Bog‘ot tumani hokimligi
6.69K subscribers
48.4K photos
5.53K videos
31 files
8.77K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Veb-sayt: bagathokimiyat.uz
Yagona ishonch raqami: (62) 315-28-07
Elektron pochta: info@bogothokimiyat.uz
Download Telegram
Forwarded from Xorazm.uz
Боғот туманида вилоят ҳокими Жўрабек Рахимовнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти бўлиб ўтди.

Учрашувда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни фаол қўллаб-қувватлаш, маҳаллий ишлаб чиқарувчиларни рағбатлантириш, экспорт фаолиятини амалга оширувчи корхоналар учун қулай шарт-шароитларни яратиб бериш масалаларига эътибор қаратилди. Бугунги кунда Боғот туманида 1582 та кичик ва ўрта бизнес субъекти мавжуд бўлиб, уларнинг ялпи ҳудудий маҳсулот ишлаб чиқаришдаги улуши йилдан йилга ортиб бормоқда. Жорий йилда янгидан 292 та тадбиркорлик субъектлари ташкил этилди. Очиқ мулоқот давомида тадбиркорларнинг бизнес фаолиятларини янада ривожлантириш бўйича таклиф ва мурожаатлари тингланиб, бу юзадан зарур чора-тадбирлар белгиланди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Forwarded from Xorazm.uz
Бугун Боғот туманида вилоят ҳокими Жўрабек Рахимовнинг ёшлар ва хотин-қизлар билан очиқ мулоқоти ўтказилди.

Тадбирда вилоят ҳокими ёшлар ва хотин-қизларнинг жамиятда фаоллигини ошириш, уларнинг бандлигини таъминлаш ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш - бирламчи аҳамиятга эга долзарб вазифа эканлигини таъкидлаб, бу йўналишдаги муаммолар ечимига эътиборни қаратди. Юзма-юз мулоқот, савол-жавоб форматида ўтказилган учрашувда иштирокчиларнинг мурожаатлари, таклифлари тингланди ҳамда тегишли соҳа мутасаддиларини жалб қилган ҳолда амалий ёрдам кўрсатилди, ҳуқуқий маслаҳатлар берилди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Bog‘ot tumanida “Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugungi kunda Bog‘ot tumanida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, ayollar bandligini ta’minlash, shu orqali ularning doimiy daromad manbaini shakllantirish, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimligida tashkil etilgan ochiq muloqotda tuman miqyosida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish masalalari, ana shu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar, yutuq va muammolar atroflicha muhokama etildi.

@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xivada “Qovun sayli” oʻtkaziladi

Mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, jumladan, Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 9-11-avgust kunlari Xiva shahridagi “Ichan Qal’a” davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududida “Qovun sayli” festivali tashkil etilmoqda.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😎Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishiga 2 kun qoldi

🇺🇿Boʻlajak Olimpiya oʻyinlari rasman 26-iyul – 11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz ishtirokini bugun futbolchilarimizning Ispaniyaga qarshi oʻyini bilan boshlaydi.

🇺🇿Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya qoʻlga kiritgan. Hamyurtlarimiz futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida Olimpiya oʻyinlarida debyut qiladi.

😎Fursatdan foydalanib, oldinda turgan masʼuliyatli musobaqa har bir sportchimizga omad va zafarlar yor boʻlsin deb, jonajon Vatanimizga tarixiy natijalar bilan qaytishlarini tilab qolamiz!

@bogottumanihokimligikanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM