BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
19.8K photos
5.21K videos
1.51K files
5.08K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
Audio
#BuxDU_besh_tashabbus
#Talabalar_ijodidan

14-9MT-20 guruh talabasi Gafurova Dilora

Qara, jonim, osmonga qara,
Bulut emas, buyruq yog‘yapti.
Sensizlikning iztiroblari
Yomg‘ir bo‘lib dilga oqyapti.

.....
Audio
#BuxDU_besh_tashabbus
#Talabalar_ijodidan

Maktabgacha ta'lim yõnalishi
14-9-MT-20 guruh talabasi
Gafurova Dilora
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

Ayriliq kuyi

Ilk salomda bir-birimiz tanimas edik
"Men bilan do'st boʼlasanmi?" ey oshna dedik
Bu hayotda bir insonni ilk bora sevdik
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Birinchi oʼqituvchimizni ona dep bildik
Besh baho olish uchun yuzlarin oʼpdik
"Круски"ning ta'mini bir bor yeb bildik
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Ilk muhabbatimizga ko'plab xatlar yozdik
Uning uchun gulzordan bir atirgul uzdik
Osmonlarda goʼyoki bulut boʼp suzdik
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

11 yil qanday oʼtdi hech kim sezmay qoldi
Tanbehlar beraverib ustozlar ham toldi
"Yaqinda bitiramiz" dep qallarbga anduh soldi
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Bugun ul insonlar bilan so'ngi bora uchrashdik
Quvonch-u hayojon birla yurak pora uchrachdik
Ojiz ko'ngil yig'lasa ham koʼz yosh bilan kurashdik
Ey sinfdosh! Nega? Ayrilmoqdamiz
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Nechuk koʼz yoshlarim toʼxtagisi kelmaydi
Nechuk ilk muhabbatim hech sevgisi kelmaydi
Maktabda oʼtkan onlar hech hayoldan ketmaydi
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Moʼjizaviy davr boshqa qaytmasa kerak
Partalarda, sherik bilan oʼtmasa kerak
Maktabdan bizning nom hech oʼchmasa kerak
Ey sindosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Allohimdan soʼrayman sinfdoshlar sogʼ boʼlsin
Qolgusi ishlari bu Jannatdan bir bogʼ boʼsin
Maktab ham bizdan keyin gul-u, rayhonga toʼlsin
Ey sinfdosh! Afsus ayrilmoqdamiz
Ayriliq kuyin yonib kuylamoqdamiz

Sharobiddinov Shohrux
#buxdu_besh_tashabbus
#audio_sheʼr
#talabalar_ijodidan

🎧 Iymon qoʻshigʻi

Muhammad Yusuf

🎙 Tarix va yuridik fakulteti
5-1 IJI 21 guruhi talabasi
Fayzullo Rahmatullayev
#Talabalar_ijodidan

Alvido sevgilim...
Alvido Daydi...
Yuragim bir urdi, boshqa urmaydi
She'rlar ham yozmasman qalamni qiynab,
Uchqunlarim soʻnggan,qolganman muzlab

Butkul umidsizlik boʻlmaganidek
Jism koʻmilgach ham fikr oʻlmaganidek
Koʻksimda miltirar kichik bir uchqun
Uni asrayapman Robbim sen uchun

Tuygʻular sohilda olyapti hordiq
Odamlardan biroz charchadik,hordik
Koʻngil eshiklarin ommaga yopib
Sovuq koʻnglimizda oʻzimiz qoldik

Koʻksimda oʻt yoqqan insonim qani?!
"Xudbin" yuragimni kuydirgan rashk-chi?!
Hayotdan butunlay sovutding mani
Mehmon qilgim kelmas muhabbat, ishqni

Haydab solgan yarmim, iymonim Daydi
U ketdi...
Sen ketding...
Bir Olloh qoldi....
Yuzim yoq! Dil Haqqa bora olmaydi
Jamiyat qalbimni sugʻurib oldi

Menga begonadir bahorlar fasli
Ruhi ado, tirik murdaman asli
Oʻzimni oʻzimdan tortib olishgan
Hayotimga ega boʻlib qolishgan

" Yigʻishtir Xudoni boʻlasan terror,
Muhabbat sengamas boʻlma umidvor
Sevgan oʻzing yana kim ham aybdor
Bu hayot sengamas, egalari bor...!"

Mening ham yashagim kelar bir nafas
Bir lahza Robbimga oshiq boʻlsaydim
Oʻzimni oʻzimga berishsa bir pas
Oʻzimni quchoqlab, baxtdan oʻlsaydim

Qiyofa qiziqmas yo moddiy jihat
Shirinni sevgandek sevolsalar bas
Har kuni turfa xil sovgʻa shart emas
Sovuqchilik solar qalbga moddiyat

Ammo bu hayotning egalari bor
Bir martalik umrim meniki emas
Bir nafas yashay deb boʻlmay umidvor
Hayot meniki-yu, yashash mengamas

Nomiga umrimga hokimman, hokim!
Mustaqil yashashim asli jinoyat
Menimas ularning yashashi muhim
Sigʻishtira olmas meni jamiyat

Sirtida tiriklil koʻrsatmas nishon
Sayyoradek sovub qolgan yuragim
"Xushlasa biror yoʻl koʻrsatar ishon"
" Hatto Xudoga ham yoʻqdir keragim"

Muallif: Oʻchirilgan hisob
#Talabalar_ijodidan

Onajon tilim


Birlashgan Millatlar Tashkilotida,
Kuni kecha mezbon boʻldi yurtboshim.
Sof oʻzbek tilida soʻzladi magʻrur,
Gʻururdan quvondi har bir yurtdoshim.

Olqishladi butun dunyo vakili,
Borliqqa tutashdi oʻzbek sadosi.
Millatim koʻzgusi - onajon tilim!
Bardavom boʻlsin bu - hurlik parvozi!

Bir lahza tin oldi - jahon qarshingda,
Barchaning nigohi senga qadaldi.
Tarixiy voqea boʻldi shubhasiz,
Maqola, she'r ba'ri senga ataldi.

Asrlar zarbiga chidading mudom,
Kechagi oʻtmishing bagʻrim tiladi.
Fusunkor, jilokor, sof oʻzbek tili,
Seni bilmaganga, rahmim keladi.

Sen oʻzbek millatin yorugʻ yuzisan,
Sen borsan, olamda barhayot elim.
Navoiydan qolgan dur-u gavharim,
Qadring baland boʻlsin, onajon tilim!

ALIJON YOʻLDOSHEV
BuxDU talabasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_ijodidan
#Zulfiyaxonim_tavalludining_109_yilligi

Öqidi; Filologiya fakulteti 6_1 jur 21 guruh talabasi
Hamdamova Kamola

Tyutor: K.K.Zulfiyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_ijodidan
#Zulfiyaxonim_tavalludining_109_yilligi

Öqidi; filologiya fakulteti 6_1 jur 21 guruh talabasi
Bugun tunda kelarmish bahor Hamdamova Kamola

Tyutor: K.K.Zulfiyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_ijodidan
#Zulfiyaxonim_tavalludini_109_yilligiga_bagishlanadi

  Bahor keldi seni so'roqlab...

Ijro etdi: Filologiya fakulteti 6-3rus-22 guruh talabasi Bektemirova Zeboxon

Tyutor: Nigora Safarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_ijodidan
#Zulfiyaxonim_tavalludining_109_yilligiga_bagishlanadi

  Men oʻtgan umrga...

Ijro etdi: Filologiya fakulteti 6-1MAM-22 guruh talabasi Boymurodova Nilufar

Tyutor: Nigora Safarova