BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.43K subscribers
19K photos
5.07K videos
1.51K files
4.91K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
#mening_birinchi_prezidentim
#eng_yaxshi_xeshteg_rasm

Xorijiy tillar fakulteti, 11-2 NEM-22
SHAROBIDDINOV SHOHRUX
(qo'ldan kelgancha)
#buxdu_besh_tashabbus
#Mening_birinchi_prezidentim
#Eng_yaxshi_she'r

Mangulik yodi

( Birinchi Prezidentimizning ulugʻ xotiralariga bagʻishlab )

Jaholatda yotar koʻngillar mudroq
Joni ming xatarda xalqida titroq
Hurlikka eltdi - ku bizlarni biroq
Poyingizga qoʻyib yigʼlay aziz boshim
Oʻzbekni oʻzbek qilgan siz yutboshim

Tinimsiz kurashlar tahlika zamon
Yuragin otgan u gulxanga tomon
Shukr yetdi mana oʻzbekka davron
Poyingizga qoʻyib yigʻlay aziz boshim
Oʻzbekni oʻzbek qilgan siz yurtboshim

Mardlar qaddini bukkanda tayoq
Koʻksini yulib u qilgandi mayoq
Bugun hirpirar yuksakda bayroq
Poyingizga qoʻyib yigʻlay aziz boshim
Oʻzbekni oʻzbek qilgan siz yurtboshim

Mana mingbarlarda oʻzbek degan  nom
Boshi olovlardan chiqqandi  omon
Oʻlim haqdir taqdir begumon
Poyingizga qoʻyib yigʻlay aziz boshim
Oʻzbekni oʻzbek qilgan siz yutboshim

Bu kunga yetmagan bobolar qancha
Behbudi , Fitrat, Choʻlpon, Qodiriy
Bu  uchun chekilgan zahmatlar ancha
Mustaqillik bergan botin - zohiriy
Oʻzbekni oʻzbek qilgan siz yurtboshim

Bariga guvoh u shohid Fargʻona
Nahot bari rost aytingiz ona
Millat suyanchigʻi togʻi yagona
Koʻzdan toʻxtamas bir zumga yoshim
Bugun osmonlarga ketgan yurtboshim

Toʻrt kunlik dunyoga barchamiz mehmon
Ketdingiz mangulik qariga tomon
Bugun qalblar sizni sogʻindi yomon
Yoshin toʻxtatolms hech bir yurtdoshim
Joyingiz jannatda boʻlsin yurtboshim



BuxDU Filologiya fakulteti
6 - 8 UZB 20 - guruh talabasi
Yoʻldosheva Lobar