Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal
6.55K subscribers
47.9K photos
5.49K videos
30 files
8.69K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Download Telegram
Hashar — elga yarashar!

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-25-avgust kunlari yurtimiz bo'ylab “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o`tkazilishi belgilangan. Shu maqsadda bugun erta tongdan Bog’ot tumanidagi barcha markaziy ko`chalar, tashkilotlarda, mahallalar, yo`l bo`ylari, qabristonlarda hashar ishlari boshlab yuborildi.

@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bog’ot tumani bo`ylab davom etayotgan hasharlarda mahallalardagi bir guruh yoshlar yetakchilari ham faol ishtirok etishmoqda.

@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi

Ular birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi «Mehrli maktab» shifoxonasiga, Oʼzbekiston xalq rassomi Аkmal Nur suratlari koʼrgazmasiga tashrif buyurdi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мукофотлар муборак!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони га асосан бир гуруҳ юртдошларимиз давлатимизнинг фахрий унвонлари, орден ва медаллари билан тақдирландилар. Жумладан, Хоразм вилоятидан қуйидаги элдошларимиз мукофотланди:

“Ўзбекистон Республикаси халқ ҳофизи” фахрий унвони билан
Матчанов Очилбек Йўлдашбоевич - Урганч давлат университети ўқитувчиси, мақом хонандаси

“Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист” фахрий унвони билан
Артикова Дилноза Илхомбаевна - Ўзбекистон давлат филармониясининг Хоразм вилояти бўлинмаси раққосаси

“Дўстлик” ордени билан
Матризаев Курамбай - Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, ёзувчи

II даражали «Соғлом авлод учун» ордени билан
Тожиев Юлдош - Боғот туманидаги 14-болалар мусиқа ва санъат мактабининг қўшнай чолғу синфи ўқитувчиси

“Шуҳрат” медали билан
Ишниязова Хуршида Худайбергеновна - «Ўзбекконцерт» давлат муассасасининг Хоразм вилояти бўлими хонандаси

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Bogʻot tumanidagi “Bogʻot agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati agronomi - Rajabova Sultonposhsha Sadullayevna “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

@bogottumanihokimligikanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓Joriy yilning 11-14-sentabr kunlari “Oʼzekspomarkaz” MKKning barcha pavilonlarida

👍"Toʼqimachilik uskunalari va texnologiyalari – "CAITME 2024" 15-yubiley Markaziy Osiyo xalqaro koʼrgazmasi boʼlib oʼtadi.

📌 Koʼrgazmada quyidagi imkoniyatlarga ega boʼlasiz:

👍Toʼqimachilik mashinasozligi va ishlab chiqarishidagi soʼnggi tendensiyalar

👍 Maxsus takliflar va aksiyalar

👍Xalqaro kompaniyaning agenti yoki distribyutori boʼlish imkoniyati

👍Ishlatish boʼyicha birinchi qoʼl maslahatini olish

🖋 Roʼyxatdan oʼtish shart! https://bit.ly/CAITME-uz_reg

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Bog‘ot tumani markazida joylashgan “Amfiteatr” maydonida bayram tadbirlari o‘tkazilishi sababli O‘zbekiston va Feruz ko‘chalarida (O‘zbekiston va Feruz ko‘chalari kesishgan chorrahasidan O‘zbekiston va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha) 28-avgust kuni soat 15:00 dan 23:00 ga qadar transport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi.

@bogottumanihokimligikanali
Eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida Bog‘ot tumani Ko‘nabirlashuv mahallasida xizmat olib boruvchi profilaktika inspektoriga xizmat uyi topshirildi

Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xizmat uyini foydalanishga topshirish marosimida tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

@bogottumanihokimligikanali