BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
19.8K photos
5.21K videos
1.51K files
5.08K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
#Buxdu_besh_tashabbus
#KITOBXONLIK
#Umumiy_xulosa

Asar Turkiston mustamlakachiligining ilk davrlaridagi ( taxminan 1910- yillar atrofi yoki undan keyingi yillardagi) kichik boʻlis(viloyat, tuman kabi hududiy birlashma)dagi voqealarni oʻz ichiga oladi. Voqealar , asosan, 17 yoshli, bola qalbli Zebinisaxon atrofida sodir boʻladi . Zebi dugonasi Saltining taklifi bilan qishloqqa koʻngil yozgani boradi. U yerda Akbarali mingboshining toʻngʻich va oʻrtancha xotinlari kenja va suyukli xotinni rashk oʻtida yonishi uchun mingboshiga 4- xotin qilib Zebinisaxonni olib bermoqchi boʻlishadi va Miryoqub epaqa koʻmagida bunga sazovor boʻladilar ham. Ammo Zebi safar bahonasida aravakash yigit Oʻlmasni yoqtirib qoladi. Balki shu izhorsiz sevgi, balki dodhoning qari va xunukligi turtkisi bilan avvaliga Zebi mingboshi bilan birga boʻlishni xohlamaydi. Keyinchalik maʼlum bir sabablarga koʻra mingboshiga oʻzi rizolik beradi. Bu orada 3- xotin qolib ( Sultonxon),2- xotin (Poshshaxon) Zebini zaharlab oʻldirishga qasd qiladi. ( Qizigʻi bu qotillikka eriga nisbatan rashk emas, mol-mulk sabab boʻladi). Aksiga olib bu zahar Akbarali mingboshini olib ketadi. Kasofati Zebiga uradi. Goʻdak qalbli va fikrlashi ham oddiy va samimiy boʻlganidan sudda oʻzini oqlay olmaydi va 7 yilga Sibirga surgun qilinadi. Otasi aql hushini yoʻqotadi, biroq butunlay emas, meningcha "Kunduz" qismida otasi Zebiga koʻmaklashib, otalik mehri, uning ham oʻz yuragi borligini bir qadar anglatsa kerak. Onasi esa butunlay aqldan ozadi. Sudda tarjimonlik qilgan tilmoch sud tugagach, boʻsh zalga termulgancha " Sharmandalik, sharmandalik" deydi. Balki sharq ayolining ibosi, iffati oyoq osti va masxara qilinganligi, balki chirkin bir jamiyatning qoʻl uchida koʻrilgan sudi, balki bir begunoh va sodda sart qiziga berilgan savollar va qilingan xulosa shunday deyishiga sabab boʻlgandir. Harholda bu bizga qorongʻu...

Oʻqib koʻrishingzni maslahat beraman 🙂

🫡Tan olaman.
Asar biroz ogʻirlik qildi. Ayniqsa undagi iflosliklarga koʻz yumish va bularni unutish qiyin kechdi. Zebining orqasida oʻynalgan oʻyinlar, uning Oʻlmasbekdan ajralish xavfi koʻksimda gʻashlik uygʻotdi. Zebining Akbarali mingboshiga turmushga chiqishi yana bir karra meni jarohatladi. Asardagi aldamchi jamiyat ham meni xafa qilgan,kamiga ahmoqona va kulguli sud majlisi bir begunoh bechorani 7 yilga Sibirga surgun qilingani alam qilgan edi.  Lekin bir soʻz bilan asar bebaho. Kunduzi yoʻqligidan ( ayrim manbalarda yoʻq qilingan deyiladi) afsusdaman. Essiz shunday shoh asar yarim yoʻlda qolib ketdim...

Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 2.1 kim 21-guruh talabasi Tòymurodova Sadoqat

@Buxdu_5tashabbus