Bog‘ot tumani hokimligi
6.69K subscribers
48.4K photos
5.53K videos
31 files
8.77K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Veb-sayt: bagathokimiyat.uz
Yagona ishonch raqami: (62) 315-28-07
Elektron pochta: info@bogothokimiyat.uz
Download Telegram
#INSON_QADRI_UCHUN

Bog'ot tumani aholisiga “Bog‘ottumangaz” bo‘limi tomonidan belgilangan reja va aniq jadval asosida 590 dan ortiq xonadonlarga maishiy gaz ballonlari uzluksiz yetkazib berilmoqda.

Yana bir e'tiborli jihati shundaki, iste'molchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida foydalanishda bo'lgan maishiy gaz ballonlarini ta'mirlash va sinovdan o'tkazish ishlari muntazam ravishda gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan tizimli amalga oshirilmoqda.

Auni kunlarda havo haroratini yuqoriligi sabab balonlarga suyultirilgan gaz quyush ishlari xavfsizlik uchun faqat kechgi va erta tong paytida amalga oshirilmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#INSON_QADRI_UCHUN

Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbosari Oila va xotin - qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilafruz Abdullayeva tomonidan muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarga va pensionerlarga reabilitatsiya vositalari tarqatildi.

Jumladan, Oila va xotin - qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Oq oltin mahallasida yashovchi Ziyodajon Olloyorovaga, Qalajiqqal’a mahallasidan Oyjon Durdiyevalarga tirsakli qo‘ltiq-tayoqlar uylariga olib borib berildi.

Tuman IIB bo‘limi xotin - qizlar bilan ishlash bo‘limi inspektori, leytenant Nasiba Ortiqova

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#Live
#Ayni_damda
#Inson_qadri_uchun

TUMAN HOKIMINING TASHABBUSI BILAN BOG‘OT TUMANI OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI XODIMLARI QADIMIY VA NAVQIRON XIVA SHAHRIDA SAYOHAT VA ZIYORATDALAR

Ayni paytda ziyoratchilar Shovot tumanidagi Yusuf Xamodoniy Ulli pir bobo ziyoratgohiga yo‘l olmoqdalar.

Bizni kuzatib boring!
@bogottumanihokimligikanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

📣Mamnuniyat bilan Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan (soat 10:00 dan) boshlab o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

Bunga ko‘ra,
1️⃣bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 - 06.08.2023 davomida;
2️⃣bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 - 26.08.2023 davomida;
3️⃣bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 - 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

🔆Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

🟣Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan quyidagi video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

РУС | ENG

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#ISLOHOTLAR_AMALDA
#INSON_QADRI_UCHUN

BOG‘OT TUMANIDA XOTIN-QIZLAR
UCHUN YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA

Bog‘ot tumani hokimi tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda ularning muammo va takliflarini o‘rganishi hamda yangi loyihalarning kunlik ish rejasini nazorat qilishi natijasida yangi ish o‘rinlari ochilmoqda.

Xususan, Bog‘ot tumanidagi “KOBO TEX” MCHJga qarashli “BULTEX PRO” tikuvchilik fabrikasida ayni damda 100 nafar tikish sirlarini mukammal egallagan 18-35 yoshdagi xotin-qizlar ishga qabul qilindi.

Tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilafruz Abdullayeva fabrikada ish boshlagan ayollar bilan
uchrashdi hamda xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Madina Baxtiyorova bilan birgalikda fabrikada ishlayotgan xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bog‘ot tumani hokimligi
axborot xizmati

@bogottumanihokimligikanali
#Jarayon
#Inson_qadri_uchun

O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TMOQDA

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu aksiya doirasida Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasida tashkil qilingan tadbirlarda 500 dan ziyod soha fidoyilari ishtirok etdilar.

Ular belgilangan tartibda EKG, UTT tekshiruvlaridan,  20 dan ziyod tor soha mutaxassislari ko‘rigidan o‘tishdi. 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun ko‘chma mammografiya tekshiruvlari tashkil qilindi.

Ko‘chma oftalmomobilda 50 dan ziyod fuqarolarning ko‘rish bilan bog‘liq muammolari tekshirilib, zarur tashxislar qo‘yildi.

Ko‘ngillilar uchun ko‘chma qon markazida qon donorligini amalga oshirish imkoni yaratildi.

Salomatlik ko‘rsatkichida muammosi bor o‘qituvchi va murabbiylar tuman, viloyat va respublika darajasidagi davolash-profilaktika muassasalariga yo‘naltirildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari v.b. U.Abdullayev tibbiy ko‘rik jarayonlari bilan tanishib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotda bo‘ldi.

Bog‘ot tumani TTB bosh shifokori o‘rinbosari Barno Saidova

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
@bogottumanihokimligikanali
#INSON_QADRI_UCHUN

OILAVIY AJRIMLARGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAYLIK!

Bog‘ot tumani hokimligida “Oilaviy ajrimlarni oldini olish borasida qilinayotgan ishlar, shartnomaviy va sudda ko‘rilishi ortgan nizolar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi sudyasi S.Karimov, tuman hokimining o‘rinbosari D.Abdullayeva, tuman imom-xatibi R.Ernazarov, mahalla xotin-qizlar faollari, otinoyilar ishtirok etdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mas’ullar oilaviy ajrimlar bugungi kunda dolzarb muammo, jamiyatimizning og‘riqli nuqtasiga aylanganligi, jar yoqasiga kelib qolgan oilalarni asrab qolish, bolalarni tirik yetim qilmaslikka jiddiy e’tibor qaratish lozimligi, erkaklarning oiladagi mas’uliyatini chuqur anglamayotganidan ajrimlar soni ko‘payayotgani borasida gapirib o‘tildi. Yig‘ilishda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#INSON_QADRI_UCHUN
Bog‘ot tumanidagi “Saxovat” mahallasida “Obod mahalla“, “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon” tamoyili doirasida inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishing.

Bog‘ot tumani hokimligi axboroti xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#BAYRAM_TABRIKLARI
#INSON_QADRI_UCHUN

“Mahalla" xayriya jamoat fondi Bog‘ot tumani bo‘limi jamoasi nafaqaga chiqqan faxriy ustozlarning xonadonlariga borib, bugungi ustozlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etmoqdalar.

Faxriy ustozlar yurtimizga tinchlik tilab xursandliklarini izhor etdilar. Roziyajon Quryazova 40 yil davomida Bog‘ot tumanidagi 1-son maktabda yoshlarga matematika fanidan dars berib, shogirdlar yetishtirgan tabbarruk ustoz. U bugun e’tibor va e’zozdan mamnun bo‘lganini izhor etdi. Tumanimiz bo‘ylab faxriylarni tabriklash tadbirlari davom etmoqda.

@bogottumanihokimlihikanali
#HAMMASI_INSON_UCHUN
#INSON_QADRI_UCHUN

Kuni kecha Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Sodiqov  Bog‘ot tumani “Uzumzor”  mahallasida bo‘lib, dastlab ijtimoiy soha ob’yektlarida kuz-qishga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

Jumladan, mahalla tibbiyot punkti faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati, bepul dori-darmonlar zaxirasini  o‘rgandi.

Bundan tashqari, mutaxassislar ishtirokida mahalladagi 10 nafardan ziyod ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan, surunkali kasalligi bor bemorlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning sog‘lig‘ini, yashash sharoitlarini o‘rgandi.

Xonadonlarga oziq- ovqat va dori-darmon mahsulotlari tarqatildi.Shuningdek, tumandagi 7- son oilaviy poliklinikada  “Uzumzor” shaharchasi aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikka jami 237 nafar fuqaro jalb qilindi. Tibbiy ko‘rik natijasida aniqlangan kasalliklarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha yo‘l xarita ishlab chiqildi.
@bogottumanihokimligikanali
#INSON_QADRI_UCHUN

YOSHLAR TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Bog‘ot tumanida sektor rahbarlari tashabbusi bilan ezgu amallar tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Tuman hokimi boshchiligida bunday dolzarb tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Bog‘ot tumani prokurori Alisher Ruzmetov tashabbusi bilan ezgu ishlarning davomi sifatida tumanimizda istiqomat qilayotgan profilaktik hisobda turgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#INSON_QADRI_UCHUN

BOG‘OT TUMANIDAGI “ZARBDOR” PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILMOQDA

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish, iste'molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan podstansiyalarning quvvati bosqichma-bosqich oshirilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Bog'ot tumanida joylashgan "Zarbdor" podstansiyasidagi quvvati 2 500 kVA transformator bugungi kunda quvvati 3 200 kVA transformatorga almashtirilib, elektr qurilmalarni o'rnatish va to'liq montaj ishlari bajarilmoqda.

Ushbu podstansiyaning quvvati oshirilishi natijasida "Nayman", "Tozabozor", "Saxovat", "Navrо‘z" mahallalarining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanadi.


Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#INSON_QADRI_UCHUN

Bog‘ot tumani “Oq oltin” mahallasining elektr energiyasi ta'minoti yanada yaxshilanmoqda

"Oq oltin" mahallasi aholisining elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Vazirlar Mahkamasining maxsus Farmoyishiga asosan keng ko'lamli ishlar bajarilmoqda.

