayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

3-sektor rahbari mahalla vakillariga aholidan kelib tushayotgan har bir murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqib, “xonadonbay” va “fuqarobay” tizimi asosida ish olib borish zarurligini taʼkidladi.

Shundan so‘ng sektor hududidagi “Attaron” mahallasida kam taʼminlangan, ehtiyojmand aholi vakillari holidan xabar olib, 3-sektor rahbari tashabbusi bilan ehson qilinib, iftorlik dasturxoni yozildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Viloyat ichki ishlar boshqarmasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha «fuqarobay» ishlashning Buxoro tajribasi muhokama qilindi
👉 Batafsil o‘qing:
—————————

Вилоят ички ишлар бошқармасида жиноят ва ҳуқуқбузарликларни олдини олиш бўйича «фуқаробай» ишлашнинг Бухоро тажрибаси муҳокама қилинди
👉 Батафсил ўқинг:

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 1-apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi
—————

2023 йил 1 апрелдан бошлаб Тошкент ва Нукус шаҳарларида ҳамда вилоятлар ва туманларнинг марказларида транспорт воситалари ҳаракатланишининг энг юқори тезлиги соатига 70 километрдан 60 километргача туширилади

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Buxoro viloyati IIBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi

Bugun, 1-aprel kuni Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan “Ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.

Mavzu yuzasidan, Buxoro shahar "Abu Havsi Kabir" masjidi imom xatibi Akram Abdullayev tomonidan xodimlarga hozirgi kunda turli taʼqiqlangan diniy tashkilotlar hamda ular targ‘ib etayotgan turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmaslik bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Mashg‘ulot davomida o‘tgan hafta mobaynida Respublikamiz siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida yuz bergan yangiliklar shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.

Tadbir so‘ngida xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonun talablariga rioya qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube