BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
19.8K photos
5.21K videos
1.51K files
5.08K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalarkarantinda
#FoydaliKarantin
#beshtashabbus
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#eng_yaxshi_qo'shiq

BuxDU Tarix va madaniy meros fakulteti 5-1ARL-19 guruh talabasi Aziz Ibotovning 5 tashabbus doirasida xotira kuniga atalgan qo'shig'i.

👉@buxdu_5tashabbus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalarkarantinda
#FoydaliKarantin
#beshtashabbus
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#eng_yaxshi_qo'shiq

BuxDU San'atshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi Qodirov Shuhrat.

👉@buxdu_5tashabbus
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Eng_yaxshi_sher

Xotira abadiy

Oʻzbekning bekligi o'zligiga xos,
Derlarki, o'tmishsiz kelajak bo'lmas.
Har lahza shod boʻlsin ajdodlar ruhi,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

Yodda qolar mangu sharafli nomlar,
Kelajak va tarix doim hamnafas.
O'tmishni unutish eng katta xato,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

Mardlarning maydoni bu foniy dunyo,
Shohmi u, gadomi mansab muhimmas.
Jimgina kuzatar, bu borliq goʻyo,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

Barkamol, qaddi tik kelajak avlod,
O'zligini anglab yetaolsa bas.
Tildanmas, ko'ngildan bong ursin sado,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

Bugunga shunchaki erishilmagan,
Yurt uchun jon chekkan kimlar qasdma-qasd.
Ko'z yumib boʻlarmi, vijdon qoʻyarmi,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

ALIJON YOʻLDOSHEV BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI TALABASI
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Eng_yaxshi_sher

Tarix

Kechagi o'tmishga nazar tashlasak,
Yurak entikadi, bong urar g'urur.
Vatan deb jon bergan mardlarning ruhi,
Tarixdan, moziydan taratadi nur.

Ularni qandayin unutish mumkin?
Erkinlik, tinchlikning qurboni ular.
Vatanga sadoqat va muhabbatning,
Asl siymolari, sarboni ular.

Urush olib ketdi mingtalab jonni,
Onalarning bag'ri yonar lovillab.
Aka-ukalarsiz, og'ilsiz, yorsiz,
Minglab xonadonlar qoldi huvillab.

Ayovsiz, qonunsiz, daxshatli urush,
O'zbekning bekligin sindirolmadi.
Shirin jonni fido qildirlar ammo,
Vatanga sevgisin so'ndirolmadi.

Aslo bosh egmadik, taslim bo'lmadik,
Bugun jahon uzra qaddimiz tikdir.
Iftixor, matonat, sharafli-shonli,
Xotiralar bilan millat buyukdir.

✍️ Alijon Yoʻldoshev Tabiiy Fanlar Fakulteti 2-1 EkoKT-22 Talabasi