Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal
6.53K subscribers
47.7K photos
5.47K videos
30 files
8.64K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Download Telegram
Prezidentning “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan joriy yilning aprel-may oylarida Bogʻot tumanida 1152 nafar yoshlarga onlayn auksion savdolari orqali 244 gektar yer maydonlari berildi.

Respublika ishchi guruhi aʼzolari tumanning Tozabozor va Nayman mahallalarida boʻlib, yoshlarga ajratilgan ekin maydonlarini koʻzdan kechirdilar.

@bogottumanihokimligikanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bogʻot tumanida viloyat hokimi Joʻrabek Raximovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.

@bogottumanihokimligikanali
Aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning kundalik hayotidagi ijtimoiy-maishiy muammolariga oqilona yechim topish maqsadida joylarda tuman hokimi Jahongir Nazarovning sayyor qabullari o‘tkazilmoqda. Ana shunday sayyor qabullarning navbatdagisi Nurafshon shaharchasidagi 3-son maktabda tashkil etildi

Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan sayyor qabulda tuman 1-sektor rahbariga tumanning turli hududlaridan kelgan 18 nafar fuqaro turli ijtimoiy masalalarda murojaat qilishdi.

Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi.

@bogottumanihokimligikanali
Mahalla yoshlari o‘rtasida “Zakovat” o‘yinining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar tuman hokimi Jahongir Nazarov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tuman hokimi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘l olgan jamoa vakillariga kelgusidagi musobaqalarda tumanimiz sharafini munosib himoya qilishni tiladi.

@bogottumanihokimligikanali
Bugungi kunda Bog‘ot tumanida yoshlar muammolarini o‘rganish va tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar esa bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda

Bugun Uzumzor shaharchasida sektor rahbarlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi. Rasmiyatchilikdan xoli, o‘zaro samimiy muloqot ruhida o’tgan uchrashuvda yoshlar sektor rahbarlariga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi gʻoya va tashabbuslari hamda muammoli masalalari yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilib, savollariga javob olishdi.

Uchrashuvda yoshlarning imtiyozli kredit ajratish, subsidiya, ishga joylashish, IT sohasi, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularga amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.

@bogottumanihokimligikanali