"Oq oltin" mahallasi aholisini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 1110/250 kVA va 1114/100 kVA tranformator punktlari yuklamasini kamaytirish maqsadida 30 dona temir beton tayanchlari va 0,8 km uzunlikda 10 kV elektr tarmog'i qurilmoqda.

Shuningdek yangi 250 kVA transformator punkti o'rnatilib, montaj qilish ishlari bajarilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar orqali transformatorlar barqaror ishlab, xonadonlarning elektr energiyasi kuchlanishi meyorga keltiriladi.

Bog‘ot tumani hokimligi matbuot xizmati
#INSON_QADRI_UCHUN

Vazirlar Mahkamasining maxsus Farmoyishiga asosan Bog'ot tumanida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr tarmog'larini yangidan qurish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Bog‘ot tumanining "Oq oltin" mahallasidagi mavjud 1108-sonli transformator punktini yuklamasini kamaytirish maqsadida yangidan o'rnatilgan 250 kVA transformator punktining 10 kVli elektr tarmog'i qurilmoqda.

Ayni vaqtda, mutaxassislar tomonidan yangidan o'rnatilgan temir beton tayanchlariga elektr qurilmalar va AC-50 sim tortish ishlari bajarilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar orqali 130 ga yaqin aholi xonadonining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanadi.

Bog‘ot tumani hokimligi matbuot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#INSON_QADRI_UCHUN
#JARAYON

Tuman hududidagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilmoqda

Bog‘ot tumani Nayman mahallasi fuqarolarining tashabbusi bilan “Ochiq byudjet” axborot portalida joriy yil 2-mavsumi uchun mahalla hududidagi 1,6 km tuproq yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha joylashtirilgan taklif 5501 ta ovoz to‘plash natijasida g‘olib deb topildi. Bugungi kunda ushbu mahallaning Nayman ko‘chasida asfalt yotqizish ishlari yakuniga yetmoqda. 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida hududlarda ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#Bayramga_tuhfa
#Inson_qadri_uchun

YANGI QADAM SHAHARCHASIDA ZAMONAVIY SAVDO MAJMUASI OCHILDI

Mazkur zamonaviy majmua Bog‘ot tumanini kompleks rivojlantirish hududiy investisiya dasturiga asosan, «Yangi qadam»  shaharchasidagi «Hikmatbek Javohir» xususiy korxonasi tomonidan «Aholiga xizmat ko‘rsatish shahobchalari tashkil qilish» loyihasi asosida «Anor» marketi ishga tushirildi. Natijada 4 ta yangi ish o‘rni yaratilib, savdo majmuasida yoshlar ish bilan ta’minlandi. Ushbu inshootda savdo qilayotgan fuqarolar uzog‘i yaqin bo‘lganidan  minnatdor bo‘lib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal bo‘limlarida savdo qilmoqdalar.

Bugun Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, tuman prokurori Alisher Ruzmetovlar nuroniylar bilan binoning ochilish marosimida qatnashib, savdo majmuasida aholiga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Tadbirkor Qudrat Jobborov Prezidentimizning tadbirkorlarga yaratayotgan imkoniyatlardan mamnunligini bidirdi va barcha xaridorlarga bayram sovg‘alarini tarqatdi.
@bogottumanihokimligikanali
#Inson_qadri_uchun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va   Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan  ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan Nurullayeva So‘najon Shuhrat qiziga Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov yangi xonadonni barcha jihozlari bilan topshirdi.

Hozirgi kunda So‘najon Nurullayeva UrDU ingliz tili fakul’teti 3- bosqich talabasi.

Yoshlarga yangi uy-joylarning topshirilishi inson qadri ulug‘lanayotgan yurtimizdagi islohotlarning amaliy ifodasidir.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Inson_qadri_uchun

Bog‘ot tuman  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yil davomida Bog‘otlik 1052 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi. Ayollar va yoshlar daftarida turgan 743 nafar xotin-qizlar usta-shogird an’anasi orqali hunarmadchilikning turli  yo’nalishlari bo’yicha kasb-hunarga o’qitilib, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 126 mln 310 ming so’m o’qish xarajatlari qoplab berildi. Lavhalar orqali ularning faoliyati bilan yaqindan tanishing.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Hurmatli fuqarolar!

Mamnuniyat bilan “Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 1-mavsumiga 12:00 dan start berilganini ma’lum qilamiz!

Bunga ko‘ra:

1-bosqich — fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 1–20-fevral;

2-bosqich — loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 21-fevral–11-mart;

3-bosqich — loyihalarga ovoz berish jarayonlari 12–31-mart davomida o‘tkaziladi.

Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan  3 trln so‘m dan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi!

Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet #inson_qadri_uchun
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM