BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.87K subscribers
17.9K photos
4.84K videos
1.51K files
4.63K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
Download Telegram
#diqqat

Bugundan My.gov.uz portalida ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi

☝️ My.gov.uz'da ipoteka kreditiga davlat subsidiyasi olish bo‘yicha ariza qoldirish xizmati yoqildi.

❗️ Arizalarni koʻrib chiqish jarayonlarida quyidagilar oʻzgardi:

• subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorlari chiqarildi;

• subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan koʻrib chiqish tartibi bekor qilindi;

• bunda mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari
subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
#diqqat

❗️Prezident farmoni bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.
#Diqqat_tanlov

⚜️ Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan ijodkor talaba yoshlarning faoliyatlarini qo'llab-quvvatlash va o'zbek milliy san'atini keng ommalashtirish maqsadida "AMALIY SAN'AT USTASI" ko'rik-tanlovini e'lon qilamiz.

🔻Tanlovning yo'nalishlari:
- "Eng yaxshi zardo'z";
- "Eng yaxshi naqqosh";
- "Eng yaxshi kulol";
- "Eng yaxshi kandakor";
- "Eng yaxshi zargar";
- "Eng yaxshi kashtachi";
- "Eng yaxshi gilamdo'z";
- "Eng yaxshi mayda amaliy san'at ustasi"
(biser, gul yasash, taqinchoq yasash).

🔺Tanlovni o'tkazish muddati:
1. Fakultet bosqichi - 10-20- may.
2. Universitet bosqichi - 20-31-may.

Batafsil TANLOV NIZOMI bilan tanishing

🏆Tanlovning Universitet bosqichi Birinchi bosqich g'oliblarining shaxsiy ko'rgazmalari namoyishi va iqtidorli talabalarimizning musiqali chiqishlari bilan festival tarzida o'tkaziladi.
#Diqqat

OTMlarga kirish imtihonlari yopiq binolarda oʻtkaziladi

❗️ Oʻzbekistonda 2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

📍 Manzillari haqida batafsil ma’lumot beriladi!
#Diqqat_tanlov

🇺🇿 BuxDU talaba-yoshlari orasida iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni qo'llab-quvvatlash va iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida "ENG YAXSHI ESTRADA IJROCHISI" tanlovini e'lon qilamiz.

📌 Tanlovda barcha yo'nalishda tahsil olayotgan havaskor iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📎 Tanlovni o'tkazish muddati: 10-25- iyun
ishtirok etmoqchi bo'lganlar tyutorlarga murojaat qilib, ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

🏆 Tanlov g'oliblari 28-iyun sanasida tantanali ravishda diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadilar.
#Diqqat_tanlov

🇺🇿 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan BuxDU yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish departamenti "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" mavzusida "Eng yaxshi plakat" tanlovini e'lon qiladi.

📌 Tanlovda yo'nalishidan qat'i nazar, barcha BuxDU talabalari ishtirok etishi mumkin. Ijodiy ishlar mavzuning yoritib berilganligi, ranglar uyg'unligi hamda kreativ yondashuviga ko'ra hakamlar tomonidan baholanadi.

🔗 Muddat: 8-25-iyun kunlari
Ishtirokchi etmoqchi bo'lganlar tyutorlar orqali ijodiy ishlarini yetkazishlari mumkin.

🏆 Tanlov g'oliblari 28-iyun sanasida tantanali ravishda diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
#Diqqat_tanlov

🇺🇿 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan BuxDU yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish departamenti "TALABALIK OLTIN DAVRIM" mavzusida "Eng yaxshi insho" tanlovini e'lon qiladi.

📌 Tanlovda yo'nalishidan qat'i nazar, barcha BuxDU talabalari ishtirok etishi mumkin. Insholar mavzuning to'liq yoritib berilganligi, talabaning shaxsiy fikrlari keltirilganligi va imloviy, uslubiy xatolarga yo'l qo'ymaganligiga ko'ra hakamlar tomonidan baholanadi.

🔗 Muddat: 10-25-iyun kunlari
Ishtirokchi etmoqchi bo'lganlar tyutorlar orqali ijodiy ishlarini yetkazishlari mumkin.

🏆 Tanlov g'oliblari 28-iyun sanasida tantanali ravishda diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
#diqqat

Mudofaa vazirligi tarkibida Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi ta’sis etildi

Litseyda o‘quv jarayoni davomiyligi 2 yil bo‘lib, yillik qabul kvotasi 150 nafarni tashkil qiladi. Litsey o‘rta maxsus ta’lim muassasi hisoblanib, qabul va o‘quv jarayoni 2023/2024-o‘quv yilidan boshlanadi.

👨‍🏫 Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/mudofaa-vazirligi-tarkibida-jaloliddin-manguberdi-nomidagi-harbiy-akademik-litseyi-tasis-etildi
#DIQQAT
#TANLOV

Yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan ona tili o'zbek tili bo'lmagan (o'zga tilli talabalar) xorijlik talaba-yoshlar o'rtasida "O'ZBEK TILI - QALBIM TARJIMONI" respublika ko'rik-tanlovini e'lon qilamiz.

📌Tanlov 3 bosqichda o'tkaziladi:
1. Oliy ta'lim muassasasi bosqichi - 10-20-sentyabr.
2. Saralash bosqichi - 21-30-sentyabr.
3. Respublika bosqichi - 1-10-oktyabr.

Ko'rik tanlovning saralash bosqichida oliy ta'lim muassasalaridan tavsiya qilingan xorijlik talabalar ESSE yozishlari va o'zlarini tanishtirish bo'yicha VIDEOLAVHA tayyorlashlari kerak bo'ladi. Eng yuqori ball to'plagan 15 nafar talaba respublika bosqichiga yo'llanma oladi.

📎 Batafsil TANLOV NIZOMI bilan tanishing

📥 Ishtirok etmoqchi bo'lganlar BuxDU bosh binosi 331-xona Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektor bosh mutaxassisi Axmedova Nodiraga murojaat qilishlari mumkin.

🎗G'oliblar universitet rektori tomonidan pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
#diqqat #diqqat
Talabajonlar-uuu, bizni rasmiy sahifamizdan online tanlovni kutayotganlar bormi..?
#Oldingidanda_qiziqarli #Avvalgidanda_foydali tanlovlarni qarshilashga tayyormisizlar🤔? Start tugmasini bosishga hamma tayyormi?
Anonymous Poll
90%
Ha, albatta
10%
Umuman qiziq emas menga