Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal
6.51K subscribers
47.5K photos
5.46K videos
30 files
8.61K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Download Telegram
#TABRIK
Assalomu alaykum, Xorazm YOSHLARI!👋. Xorzamning esa qalbi va qadri qaynoq faol, tirishqoq, g'ayratli va shijoatli BOG'OT yoshlari 🔥🔥🔥

🇺🇿Sizlarni "Yoshlar kuni" bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

🇺🇿Ushbu qutlugʻ ayyomda barchamiz yoshlik inson umrining naqadar goʻzal va begʻubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, sizlarga eng ezgu tilaklarimizni izhor etaman.


Zo'r iste’dod hammada ham bor Biroq, baliqning qobiliyatiga uning daraxtga tirmashib chiqishiga ko'ra baho beradigan bo'lsak, u hayotini behuda yashagan bo'lib chiqadi.
Albert
Enshteyn
😊👏👏👏👏👏👏😊😊🔥🔥💐💐
Hurmat va ehtirom ila Bog'ot tumani Yoshlar ittifoqi sardorlar Kengashi nomidan Safarbayeva Ro'zaxon
@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_kuni
#tanlov
#tabrik
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 10-son maktabning MMIBDO‘ Avezova Shahnozaning "Siz doim e'zozdasiz, aziz ustozim ! " tanlovi uchun tayyorlagan videoroligi
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@bogottumanihokimligikanali
#TABRIK

Aziz Ichki ishlar tizimi fidoyilari!
Hurmatli Bog‘otlik IIB faxriylari!


Avvalo, sizlarni Ichki Ishlar organlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda “25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” kasb bayramlaringiz bilan samimiy tabriklayman.

Xalqimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan xizmatingiz har doim e’tirofga loyiq.

Bayram-u dam olish kunlarida ham tun-u kun xavfsizlikni ta’minlash uchun qilayotgan mehnatingizni xalqimiz yuksak qadrlaydi.

Yaratgan el-yurt osoyishtaligi yo‘lidagi zahmatingiz ajrini nasib etsin!

Sharafli va mas’uliyatli  kasbingizda muvaffaqiyatlar, oilangizga xotirjamlik va mustahkam sog‘lik tilayman. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!

SHAVKAT YAXSHIBAEV,
Bog‘ot tumani hokimi


@bogottumanihokimligikanali
#TABRIK

Aziz Ichki ishlar tizimi fidoyilari!
Hurmatli Bog‘otlik faxriylar!


Avvalo, sizlarni Ichki Ishlar organlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda “25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” kasb bayramlaringiz bilan samimiy tabriklayman.

Xalqimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan xizmatingiz har doim e’tirofga loyiq.

Bayram-u dam olish kunlarida ham tun-u kun xavfsizlikni ta’minlash uchun qilayotgan mehnatingizni xalqimiz yuksak qadrlaydi.

Yaratgan el-yurt osoyishtaligi yo‘lidagi zahmatingiz ajrini nasib etsin!

Sharafli va mas’uliyatli  kasbingizda muvaffaqiyatlar, oilangizga xotirjamlik va mustahkam sog‘lik tilayman. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!

SHAVKAT YAXSHIBAEV,
Bog‘ot tumani hokimi


@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK

BOG‘OTLIK UMRINI ICHKI ISHLAR SOHASIGA BAXSHIDA ETGAN INSONLAR

Xorazm viloyati,Bog‘ot tumanidagi 11-sonli umumta'lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi O.Polvonovning "25-oktyabr - Ichki ishlar xodimlari kuni" munosabati bilan tayyorlagan videoroligi
@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK

O‘ZBEKISTON BAYROG‘I -- MENING BAYROG‘IM

O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Bog'ot tuman 1-son kasb-hunar maktabining tayyorlagan videoroligi

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK

O‘ZBEKISTON BAYROG‘I -- MENING BAYROG‘IM

O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Bog'ot tuman 1-son kasb-hunar maktabining tayyorlagan videoroligi

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
#TABRIK

Bog`ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibaevning 4-mart — O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun munosabati bilan soha xodimlariga bayram tabrigi

Hurmatli askarlar va serjantlar, ofiserlar va muhtaram faxriylar!

Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan oqilona islohot va yangilanishlar jarayonida tumanimiz Favqulodda vaziyatlar bo`limi jamoasi ham zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan uddalab kelayotganidan xalqimiz mamnun bo`lmoqda.

Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan Favqulodda vaziyatlar tizimida boshlab berilgan tubdan takomillashtirish ishlari, tizim xodimlarining bir yoqadan bosh chiqarib, “O`z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida kunni tun, tunni kun demay sadoqat bilan xizmat qilayotganliklarini alohida qayd etib o`tish joizdir.

Shu o`rinda, yurtimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ulkan isloxotlar jarayonida Siz aziz Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlarining harakatlari alohida e’tirofga sazovordir.

Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, soha faoliyatini takomillashtirish, qutqaruvchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoyalash, vazirlik moddiy- texnik bazasini yanada mustahkamlash, bir so`z bilan aytganda, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish davlat tizimining tezkorligi va ishonchliligini oshirish bundan keyin ham Sizning faoliyatingizning bosh mezoni bo`lib qoladi.

Fursatdan foydalanib, barcha tumanimizda mehnat qilayotgan Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlarini 4-mart — O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganligining
27 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Oilangizga tinchlik- xotirjamlik, mustahkam sog`lik, metin iroda, uzoq umr tilayman, sharafli va mashaqqatli kasbingizda hamisha omad va muvaffaqiyatlar yor bo`lsin!

Bog`ot tumani hokimligi axborot xizmati
#Tabrik

Assalomu alaykum, munis onajonlar, mo‘tabar opa-singillar !

Sizlarni kirib kelgan go‘zallik, nafosat fasli va " Xalqaro xotin -qizlar " bayrami bo‘lgan 8-mart bilan chin yurakdan muborakbod etaman.

Bu qutlug' ayyomda Sizlarga eng samimiy ,eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ayolning nafosati va nazokati , vafo va sadoqati , aql - zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib kelmoqda. Shu bois ham "Jannat ayollar oyog‘i ostidadur" deb bejiz aytilmagan , albatta.

Dunyodagi eng buyuk san'at asarlari , qo‘shiq va qasidalar , me'moriy obidalar ayollar sha'niga bag'ishlanganligi buning yana bir bor isbotidir.

Oila va jamiyat ustuni , hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin - qizlarni e'zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal - azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli , xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Yana bir bor Sizlarga uzoq umr ,sihat - salomatlik , baxt va omad , oilangizga tinchlik , xotirjamlik hamda olib borayotgan ezgu ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizni tilab qolaman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin,aziz ayollar!

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati , fraksiya a'zosi
Botirbek To‘razoda
@bogottumanihokimligikanali